|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 46/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2. Davomat.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining dastlabki soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanishi darajasi deb ataladi va α harfi bilan belgilanadi:
Dissotsiatsiyalanish darajasi 0 dan 1 gacha bo‘lgan birliklarda yoki 0 dan 100% gacha bo‘lgan birliklarda ifodalanadi. Agar dissotsiatsiyalanish darajasi 0,5 bo‘lsa, demak, har ikki molekuladan bittasi ionlarga ajralgan bo‘ladi. Agar α = 1 bo‘lsa, barcha molekulalar ionlarga ajralgan bo‘ladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi foizlar(%)da ifodalanganda 100 ta molekuladan 85 tasi ionlarga ajralgan bo‘lsa, α=85% deb ko‘rsatiladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan elektrolit va erituvchi tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, muhit haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Ular har qanday konsentratsiyadagi eritmalarda amalda ionlarga to‘la dissotsiatsiyalanadi. Ko‘pchilik tuzlar (NaCl, KNO3, Ba(NO3)2, FeSO4), kislotalar (HClO4, HNO3, H2SO4, HCl, HBr, HJ) va ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2) kuchli elektrolitlar hisoblanadi. Yodda saqlang Dissotsiatsiyalanish darajasi suyultirilgan eritmalarida ham kichik qiymatga ega bo‘lgan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. 21-jadval
Kislota
|
Formula
|
n qiymati
|
Elektrolitning tabiati
|
HmEOn+m
|
E(OH)nOn
|
Sulfat
|
H2SO4
|
S(OH)2O2
|
2
|
Kuchli
|
Sulfit
|
H2SO3
|
S(OH)2O
|
1
|
Kuchsiz
|
Nitrat
|
HNO3
|
N(OH)2O2
|
2
|
Kuchli
|
Nitrit
|
HNO2
|
N(OH)2O
|
1
|
Kuchsiz
|
Karbonat
|
H2CO3
|
C(OH)2O
|
1
|
Kuchsiz
|
Ortofosfat
|
H3PO4
|
P(OH)3O
|
1
|
Kuchsiz
|
Gipoxlorit
|
HClO
|
Cl(OH)
|
0
|
Kuchsiz
|
Xlorit
|
HClO2
|
Cl(OH)O
|
1
|
Kuchsiz
|
Xlorat
|
HClO3
|
Cl(OH)O2
|
2
|
Kuchli
|
Perxlorat
|
HClO4
|
Cl(OH)O3
|
3
|
Kuchli
| Barcha organik va ba’zi noorganik kislotalar (H2CO3, HClO, H2S, HNO2, H2CO3, H2SiO3, HClO2 va b.q), ammoniy gidroksid, metallarning erimaydigan gidroksidlari, suv kuchsiz elektrolitlar hisoblanadi. Kislorod tutuvchi kislotalarning E(OH)mOn umumiy formulasi asosida ularing kuchini aniqlash mumkin. n<2 bo‘lganda kislota kuchsiz, n≥2 bo‘lganda kislota kuchli hisoblanadi. OH− guruh tarkibiga kirmagan kislorod atomlari soniga bog‘liq ravishda kislotalar kuchi 21-jadvalda keltirilgan. Shuning uchun kuchsiz elektrolitlar kuchini solishtirish uchun dissotsiatsiyalanish konstantasidan foydalaniladi. Kuchsiz elektrolitlar suvli eritmalarda qisman dissotsiatsiyalanadi. Eritmada kuchsiz elektrolit molekulalari va ionlari orasida muvozanat vujudga keladi. Masalan: CH3COOH ↔ H+ +CH3COO -Muvozanat paytidagi H+ va CH3OO- ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasini sirka kislota konsentratsiyasiga nisbati sirka kislotaning dissotsiatsiyalanish konstantasidir:
K — dissotsiatsiyalanish konstantasi. [ H+] — vodorod ionlarining molar konsentratsiyasi. [CH3COO-] — atsetat ionlarining molar konsentratsiyasi.[CH3COOH] — sirka kislota molekulalari konsentratsiyasi.Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi elektrolit va erituvchi tabiatiga hamda haroratga bog‘liq, lekin konsentratsiyaga bog‘liq emas.
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : mavzuni o’qib , konspekt qilish.
Sana: ________________________________________________
Sinf: 8-
Fan : Kimyo.
Mavzu : 29-§ ION ALMASHINISH REAKSIYALARI
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ion almashinish reaksiyalari, neytrallanish , cho’kma hosil bo’lishi bilan boradigan reaksiyalar haqida tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning darslik va qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
o ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar.
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2. Davomat.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni
. Elektrolitlarning eritmalari orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganamiz. 1. Neytrallash reaksiyalari. Siz eritmaning muhitiga qarab indikatorlar rangining o‘zgartirishini bilasiz .Lakmus eritmasi qo‘shilgan kislota eritmasi (qizil rangli eritma)ga sekin asta ishqor eritmasini qo‘shsak eritmaning rangi o‘zgarib binafsha rangga o‘tadi. Buning sababi eritmani neytral muhitga o‘tganligidadir: HCl + NaOH = NaCl + H2O T englamani ionli ko‘rinishi: suv juda ham kuchsiz elektrolit u deyarli ionlarga ajralmaydi: Eritma muhitiga qarab indikatorlar rangining o‘zgarishi.
Tenglamaning qisqa ionli ko‘rinishi:
Demak, neytrallanish reaksiyasining mohiyati kislotali muhitni beruvchi H+ ionlarini ishqoriy muhitni beruvchi ionlari bilan birikib suv hosil qilishidan iborat. 2. Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar. Reaksiya mahsulotlaridan biri suvda erimaydigan modda bo‘lsa, bu reaksiya oxirigacha sodir bo‘ladi. Masalan, BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl + ↓BaSO4
Bu reaksiyada hosil bo‘lgan bariy sulfat suvda erimaydi, ionlarga ajramaydi.Tenglamaning ionli shakli:
Elektrolitlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan bariy va sulfat ionlari o‘zaro birikib cho‘kma (BaSO4) hosil qiladi. Tenglamaning qisqa ionli ko‘rinishi:
Ba(NO3)2 va K2SO4 eritmalari o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya tenglamasini yozing. Qisqa ionli tenglamasiga e’tibor bering. 3. Gaz modda hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar. Elektrolit eritmalari orasida sodir bo‘ladigan reaksiya mahsulotlaridan biri gaz bo‘lganda ham kimyoviy reaksiya oxirigacha boradi. Masalan Na2S + 2HCl = 2NaCl + H2S↑ Reaksiyaning ionli holati: Qisqa ionli holati: Demak, bu reaksiyaning mohiyati H+ bilan ionlarini o‘zaro birikib suvda erimaydigan gaz hosil bo‘lishi bilan izohlanadi.
2>
|
| |