Mavzu: Buyumlаr yuzаsigа qоplаmаlаr yopishtirish




Download 122,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.05.2024
Hajmi122,69 Kb.
#249550
1   2   3
Bog'liq
5 sinf texnologiya 23-24 darslar

Darsning borishi 
I.Tashkiliy qism: 
salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga
tayyorlash (inglizcha salomlashish) va yo’qlama olish. 
II.
 
 Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish c) Amaliy mashg‘ulotda 
tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish


III.
 
Yangi mavzu bayoni: 
G‘o‘la yog‘ochdan yupqa qatlam shaklida shilib olingan yupqa list materiallar shpon deb ataladi. 
Ularning qalinligi 0,3 mm va undan ortiq bo‘ladi. Shponlarni ustma-ust, tolalarini o‘zaro 
perpendikulyar holda yopishtirishdan hosil bo‘lgan qatlam faner deyiladi. Tayyorlash usuliga ko‘ra 
shilingan, randalangan, yo‘nilgan va elimlangan fanerlar bo‘ladi. Randalangan faner eman, chinor, 
yong‘oq, zarang, shumtol, qarag‘ay g‘o‘lalaridan tayyorlanadi. Bunday fanerlar xunuk teksturali 
yumshoq yog‘ochlardan yoki qayindan yasalgan va DSP ya’ni yog‘och qipiqlarni presslab 
tayyorlangan buyumlar yuzasiga qoplash uchun (pardoz sifatida) ishlatiladi. Ularning qalinligi 0,8-1,5 
mm, eni 80 va bo‘yi 1000 mm bo‘ladi. Umuman faner listlarning o‘lchamlari turiga, ishlanish usuliga 
va sortiga qarab har xil, masalan, eni 1525, bo‘yi 1830 va qalinligi 12 mm gacha bo‘ladi. Yelimlangan 
faner bir-biriga elimlab yopishtirilgan 3 dan 15 tagacha toq sonli shponlardan iborat bo‘lib, oqsilli
yelim bilan yopishtiriladi. Fanerlarning o‘zi esa buyumga BF markali, albumin, kazeinli elimlar bilan 
yopishtiriladi.Fanerlar markalariga ko‘ra FK va FBA fanerlarga bo‘linadi. Faner ikki tomoni bir xil 
mustahkam material bo‘lib, taxtalarga qaraganda kamroq tob tashlaydi, yelimlab yopishtirilganda yoki 
shpilkalar bilan tortib mahkamlanganda tob tashlangan joylari to‘g‘rilanadi. U ortiqcha yorilmaydi, 
mavjud yoriqlari orqa tomoniga o‘tmaydi.Faner qayishqoqligi uchun oson egiladi va tashishga ham 
qulay. Ana shu jihatlari bilan u yog‘och taxtalardan afzaldir. Pardozlash-ishning so‘nggi operastiyasi 
bo‘lib, unda alohida detallar yoki umuman buyumning sirtini chiroyli kilinadi, namlikka chidamliligi 
oshiriladi, xasharotlardan saqlash uchun unga tegishli asboblar yordamida ishlov beriladi. Yog‘och 
nam xavo ta’sirida tez ishdan chiqadi. Shuningdek, unga chang, shamol va hasharotlar xam yomon 
ta’sir ko‘rsatadi. Namiqqan yog‘och quriganidap so‘ng qiyshayadi, yoriladi, uniig yoriqlariga chang 
to‘planadi. Natijada buyum ifloslanadi va tez buziladi. Bo‘yalgan va loklangan buyumlarning 
ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi, ularni toza saqlash osonlashadi. Bunday buyumlar noqulay sharoitda ham 
kamroq zararlanadi. Pardozlashning sirtlarni ilvirlab ishlov berish, sirtlarni guldor qilish, kuydirish, 
ranglar surtish, aklash va bo‘yash kabi turlari bor. Sirtlarni jilvirlab ishlov berish. Sirtlarni pardoz 
lashdan oldin jilvir bilan ishqalab to‘g‘ri chiziqliligini yaxshilash va tozalash kerak. O‘tkir qirralarni 
hamda burchaklarini egovlash va shundan keyin jilvir bilan ishlov berish lozim. Jilvir bir tomoniga 
mayda qattiq minerallar yoki shisha kukuni yelimlab yopishtirilgan ip mato yoki qalin qog‘ozdan 
iboratdir. Ular o‘z navbatida donlarining yirikligiga karab dag‘al (^1 6, ^1 5, ^1 4), o‘rtacha (^1 3, ^1 
2), mayda (^1 1, ^1 0), pardozlash (^1 00, Ld 000) jilvirlariga bo‘linadi. Sirtlarni jilvir bilan 
pardozlashda maxsus yog‘ochlar bo‘lishi va jilvirni ularga 66- rasmdagi kabi mixlar bilan 
mahkamlanishi lozim. Kichik yog‘och detallar boshqacha usulda ishlanadi. Jilvirni tekis yuzali taxtaga 
o‘rnatiladi va ishlov beriladigan detalni ana shu taxtaga qo‘yib turli yo‘nalishlarda ishqalanadi (75-
rasm).Buyum detalining sirtiga gullar tushirishni oldin tayyorlab qo‘yilgan o‘yma andaza bilan bajarish 
eng ma’qul usuldir. Bunda turli bo‘yoqlar buyumning tayyorlab ko‘yilgan namunasiga qarab cho‘tka 
bilan surtiladi. Gul tushirilgan sirt yaxshi qurigach, unga yaltiraydigan lok surtiladi. Sirtlarni ranglar 
bilan pardozlash ham xuddi shunday amalga oshiriladi. Bundagi farq faqatgina shundan iboratki, 
buyumning sirtiga bir xil rang yupqa qatlam qilib surtiladi. Loklash va bo‘yash. Loklash yog‘och 
buyumlarni yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo‘lib, bu ish buyumning 
sirtiga bir necha qatlam qilib lokni surtishdan iboratdir. Loklashda spirtli, moyli va nitroloklardan 
foydalaniladi. Buyumlarni loklash ishlarini quruq, iliq, yaxshi shamollatiladigan xonada, chang va 
qipiqlardan holi joyda bajarish kerak. Loklar cho‘tka yoki tampon bilan surtiladi. Tampon nam 
o‘tkazmaydigan bir bo‘lak paxta yoki yupqa ip gazlamaga o‘rab tayyorlanadi. Buyum sirtini tampon 
bilan loklash usullari 75-rasmda tasvirlangan. Buyumlar sirtini pardozlashda moybo‘yoqlar ham juda 
keng qo‘llanadi. Ular buyumning sirtida namga chidamli mustahkam, himoyalash xossasiga ega 
bo‘lgan qatlamni hosil qiladi. Moybo‘yoqning kamchiligi yaxshi yaltiramasligi va sekin (taxminan 24 
soatda) qurishidir. Moybo‘yoq bilan bo‘yaladigan buyum sirti avval jilvir bilan ishqalanishi, yaxshi 
quritilishi va changlardan tozalanishi lozim. Buyumning sirtiga moybo‘yoqni cho‘tkalar bilan xar hil 


yo‘nalishlarda surtiladi (76-rasm) Yog‘ochga yashlov beriladigan korxonalarda pardozlash ishlari 
bilan pardozlovchilar shug‘ullanadi. Ular buyumlarni bo‘yash ishlarini mashinalar yordamida amalga 
oshiradilar. Buyumlarni maxsus quritgichlarda quritadilar. Korxonalarda va badiiy ustaxonalarda 
yog‘ochni kuydirib pardozlash ishlarini maxsus ishchilar, naqqoshlar bajaradilar. 
Pardozlashda xavfsiz ishlash uchun: 
1. Loklash, bo‘yash, jilvir bilan ishqalash, kuydirish ishlari amalga oshiriladigan xonalarda oqim-
tortgichli shamollatish moslamasi bo‘lishi shart. 
2. Pardozlash ishlarini, ayniqsa lok va bo‘yoqlar bilan pardozlashni bajarishda maxsus kiyimlar va 
qo‘lqoplarni kiyib olish kerak. 
3. Moylar tekkan tamponlar va lattalarni ustaxonada qoldirib ketmaslik lozim, chunki ular o‘zidan o‘zi 
alangalanishi mumkin. 
4. Bo‘yovchi moddalarni ishlatishda ehtiyot bo‘lish kerak. Ularni kiyimlarga, qo‘l va badanning 
terilariga tegizmaslik lozim. 
5. Buyumning sirtini jilolashdan chiqqan qipiqlar va kukunlarni maxsus cho‘tka bilan sidirib tozalash 
kerak. 
6. Ish tamom bo‘lgach, qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish zarur. 
7. Ish vaqtida qizdirgich ignali dastani maxsus taglikka qo‘yish lozim. 

Download 122,69 Kb.
1   2   3




Download 122,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Buyumlаr yuzаsigа qоplаmаlаr yopishtirish

Download 122,69 Kb.
Pdf ko'rish