|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 47/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : mavzuni o’qib , konspekt qilish.
Sana:_________________________________________________
Sinf: 8- Fan : Kimyo.
Mavzu :ELEKTROLITIK DISSOTSIYALANISH NAZARIYASIGA doir masalalar ishlash.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga reaksiyalarning molekulyar, ionli va qisqa ionli tenglamalarini tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarning elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi haqidagi bilimlarini, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish , axloqiy , estetik tarbiya berish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning darslik va qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:
Atom yadrosi atrofida zaryadlangan elektronlar harakatini, moddalarning xossalari ularni tashkil etuvchi zarrachalar va ular orasidagi bog‘lanishlarini multimediali qo‘llanmalar, ko‘rgazmali vositalar orqali ko‘rib, tasavvurga ega bo‘ladi
Moddalarning eritmalari ham elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega ekanligini biladi.
Element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash:
Moddalarni quruq holatdagi namunalari nima uchun elektr tokini o‘tkazmasligi, ularning suvdagi eritmalari esa elektr tokini o‘tkazishini kimyoviy tilda ifodalay oladi.
Kimyoviy jihozlar bilan ishlay olish, tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash:
Elementlarning davriy jadvaldagi o‘rniga qarab tavsiflashga doir, kimyoviy elementlarning tirik organizmlar uchun ahamiyatiga oid masala va mashqlar yecha oladi.
Kimyoviy moddalar, kimyoviy hodisalar bir-biri bilan bog‘liqligini bilgan holda ular asosida hosil bo‘ladigan birikmalar, ekologik muammolar haqida tushunchalarga ega bo‘ladi.
mavzu yuzasidan masala, mashqlarni yecha oladi va maktab laboratoriyasida o‘tkaziladigan tajribalar jarayonida zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini biladi.
|
| |