) Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviyligi




Download 43,34 Kb.
bet2/5
Sana22.12.2023
Hajmi43,34 Kb.
#126563
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

1.2) Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviyligi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviy holatini tahlil qilish quyidagi yondoshuvlarni aniqlash imkonini berdi:
-biror yondashuv, u kasbiy tayyorlash jarayoniga informatikani va uni o‘qitish metodikasini o‘rganish uchun qo‘shimcha o‘quv soatlarini kiritish;
- modulli- komponentli yondoshuv, u ta‘lim kursini o‘qituvchining konkret
pedagogk faoliyat vaziyatlarida yuzaga keladigan kasbiy masalalarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida foydalanish bilan hal etish qobiliyatini aniqlovchi integral xarakteristika sifatida tushuniladigan o‘qituvchining kasbiy axborot -texnologik komponentligi tushunchasiga tayanib modulli qurish bilan tavsiflanadi;
- integrativ yondoshuv – u informatikani va axborot texnologiyalari turli o‘quv fanlari bilan integratsiyalanishini nazarda tutadi.
- majmuaviy yondoshuv – u ta‘lim jarayonini majmuaviy (kompleks) tushunish kontseptsiyasiga asoslanadi va uning xususiyati ta'lim jarayoni hamma usullarini ta‘limning axborotlashuvi bilan bog‘langan falsafiy, umumta‘limiy, psixologik-pedagogik va metodik masalalarni jalb qilishdan iboratdir. SHunday qilib, hozirgi vaqtda boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining AT tayyorgarligi ikki komponentli tayyorlash tizimidan (informatika va uni o‘qitish metodikasidan) ko‘p komponentli tizimga o‘tish bilan tavsiflanadi. Davlat ta‘lim standartlari tahlilining ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarini AT tayyorlash kichik maktab yoshidagi o‘quvchini kompyuter savodxonligini rivojlantirishga tayyorgarligini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Shu bilan bir vaqtda boshlang‘ich maktabni axborotlantirish bosqichi o‘quvchilarning axborotli savodxonligini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda u axbortli faoliyat uquvlari va malakalarini, atrof-olam to‘g‘risida axborot fazasi to‘g‘risidagi tasavvurni, asosiy kommunikativ malakalarni axborotga qadriyatli yondoshuv bilan biriktirilishini o‘z ichiga oladigan integratsiyalashgan shaxsiyatli sifat deb qaraladi Yuqorida aytilganlarga asosan, biz axborotli kompetentlikni boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining kasbiy ta‘limi natijalaridan biri deb hisoblaymiz va uni kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli komponentligining strukturasini quyidagicha muhokama qilamiz.
Kompetentlik-biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ma'lum bir kasbda qo‘llaniladigan standartlar bo‘yicha bajara olish qobiliyati.
Quyidagi kompetentlik turlari mavjud:
- Ozini tutish(individual)
- Texnik (pofessional)
- Umumiy
- Maxsus
- Boshlang'ich (porogovaya)
- Ijrochi
- Differensial
1. Ozini tutish (povedencheskaya) kompetentligi- o‘zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi.
2. Texnik (professional) kompetentlik- bu mexnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog'liq bulgan kompetentlik tushuniladi.
3. Umumiy kompetentlik-ma'lum bir kasb bilan shug'ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik xisoblanadi.
4. Maxsus kompetentlik- aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo‘lgan kompetentlik tushuniladi.
5. Boshlang'ich kompetentlik-topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo‘lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi.
6. Ijrochilik kompetentligi- erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir.
7. Differensial kompetentlik - u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish jarayonida kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan ta'lim metodlari va vositalaridan foydalanish.
Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:
- pedagogning faoliyat sohalari: ta'lim; boshqaruv.
- pedagogning faoliyat turlari: o‘quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
- pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta'lim; umumiy o‘rta ta'lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; maktabdan tashqari ta'lim; ta'limni boshqarish organlari. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi.
Kompitiv komponent – u o‘z ichiga informatika, axborot-texnologiyalari, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli savodxonlikni shakllantirish metodikasi sohasida deklarativ, protsedurali va metodologik bilimlarni o‘z ichiga oladi. -texnologik komponent; u kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish bo‘yicha faoliyat tajribasini egallashga yo‘naltirilgan axborot va metodik uquvlar majmuasini o‘z ichiga oladi; - motivatsion–qadriyatli komponent; u axborotlashtirish sharoitlarida bilish va o‘zini bilish jarayoniga, axborotga, axborot va axborot-pedagogik texnologiyalarga, pedagog kasbiga munosabatlar guruhlarini va, shuningdek, o‘zini mustaqil rivojlantirish va o‘zi o‘z namoyon qilishga intilishini o‘z ichiga oladi;
Kommunikativ komponent: u «o‘qituvchi–Kompyuter- o‘quvchi», «o‘quvchi–Kompyuter-o‘quvchi», «o‘qituvchi–Kompyuter–o‘qituvchi» pedagogik tizimlarda ta‘lim jarayoni sub‘ektlarining kommunikativ faoliyatini tashkil etish tajribasini egallashga yo‘naltirilgan; Biz bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining axborotli kompetentligini darajalar bo‘yicha rivojlanishini muhokama qilamiz. Adaptatsiya – ijro darajasi (kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish metodikasining nazariy asoslarini eslab qilish va qayta tiklash, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida bir tipli, standart vaziyatlarda axborotli savodxonligini shakllantirish algoritmlarini egallash bilan tavsiflanadi, axborot texnologiyalarini bilish va mustaqil o‘zlashtirishga cheklangan motivatsiya bo‘ladi);
Lokal–modellashtiruvchi daraja (axborot texnologiyalari sohasida yangi bilimlarni qidirish va qo‘llanish, bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisida boshlang‘ich maktab axborot – ta‘lim muhitini lokal modellashtirish uquvining mavjudligi, informatika propedevtika kursini o‘qitish metodikasiga maktabning informatikalashuvi darajasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishlar kiritish, kommunikativ faoliyatga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan tavsiflanadi; o‘zini mustaqil bilishga cheklangan ehtiyoj mavjud bo‘ladi; axborot texnologiyalari sohasida va kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish sohasida tajriba to‘plangan).
- Tizimli– odellashtiruvchi daraja (axborot texnologiyalari sohasida bilimlar tizimining mavjudligi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish sohasidagi metodologik bilimlarning mavjudligi, boshlang‘ich maktab axborot ta‘lim muhiti yaratishga qobiliyat, «o‘qituvchi –Kompyuter-o‘quvchi», «o‘quvchi-Kompyuter-o‘quvchi», «o‘qituvchi-Kompyuter-o‘qituvchi»kommunikativ faoliyatini tashkil etishga qobiliyat, yoki uni yangi axborot texnologiyalaridan tizimli foydalanish hisobiga faollashtirish qobiliyati, nostandart pedagogik vaziyatlarda mavjud maxsus bilimlar va metodik bilimlarni qo‘llanishi bilan tavsiflanadi).


Download 43,34 Kb.
1   2   3   4   5




Download 43,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviyligi

Download 43,34 Kb.