Mavzu: boshlang'ich maktabni integratsiya qilish reja: Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi




Download 51,28 Kb.
bet2/9
Sana27.06.2024
Hajmi51,28 Kb.
#265951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAVZU

3 masala.
Didaktik tizimda predmetlararo asoslashda integrasiyalash o‘qituvchi (ta'lim berish) va o‘quvchi (ta'lim olish) harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.

  1. Maqsadli bosqichda o‘qituvchi umumiy maqsadni qo‘yadi. O‘quvchilar, o‘qituvchi boshchiligida predmetlararo bog‘liqliklarini tushunib etishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular o‘z e'tibor fikrlarini faqat umumiy bilimlarini o‘zlashtirishga emas, balki, ko‘chirish, tahlil qilish, shaxsning belgilari, qobiliyat va qiziqishlarining rivojlantirishga qaratishlari kerak.

  2. Isbotlash bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘stiruvchi bilimlarga turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag‘batlantiradi. O‘quvchilar o‘z irodalarini, dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishi yo‘naltiriladi.

  3. Faoliyatning mazmun bosqichida o‘qituvchi yangi o‘quv materialini kiritadi, shu bilan birga integrasion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O‘quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o‘zlashtiradilar.

  4. Vositalar tanlash bosqichida o‘qituvchi turli predmetlar bilimlarini umulashtirishga yordam beruvchi ko‘rgazmali vositalarni darsliklar, tablisalar, sxemalar, savolnomalar, amaliy vazifalar. O‘quvchilar ko‘chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakterlarini integrasion masalalarni hal qilishda ko‘rgazmali vositalar yordamida bajaradilar.

  5. Keyingi bosqis – natija. O‘qituvchi ta'lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash, maqsadida integrasiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo‘llaydi. O‘quvchi bilimlar tizimida umumlashtirib, ularni amalda qo‘llaydi.

6.Nazorat qilish bosqichida o‘qituvchi bir- biri bilan bog‘langan predmetlarga o‘quvchilarnnng tayyorgarligini baholaydi, nazorat qiladi, o‘zlashtirish sifatida baholaydi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo‘yicha o‘z-o‘zini ham, ularni birlashtirish ko‘nikmalarini nazorat qiladilar.

Download 51,28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 51,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: boshlang'ich maktabni integratsiya qilish reja: Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi

Download 51,28 Kb.