|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 40/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
NAMUNAVIY MASALA VA MASHQLAR
1-Misol.
Har qanday birikmada shu birikma tarkibiga kiruvchi elementlarning oksidlanish darajalarini yig‘indisi nolga tengligini bilgan holda, formulalari KMnO4 va K2Cr2O7 bo‘lgan birikmalardagi marganes va xromning oksidlanish darajalarini aniqlang.
Yechish.Har qaysi modda tarkibiga kiruvchi elementlarning oksidlanish darajalari yig‘indisi nolga teng. Kaliyning oksidlanish darajasi doimo +1 ga teng. Kislorodning oksidlanish darajasi bu birikmalarda ga teng. Marganes va xromning oksidlanish darajasi noma’lum.
KMnO4 da ; +1+x(-2)·4=0; +1+x-8=0 dan x = + 8 -1= +7 Demak, KMnO4 da Mn ning oksidlanish darajasi +7. K2Cr2O7da ; +2+2x+(-2)·7=0 ; +2+2x-14=0 ; 2x=+14-2=+12 ; X=+12:2=+6
Demak, K2Cr2O7 da Cr ning oksidlanish darajasi +6 ga teng. 2-Misol. Konsentrlangan nitrat kislota kuchli oksidlovchi bo‘lib, rux bilan reaksiyaga kirishganda quyidagicha reaksiya sodir bo‘ladi: Zn + HNO3 →Zn(NO3)2 + NO2 + H2O. Ushbu reaksiya tenglamasini elektron-balans usuli bilan tenglang.
Yechish.
1.Reaksiya tenglamasidan oksidlanish darajasi o‘zgargan elementlarni aniqlab element belgisi ustiga oksidlanish darajasini yozib olamiz:
Zn0 + HN+5O3 →Zn+2(NO3)2 + N+4O2 + H2O.
2. Oksidlanish darajasi o‘zgargan elementlar olgan yoki bergan elektronlarini aniqlaymiz:
Zn0−2ē=Zn+2
N+5+1ē=N+4 3. Oksidlovchi va qaytaruvchilarning olgan va bergan elektronlari umumiy yig‘indisi o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Demak, elektronlarni tenglab olamiz:
1| Zn0−2ē=Zn+2|2
2| N+5+1ē=N+4 |1 4. Reaksiya tenglamasiga koeffitsientlar qo‘yishni boshlaymiz. Buning uchun ruxning 1 ta atomi NO2 ga o‘tgan azotning ikkita atomiga bittadan elektron bergan:
Zn + HNO3 = Zn(NO3)2 + 2NO2 + H2O 5. 4-ishga asoslanib tenglamani tenglashni davom ettiramiz:
Zn + 4HNO3 = Zn(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
|
| |