|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 18/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Yangi mavzuni mustahkamlash :
1. Elektron qavat tushunchasini izohlang.
2. Elektron qavatlarda elektronlarning joylashish tartibi qanday?
3. Qavatlardagi elektronlarning umumiy miqdorini hisoblashga misollar keltiring?
4. Bosh kvant soniga asosan elektronning energiya miqdori haqida nimalar deya olasiz?
5. 2n2 formulani izohlang?
O’tiladigan sana ___ ___- ____________________ 201__ yil
Sinf 8 Fan kimyo
Mavzu: 10- § ENERGETIK POG‘ONACHALAR
Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzu haqida ma’lumot berish, tushuntirish.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga mavzuga taaluqli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish g’oyalarini singdirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarnining mavzuni o’zlashtirishi bilan birga mavzuning hayot uchun zarur bo’lgan jihatlarini tushuntirish, mavzuni hayotga bog’lash, hayot uchun ahamiyati katta ekanligini tushuntirish.
o ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Darsning jihozi: a) darslik b) konspekt c) kompyuter d) bo’r,
Dars turi: fikrlashish mashqi, demonstratsiya, ma’ruza
Dars usuli: aralash
Dars materiallari va vositalar: darslik, kartochkalar, savollar, slayd, kompyuter, proyektor,
Yangi mavzu bayoni. Atomdagi yadro atrofida harakatlanayotgan elektronlar ma’lum qavatlarga taqsimlangan holatda harakatlansada, har bir qavatdag'i elektronlar ham energiya miqdori jihatidan bir-biridan farqlanishi mumkin. Ma’lum qavatlardag'i elektronlar bir-biridan energiya miqdori jihatidan farq qilganliklari tufayli ular hosil qilgan elektron bulutlar ham bir-biridan farqlanadi. Barcha elektronlarni hosil qilgan elektron bulutlarining shakllariga ko‘ra to‘rtta guruhga: s, p, d, f — elektronlarga ajratish mumkin. Qavatlardag'i elektronlarning energetik pog‘onachalarda joylashish tartibi ularning hosil qilgan elektron bulut shakllari orqali izohlanadi.
Sharsimon shakldagi elektron bulutlarni hosil qiluvchi elektronlar s-elektronlar bo‘lib, ularning miqdori har qaysi qavatlarda ikkitagacha bo‘ladi Bor atomi yadrosi atrofida 5 ta elektron harakatlanadi, ularning 2 tasi birinchi energetik qavatda, 3 tasi esa ikkinchi energetik qavatda joylashgan. Ikkinchi energetik qavatdag'i 2 ta elektron sharsimon orbitalda harakatlansa, uchinchi elektron-chi? Uchinchi elektron boshqa orbitalda, ya’ni yadro atrofida gantel shakl- idag'i elektron bulut hosil qiladi. Bunday elektronlar p-elektronlar deyiladi. p-elektronlar yadro atrofida x. у va z o‘qlari bo‘ylab uchta orbitalni hosil qiladi.
|
| |