• Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish
  • Quritish barabanlari bilan ishlashda mehnat xavfsizligi talablari




    Download 30,73 Kb.
    bet8/9
    Sana18.01.2024
    Hajmi30,73 Kb.
    #139992
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Chiqindilar va ikkilamchi mahsulotlar asosida yo\'l qurilish materiallarini olish

    Quritish barabanlari bilan ishlashda mehnat xavfsizligi talablari
    Quritish barabanlari tayanch roliklardagi baraban korpusini o‘qi bo‘ylab siljishining oldini oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
    Quritish barabanining korpusi to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqlar balandligi kamida 1 m bo‘lgan ajraladigan metall seksiyalardan tuzilishi, sariq rangga bo‘yalishi va quritish barabani o‘qidan radiusi qo‘shimcha 1 m masofada bo‘lishi kerak.
    Quritish barabanining tayanch va tirgakli roliklari yaxlit bir butun metall to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
    Olovli ishlar amalga oshiriladigan xona, gaz yo‘llari, siklon (girdob) va quritish barabanining filtrlari issiqdan izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
    Quritish barabanining yuk ortish va tushirish kameralari bilan ulangan uzellari hamda flanetsli ulanmalari zichlangan bo‘lishi kerak.
    Quritish barabanini ishga tushirilishi haqida ogohlantirish uchun u tovushli va nurli signal berish moslamasi (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
    Ko‘zdan kechirish va ta’mirlashdan oldin quritish barabani bo‘sh bo‘lishi, barabandagi haroratni 40 oC gacha sovutish kerak.


    Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish - Mazkur yillar mobaynida Respublikmizning barcha hududlarida,qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy rivojlanishni yanada samarali olib borish maqsadida keng qamrovli ishlar olib borilib, muayyan natijalarga erishib kelinmoqda. Ikkilamchi resurslardan xomashyo bazasi sifatida foydalanish ham iqtisodiy, ham ekologik samaradorlikni keltirib chiqaradi.


    Shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilari asosiy xomashyo vazifasini bajaradi.Jumladan, qurilishning asosi hisoblangan beton mahsuloti uchun yaroqli to‘ldiruvchi mahsulot bu – sanoat chiqindilari hisoblanadi. Aytish joizki, “Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo materiallari sifatida qo‘llaniladi.”1 Shuningdek, biz qurilish materiallari ishlab chiqarishda unumli foydalanib kelayotgan gips mahsulotining samaradorlik o‘rni beqiyos. Gips bir qator afzallik va kamchiliklarga ega mahsulot hisoblanadi. Uning afzalliklari – olovga chidamlilik, yaxshi ovoz yutumi va ekologik toza mahsulot bo‘lib, foydalanish uchun xavfsiz material hisoblanadi. Gipsning kamchiliklari esa yuqori namlik sharoitida past suvga chidamliligi va nisbatan saqlash muddatining qisqa ekanligidir.
    Chunki, gips 2 yoki 3 oy saqlanganidan so‘ng 25-30 % o‘z xususiyatini yo‘qota boshlaydi. Gips - gips toshi yoki kimyo sanoat chiqindilaridan olinadigan bog‘lovchi modda hisoblanadi. “Gips havoiy bog‘lovchi bo‘lgani tufayli nam sharoitda mustahkamligi kamayadi.Uning namlikka chidamliligini oshirish uchun sement,pussolan minerallar va domna shlaki kukuni, suvga chidamli polimerlar qo‘shiladi yoki gipsdan tayyorlangan buyum sirti lok - bo‘yoqlar va plyonkalar bilan qoplanadi.”2 Gipsning yana bir qulayliklaridan biri – mikroiqlimni yaxshilash qobilyatidir.Ya’ni, xonalarda gips mahsuloti qanchalik ko‘p bo‘lsa, aynan shu xonada ko‘cha issiq yoki yomg’irli bo‘lsa ham,nafas olish oson bo‘ladi. Bu hodisa gipsning namlik almashinishi natijasida yuz beradi. Ortib boruvchi namlik gips mahsulotlari tomonidan so‘riladi va havoda yetarlicha suv bo‘lmagan vaqtda o‘zidan namlikni tashqariga chiqaradi.Biz gips mahsulotini qurilish materiallarini ikkilamchi mahsuloti sifatida qo‘llashimizning yana bir afzalligi shundaki, u qotish jarayonida kengayish qobiliyatiga ega ekanligi.Gips asosida tayyorlanuvchi qurilish
    materillarining yana biri - gips tolali ekstruziya dekorativ plitalari hisoblanadi. Ushbu qurilish materiallari binolarda ichki bezak uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, “Qurilishbop gips asosida pardevor plitalar, kichik o‘lchamdagi panellar, paz va greben tipidagi qorishmasiz teriladigan yirik bloklar, gipskarton listlar, ventilatsiya va arxitektura qismlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. Oddiy va murakkab suvoq qorishmalari, manzarli rangli va relyefli qorishmalar tayyorlanadi. Yuqori mustahkamlikdagi gipsning siqilishdagi mustahkamligi 15 – 25 MPa, undan devor elementlari, yig’ma pardadevor plitalari, arxitektura qismlari tayyorlanadi. Qolipbop gips keramik va chinni

    • fayans buyumlar ishlab chiqarishda qolip tayyorlashda ishlatiladi.”3 Kimyo sanoati chiqindisi hisoblanuvchi gipsdan, keramika mahsulotlari ishlab chiqarishda ham keng qo‘llaniladi. Bu jarayon iqtisodiy va ekologik rivojlanishning ilk bosqichi hisoblanadi. Keramika mahsulotlari ishlab chiqarishda hozirgi kunda noyob loy turi yaxshi samara berib kelmoqda.Ushbu noyob loy - gipsli qorishma hisoblanadi. Ya’ni gipsning noyobligi qotish jarayonida kengayish xususiyatiga ega ekanligidir.Jumladan,Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida faoliyat olib borayotgan “Eko kerama” korxonasi ish faoliyati natijasida 7 kun mobaynida 300 tonnagacha gips chiqindisi ajratiladi.Agar ushbu chiqindi uyumidan unumli foydalanilmasa ko‘plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Hozirda ushbu chiqindi vositasidan turli hil qurilish materiallari va maishiy mahsulotlar keng targ’ib qilish va ishlab chiqarish takliflari ko‘rib chiqilib amaliyotga sekin asta targ‘ib qilinmoqda.Shuningdek“ Gips - betondan tayyorlanadigan to‘siq panellari havo namligi 60% dan oshmaydigan xonalarda ishlatiladi.

    Download 30,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 30,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quritish barabanlari bilan ishlashda mehnat xavfsizligi talablari

    Download 30,73 Kb.