|
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash
|
bet | 21/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni
:Barcha kimyoviy elementlar kimyoviy elementlarning davriy jadvalida davrlarga, qatorlarga va guruhlarga bo‘lingan holda joylashtirilgan Bunda siz elementning metallik xossasi sekin-asta kamayib borishini, metallmaslik xossasi ortib borib tipik metallmasga o‘tishini kuzatasiz. Litiydan boshlab to‘qqizinchi elementning xossalari (bu element natriy) litiyning xossalarini takrorlaydi, tipik metalldir.Natriydan boshlab sanalganda to‘qqizinchi element (bu element kaliy) litiy va natriyning xossalarini takrorlaydigan tipik metalldir. — Ishqoriy metalldan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan elementlarning gorizontal qatori davrlar deb ataladi. D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalida 7 ta davr bor. 1-davrda faqat ikkita element — vodorod va geliy joylashgan. 2-va 3-davrlarda 8 tadan element bor. — 1-, 2-, 3-davrlar kichik davrlar deyiladi. — 4-, 5-, 6-, 7-davrlar katta davrlar deyiladi. 4-, 5-davrlarda 18 tadan, 6-davrda 32 ta element bor, 7-davr tugallanmagan davr deb ham ataladi. Katta davrlar juft va toq qatorlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bitta vertikal qatorga joylashgan o‘xshash elementlar guruhlarni tashkil qiladi. Davriy jadvalda 8 ta guruh bor. Har bir guruh jadvalning yuqori qismida rim raqamlari bilan belgilanadi. — Ham kichik, ham katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar bosh guruhchalar, faqat katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar qo‘shimcha guruhchalar deb ataladi. Bosh va qo‘shimcha guruhchalar har bir guruh kataklarining chap va o‘ng tomoniga surib yoziladi. Masalan I guruhning ishqoriy metallardan iborat vertikal qatori bosh guruhcha, mis, kumush va oltinlar esa qo‘shimcha guruhcha elementlaridir. Vodorod davriy jadvalning I guruhida joylashgan, chunki uning oksidi (suv)da valentligi 1 ga teng. Uni VII guruhga, ya’ni galogenlar vertikal qatoriga ham kiritish mumkin, chunki uni tashqi energetik qobig‘ini to‘ldirish uchun 1 ta elektron kam. Bosh guruhchalarda joylashgan elementlarning tashqi qavatidagi elektronlar soni guruh raqamiga son jihatdan teng. Kislorodga nisbatan yuqori valentligi ham asosan guruh raqamiga son jihatdan teng (kislorod va ftor bundan mustasno). Vodorod bilan hosil qiladigan uchuvchan birikmalaridagi valentligi ham davriy ravishda 4 dan 1 ga qadar kamayib boradi (faqat metallmaslar). Bosh guruhchalarda nisbiy atom massalari ortib borgan sari metallik xossasi ham kuchayib boradi. Metallmaslik xossasi esa susayib boradi. Masalan, I guruhning bosh guruhchasida litiydan boshlab pastga tushgan sari metallik xossasi ortib, fransiyda eng yuqori metallik xossalari namoyon bo‘ladi. Galogenlarda esa metallik xossasi ftordan boshlab yodga tomon susayib boradi. Eng kuchli metallmas bu ftordir.
|
| |