• ERASMUS
  • Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi




    Download 51,28 Kb.
    bet3/9
    Sana27.06.2024
    Hajmi51,28 Kb.
    #265951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    MAVZU

    Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich. tabiat haqidagi elementlar bilimlarni birlashtiradi; oraliq - predmetlar bo‘limlarini bo‘lish intergratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilam bog‘liq bo‘lgan talmmninng oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limini to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi.
    Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma'lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta'minlaydi.
    Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng solda tizimli tasavvurlardmr. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o„rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish yangi fakt va tushunchalarming tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqali amalga oshiriladi. Bilimlarning eng odliy umumlashtirish sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa edi.
    Bunda o‘quuvchilarning tahlil qilish va umumlashtirtl faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar bilishini ta’minlaydi. (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi) o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardai keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlari aks ettnradn. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatining eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilishiga imkoniyat beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularin bir biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasida bo‘shliqliklarni aniqlashga imkon beradi.
    Bayon qilingan psixologik dalillar boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta’limini integratsiyalashnnng asosiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
    Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda o‘zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning yangidan yangi yo‘llarini izlashda davom etmoqda. Binobarin, yuqorida aytib o‘tilganidek, insoniyatning omon qolishi va rivojlanishda davom etishining yagona chorasi irqiy, etnik, diniy ziddiyatlarga barham berish va o‘zaro birlik, hamkorlik, hamjihatlikka erishishdir.
    XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab barcha sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga yagona yondashuvni qaror toptirish yo‘lida amaliy harakatlar olib borilmoqda. 1954 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Yevropa kengashining Yevropa madaniyati konventsiyasi ham dastlab mazkur mintaqa davlatlari miqyosida oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga nisbatan yagona yondashuvning qaror topishi uchun zamin tayyorlagan edi. Hozirda esa u jahonning ko‘plab mamlakatlari universitet (institut, akademiya)lari faoliyatining o‘qitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida tashkil etilishida muhim hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.
    Mazkur Konventsiya g‘oyalari Yevropa hududida shaxs tafakkurini shakllantirishda ko‘p tillikka asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan iborat edi. Konventsiyani imzolovchi tomonlar o‘z hududlarida fuqarolar tomonidan Yevropa hududida mavjud bo‘lgan tillar, turli millatlarning tarixi va rivojlanish taraqqiyotini o‘rganish hamda o‘z hududida boshqalarga o‘z tili yoki boshqa tillarni o‘rgatish imkoniyatini yaratib berish1lari zarur edi.
    Zamonaviy Yevropada yagona kasbiy ta’lim makonini yaratilishi uchun ilk qadamlar 1949 yilda qo‘yildi. Xuddi shu yili asosiy maqsadi Yevropada ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar kechishi va birligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan birinchi xalqaro tashkilot – Yevropa Kengashi tashkil etildi.
    Bolonьya jarayoni yagona Yevropa oliy ta’limi makonini yaratish maqsadida Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining bir-biriga yaqinlashishi va o‘zaro uyg‘unlashuvi jarayonidir. Ushbu jarayonning rasman boshlanish muddati 1999 yilning 19 iyuni deb e’tirof etilgan. Binobarin, xuddi mana shu sanada 29 mamlakat vakillari ishtirokida Bolonьya deklaratsiyasi imzolangan edi. Ayni vaqtda mazkur tizim o‘ziga 1954 yilda Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Yevropa madaniyati Konventsiyasini ratifikatsiya qilgan (oliy davlat hokimiyati organi tasdiqlagan) 49 mamlakatdan 47 ishtirokchi mamlakatlarni qamrab olgan.
    Bolonьya tizimining asosiy maqsadi ijtimoiy sub’ektlar tomonidan oliy ma’lumot olish imkonini kengaytirish, Yevropa oliy ta’limining sifati va samaradorligini istiqbolli oshirish, talabalar hamda o‘qituvchilarning harakatchanligi, faolligini rivojlantirish, shuningdek, akademik daraja va boshqa kasbiy malakalarning mehnat bozoriga yo‘naltirgan holda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan muvaffaqiyatli ta’minlashdan iborat. Mazkur tizimni qabul qilgan mamlakatlar oliy kasbiy ta’limni zamonaviylashtirish, oliy o‘quv yurtlarining Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan turli loyihalarda teng huquqlilik, hamkorlik asosida qatnashish, talabalar va o‘qituvchilarni o‘zaro akademik almashtirish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar.
    Tizimning umumiy asoslari Bolonьya shahrida imzolangan deklaratsiyada o‘z ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iboratdir:

    1. Diplom ilovasiga ko‘ra fuqarolarni ishga samarali joylashtirish, Yevropa oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatga bardoshliligini oshirish imkoniyatini yaratadigan o‘zaro muvofiq keluvchi akademik darajalar tizimni qabul qilish.

    2. Ikki tsiklli: tayyorgarlik va bitiruv ta’limiga o‘tish. Ta’limning birinchi tsikli uch yil davom etadi. Ikkinchi tsikl esa magistrlik va doktorlik darajalarini olish uchun yo‘naltiriladi.

    3. Keng ko‘lamda talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash uchun mashaqqatli sinov birliklarini qayta topshirishning Yevropa tizimiga o‘tish. Mazkur tizim talabalarning o‘rganiladigan fanlarni tanlash huquqiga ega bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratadi. Buning uchun asos sifatida “Umr bo‘yi ta’lim olish” kontseptsiyasi doirasida qo‘llash imkonini beradigan tizim – YeSBT (Evropa sinov birliklari tizimi)ni qabul qilish taklif etiladi.

    4. O‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish. Yevropa hududida ishga sarflanadigan vaqt davrini inobatga olgan holda o‘qituvchilar va b. xodimlar almashuvini kengashtirish. Transmilliy ta’lim standartlarini o‘rnatish.

    5. O‘zaro mos mezon va metodologiyalarni ishlab chiqish hamda sifatini ta’minlashda Yevropa hamkorligini qaror topshirishga ko‘maklashish.

    6. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va oliy o‘quv yurtlari talabalari va xodimlari faoliyatini tashqi baholashga tortish.

    7. Oliy ta’limda, ayniqsa, o‘quv rejalarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalariaro hamkorlik, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi va birgalikdagi ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga oid amaliy tayyorgarlik va ularni olib borish borasida zarur yevropacha nuqtai nazarlarning shakllanishiga ko‘maklashish.

    Deklaratsiyaga a’zo bo‘lish uchun quyidagi dastlabki talablar qo‘yiladi:

    - oliy o’quv yurtigacha 12 yillik ta’lim:
    - ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;
    - o’quv jarayoni va o’qitish natijalarini baholash YeSTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi

    Bolon’ya deklaratsiyasiga a’zo davlatlarda ta’lim modul-kredit tizimiga asoslanadi.


    1989 yilda Yevropada Yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) va TEMPUS kabi dasturlar joriy etildi.
    2001 yilda 29 ta Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonьya deklaratsiyasi imzolandi. Bugungi kunda ERASMUS dasturi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati universitetetlari o‘rtasidagi talabalar almashinuvi 145 ta oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan. Ular o‘rtasida Yevropa universitetlari ta’limi natijalarini o‘zaro tan olish tizimi – YeSTS (European Credit Transfer System) shakllantirilgan.

    Kredit” atamasi (ESTS-credit) – “sinovdan o’tdi” ma’nosini
    anglatib, talabaning o’quv yurtida ma’lum bir kurs (modul)ni
    muvaffaqiyatli yakunlaganligi to’g’risida ma’lumot beradi



    Download 51,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 51,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi

    Download 51,28 Kb.