|
Yo‘l qurilishi materiallari ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish
|
bet | 7/9 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 30,73 Kb. | | #139992 |
Bog'liq Chiqindilar va ikkilamchi mahsulotlar asosida yo\'l qurilish materiallarini olishYo‘l qurilishi materiallari ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish
Qoidalari - Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, yo‘l-qurilish materiallarini ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar yo‘l qurilishi materiallarini ishlab chiqaruvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Yo‘l qurilishi materiallari qum, chaqirtosh va shag‘al, toshqol chaqirtoshi va qumi, qum-shag‘al aralashmasi, chaqirtosh-shag‘al-qum aralashmasi, asfaltbeton, mineral kukun, sementbeton, sement, qovushqoq bitumlar, suyuq bitumlar, bitum emulsiyalari hisoblanadi.
3. Mazkur Qoidalar talablari yo‘l qurilish inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, ish joylarini texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va ta’mirlashda inobatga olinishi lozim.
4. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar orqali amalga oshiriladi.
Asfaltbeton qorishmasi GOST 9128-2013 “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar uchun asfaltbeton, polimerasfaltbeton qorishmalari, asfaltbeton va polimerasfaltbeton. Texnikaviy shartlar” talabiga muvofiq bo‘lishi kerak. Asfaltbeton tayyorlash uskunasini ishga tushirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim: mashinani sinchkovlik bilan tekshirish va uning sozligiga ishonch hosil qilish;
bitum o‘tadigan kommunikatsiyalarni tekshirish va bitum qoldig‘i qotib qolgan quvur va kranlarni qizdirish;
xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning o‘z joyidaligini tekshirish; ogohlantiruvchi tovush signali berish.
Asfaltbeton tayyorlash uskunasini quyidagi ketma-ketlikda ishga tushiriladi:
dvigatel elektr manbaiga ulanadi;
mashinaning soz va nosozligi salt holatida tekshirib ko‘riladi;
quritish barabanining forsunkasiga o‘t oldiriladi.
Avtomatlashtirilgan asfaltbeton sexlarida ishlaganda:
boshqaruv pultini qurilmadan uzoqda (kamida 15 m masofada) joylashtirish va qulay sanitariya sharoitlarini ta’minlash;
Har smenadan oldin avtomatika sim va tugunlarini, mexanizmlar hamda ayrim mashina va uskunalarning mahalliy ishga tushirish qurilmalari va boshqaruv mexanizmlarining (uzatmalar) sozligini tekshirish, uzoqdan turib boshqarilganda barcha mexanizmlarni (agregatlar va qurilmalar) tayyor mahsulot chiqadigan punktdan materiallarni ortish punkti yo‘nalishida qat’iy ketma-ketlikda ishga tushirish;
elektr pnevmatik uzatma qo‘llanilganda, siqilgan havo bosimini boshqaruv pultida (dozalash bo‘limida) 0,7 MPa va bosimga qarshi magistrallarda 0,35 MPa atrofida ushlab turish;
kuchlanish va yoritish elektr simlarini mexanik shikastlanishdan himoyalash;
smena tugagunga qadar barcha mexanizmlarni keyingi smenaga kelgan ishchiga topshirish, aniqlangan nuqsonlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rsatgan holda smena jurnalida qayd qilish. Jurnal muntazam ravishda sexning texnik rahbari tomonidan tekshirib turilishi lozim.
Asfaltbeton sexlarida ish tugagandan keyin kuchlanishni uzish lozim. Uni ko‘zdan kechirish va texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida 36 V, qozon, tsisterna, rezervuarlarda va nam joylarda ishlaganda esa, 12 V kuchlanishli ko‘chma elektr chiroqlari ishlatilishi kerak. Kuchlanishni kamaytiruvchi transformatorning o‘zak va kojuxlari hamda past kuchlanishli bitta klemmasi erga ulangan bo‘lishi kerak.
Asfaltbeton ishlab chiqaruvchi qurilmalar chang tutqichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlovchi uskunalar quyidagi talablarga rioya qilgan holda ishga tushirilishi lozim:
ishga tushirishdan oldin mashinani ko‘zdan kechirish, mashinalarda keraksiz narsalar yo‘qligini tekshirish, materialni ortish va tushirish punktlari, ularning materiallarni qabul qilish va tarqatishga tayyorligi, ortish-tushirish qurilmalarining holatini tekshirish;
signal berish va 1-2 sekundga elektr dvigatelni ishga tushirish (ogohlantiruvchi ishga tushirish) va 10 — 15 sekund pauzadan so‘ng elektr dvigatelni yuk ostida ishlash uchun qo‘shish;
dvigatellar ishga tushirilgandan keyin shiberlar va material tushiriladigan bunkerlar, voronka va techkalarning qopqoqlarini ochish va material qabul qilish noviga sochilmasdan bir maromda tushishini sozlash lozim.
|
| |