• O’tiladigan sana ___ ___- ____________________ 201__ yil Sinf 8 Fan kimyo
  • Darsning jihozi
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet25/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    BKM elementlari. Katta davr elementlari atomlarining elektron formula­larini yoza olish.
    Uyga vazifa:Yonaki guruhcha elementlari qaysi davrlarda joylashgan?
    4 davr elementlarining qaysilarida toq elektronlar ko‘p bo‘ladi?
    Dars ishlanmasini tasdiqlayman: _________ _____ O’IBDO
    O’tiladigan sana ___ ___- ____________________ 201__ yil
    Sinf 8 Fan kimyo
    Mavzu: ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMADAGI O‘RNI VA ATOM TUZILISHIGA QARAB TAVSIFLASH. DAVRIY QONUNNING AHAMIYATI
    Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzu haqida ma’lumot berish, tushuntirish.
    tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga mavzuga taaluqli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish g’oyalarini singdirish.
    rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarnining mavzuni o’zlashtirishi bilan birga mavzuning hayot uchun zarur bo’lgan jihatlarini tushuntirish, mavzuni hayotga bog’lash, hayot uchun ahamiyati katta ekanligini tushuntirish.
    o ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
    kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
    badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
    Darsning jihozi: a) darslik b) konspekt c) kompyuter d) bo’r,
    Dars turi: fikrlashish mashqi, demonstratsiya, ma’ruza
    Dars usuli: aralash
    Dars materiallari va vositalar: darslik, kartochkalar, savollar, slayd, kompyuter, proyektor,
    Yangi mavzu bayoni.
    Kimyoviy elementlarning juda ko‘p xossalarini ularning davriy sistemadagi o‘rniga qarab aytib berish mumkin.
    Masalan, tartib raqami 38 bo‘lgan element stronsiy — Sr. Stronsiy 5- katta davrning juft qatorida, ikkinchi guruhning bosh guruhchasida joylashgan. Katta davrning juft qatorida faqat metallar joylashgan. Stronsiy ham metall. Stronsiy katta davrning boshida joylashgan. Ishqoriy element rubidiy — Rb dan so‘ng ikkinchi elementdir. Demak, metallik xossasi rubidiydan sustroq. Ikkinchi guruhning bosh guruhchasida kalsiydan pastda joylashgan. Metallik xossasi kalsiydan kuchliroq. Stronsiy ikki valentli oksid SrO hosil qiladi. Vodorod bilan uchuvchan birikma hosil qilmaydi. Stronsiy atomi yadrosida 38 ta proton mavjud. Atom yadrosida yana (88 38 = 50) 50 ta neytron ham bo‘ladi. Elektroneytral atomida 38 ta elektron yadro atrofida harakatlanadi. Stronsiy atomining elektron formulasi. +3gSr — Is2, 2s2, 2p6, 3s2, 3p6, 3d10, 4s2, 4p6, 4d°, 5s2 yoki qisqartirilgan holda quyidagicha yozish mum­kin: +3gSr [Kr] 5s2.Stronsiyning tashqi qavatida ikkita elektron bor. Bunday elementlar metallar jumlasiga kiradi.
    Bosh guruhchalarda elementning tartib raqami ortgan sari, ya’ni yuqoridan pastga tushgan sari elementlar atomlari ion zaryadi o‘zgarmasa-da, tashqi qavat yadro­dan uzoqlashadi, atom radiusi esa ortib boradi. I guruh bosh guruhchasida (Li, Na, K, Rb, Cs) atomining radiusi ortib borishi bilan tashqi qavatdag'i elektronni shunchalik oson ajratadi. Lekin shu bilan birga tashqi qavatga elektron biriktirib olish xususiyati zaiflashadi. Shuning uchun elementlarning metallik xossasi ortib, metallmaslik xossasi kamayib boradi.
    Galliy, skandiy, germaniy elementlarining kashf qilinishi davriy qonunning eng katta yutuqlaridan bo‘lib, D.I. Mendeleyevning' o‘zi kashf qilgan davriy qonun asosida qilgan bashoratlarining to‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi.
    Bundan tashqari yana qator kimyoviy elementlarning kashf qilinishida ham davriy qonunning ahamiyati kattadir. Er-xotin V. Noddak va I. Noddaklar tomonidan reniyning kashf qilinishiga D.I. Mendeleyev davriy sistemada marganesning ostida ikkita bo‘sh katak qoldirganligi sabab bo‘ldi. Bu elementlarni D.I. Mendeleyev ekamarganes va dvimarganes deb nomlagan edi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.