|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 11/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Qo’shimcha qilish:___________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________Uyga vazifa: Mavzuni o’qish va konspekt tayyorlash.
Dars ishlanmasini tasdiqlayman: _________ __________ O’IBDO
Sana_____________________________________________________
Sinf 8 Fan kimyo
Mavzu: 6-§KIMYOVIY ELEMENTLARNING DAVRIY QONUNI
Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzu haqida ma’lumot berish, tushuntirish.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga mavzuga taaluqli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish g’oyalarini singdirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarnining mavzuni o’zlashtirishi bilan birga mavzuning hayot uchun zarur bo’lgan jihatlarini tushuntirish, mavzuni hayotga bog’lash, hayot uchun ahamiyati katta ekanligini tushuntirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Darsning jihozi: a) darslik b) konspekt c) kompyuter d) bo’r,
Dars turi: fikrlashish mashqi, demonstratsiya, ma’ruza
Dars usuli: aralash
Dars materiallari va vositalar: darslik, kartochkalar, savollar, slayd, kompyuter, proyektor,
Yangi mavzu bayoni.
1869- yilda rus olimi D.I. Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif berdi:
“Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi”. Buyuk rus olimi. Davriy qonun kashfiyotchisi. Elementlar davriy sistemasining foydalanish uchun qulay bo‘lgan dastlabki namunasini taklif etgan. Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834—1907)
Markaziy Osiyolik ensiklopedist olim Ar-Roziy (865-925)- atomlarning bo‘linishini va atom may da bo'laklar bilan bo‘shliqlardan iborat ekanligini va ular doirno harakatda bo‘lishini izohlab berdi.
979-1048- yillarda yashab, faoliyat ko‘rsatgan ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo ‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlar- ga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini e’tirof etgan.
Buxorolik buyuk tabib Abu Ali ibn Sino dorivor, tabiiy kimyoviy birikma- larning tariibi va xossalariga ko‘ra sinflarga toifalashtirgan.
|
| |