|
O’tiladigan sana ___ ___- ____________________ 201__ yil
|
bet | 38/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641O’tiladigan sana ___ ___- ____________________ 201__ yil
Sinf 8 Fan kimyo
Mavzu: OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI TENGLAMALARINI TUZISH
Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzu haqida ma’lumot berish, tushuntirish.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga mavzuga taaluqli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish g’oyalarini singdirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarnining mavzuni o’zlashtirishi bilan birga mavzuning hayot uchun zarur bo’lgan jihatlarini tushuntirish, mavzuni hayotga bog’lash, hayot uchun ahamiyati katta ekanligini tushuntirish.
o ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Darsning jihozi: a) darslik b) konspekt c) kompyuter d) bo’r,
Dars turi: fikrlashish mashqi, demonstratsiya, ma’ruza
Dars usuli: aralash
Dars materiallari va vositalar: darslik, kartochkalar, savollar, slayd, kompyuter, proyektor,
Yangi mavzu bayoni. Kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etayotgan oksidlovchi (atom, ion)laming olgan elektronlari soni qaytaruvchilarning bergan elektronlari soniga teng bo‘lishi kerak.
Misollar: Aluminiy metali xlorid kislotada eritilsa, aluminiy xlorid tuzi hosil bo‘lib, vodorod ajralib chiqadi. Sodir bo‘lgan kimyoviy reaksiya oksidlanish- qaytarilish reaksiyasi ekanligi ma’lum bo‘lsa, tenglamani elektron-balans usuli bilan tenglang.
Yechish. Bu kimyoviy jarayonda ishtirok etayotgan, oksidlanish darajasi o‘zgargan elementlarning ostiga chizib, oksidlanish darajasini elementning belgisi ustiga yozib olamiz.
Al°+ H+1 Cl -► Al+3 Cl3 + H2
(Kimyoviy jarayonda ishtirok etayotgan xlorning oksidlanish darajasi reaksiyadan avval ham, reaksiyadan keyin ham o‘zgargan emas.)
Kimyoviy jarayonda ishtirok etayotgan oksidlovchi va qaytaruvchini olgan, yoki bergan elektronlarini ifoda etuvchi sxemani tuzib olamiz.
| Al° - Зё —> Аl | 3 (qaytaruvchi — oksidlanadi)
| 2H+ + 2ё — H | 2 (oksidlovchi — qaytariladi)
Oksidlovchi olgan elektronlar soni qaytaruvchining koeffitsienti, qaytaruvchi bergan elektronlar soni qaytarilgan moddaning koeffitsienti bo‘ladi:
2AL + HCl -*2AICI3 + 3H2 Tenglamaga qo‘yilgan koeffitsientlar asosida tenglashni davom ettiramiz: 2AL + 6HCL -*2AICI3 + 3H2
Al° — 3e —► А1+3 I 3 (qaytaruvchi — oksidlanadi)
2N+5 + 8e —► 2N+1 | 8 (oksidlovchi — qaytariladi)
8AL + HNO3= AL(N03)3 + 3N20 + H20
Tenglamaga qo‘yilgan 8 va 3 koeffitsientlar asosida tenglamani tenglashni davom ettiramiz:
8AL + ЗОНNO3= 8AL(N03 )3 + 3N20 + 15H20
Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta modda tariibida bo ‘lib, elektronlarning almashinuvi shu modda tariibidagi zarrachalar orasida sodir bo‘ladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining bunday turlari ichki molekular oksidlanish-qaytarilish deb ataladi.
Bir xil molekuladagi, oraliq oksidlanish darajasidagi atomning bir qismi yuqoriroq, ikkinchi qismi esa quyi, oksidlanish darajasiga o‘tishi bilan boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari disproportsiyalanish reaksiyalari deyiladi.
|
| |