|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 23/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 54337339112491586413
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism:
1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Bitta qatordan tashkil topgan davrlar kichik davrlar deb yuritiladi. Kimyoviy elementlar davriy jadvalining 1- davrida vodorod va geliy joylashgan. Birinchi davr elementlarida bitta, energetik pog‘ona va unda N = 2n2 formulaga binoan: 2 • 12 = 2 ta elektron bo‘ladi.
Vodorod atomi yadrosida 1 ta proton bo‘lib, yadro atrofida 1 ta elektron sharsimon harakatlanadi.
lkkinchi davr elementlarida 2 ta energetik pog‘ona bo‘ladi. Birinchi energetik pog‘onasida 2 ta, ikkinchi energetik pog‘onasida 2 • 22 = 8 tagacha elektron bo‘ladi
Uchinchi davr elementlarida 3 ta energetik pog‘ona bo‘ladi. Birinchi energetik pog‘onada 2 ta, ikkinchisida 8 tagacha va uchinchi (tashqi) energetik pog‘onada esa 8 tagacha elektron bo‘ladi. Bu davr elementlarining uchinchi elektron qavati tashqi qavat hisoblanadi. Shuning uchun 3d energetik qavatcha elektron qabul qilmaydi.
Birinchi davrdagi ikki element (H va He), ikkinchi va uchinchi davrdagi dastlabki ikkitadan (litiy va berilliy, natriy va magniy) element s-elementlardir. Ikkinchi va uchinchi davrdagi bordan neongacha va aluminiydan argongacha bo‘lgan elementlar p-elementlarga mansubdir.
|
| |