|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 44/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : mavzuni o’qib konspekt qilish.
SANA_______________________________________
Sinf 8 Fan kimyo
Mavzu : KISLOTA, ISHQOR VA TUZLARNING DISSOTSIATSIYALANISHI
Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzu haqida ma’lumot berish, tushuntirish.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga mavzuga taaluqli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish g’oyalarini singdirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarnining mavzuni o’zlashtirishi bilan birga mavzuning hayot uchun zarur bo’lgan jihatlarini tushuntirish, mavzuni hayotga bog’lash, hayot uchun ahamiyati katta ekanligini tushuntirish.
o ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Darsning jihozi: a) darslik b) konspekt c) kompyuter d) bo’r,
Dars turi: fikrlashish mashqi, demonstratsiya, ma’ruza
Dars usuli: aralash
Dars materiallari va vositalar: darslik, kartochkalar, savollar, slayd, kompyuter, proyektor,
Yangi mavzu bayoni.
Kislotalar. Suvda eriydigan barcha kislotalar issotsiatsiyalanadi. Bunda vodorod ioni bilan kislota qoldig‘i ioni hosil bo‘ladi:
HBr= H+ +Br2 HN03 = H+ +NO3
Kislotalarning umumiy xossalari, ya’ni nordon mazaga ega bo‘lishi, indikatorlar rangini o‘zgartirishi, asoslar va asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga kirishuvi ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod ionini hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan murakkab moddalarga kislotalar deb aytiladi.
Asoslar. Suvda eriydigan barcha asoslar dissotsiatsiyalanganda metall ka- tioniga (ammoniy gidroksidi NH4+ ioniga) va gidroksid anioniga (OH-) ajraladi. NaOH = Na+ +0H“ Ca(OH)2 = Ca2+ +20H“
Suvda eriydigan asoslar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy xossalar indikator rangini o‘zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan reaksiyasi ularning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan OH- ionlari tufaylidir. Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (0H~) hosil qiladigan murakkab moddalarga asoslar deb aytiladi.
Tuzlar. Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi (ammoniy tuzlarida ammoniy kationi NH+) ga va kislota qoldig‘i anioniga ajraladi:
Dissotsiatsiyalanganda metall kationi bilan kislota qoldig‘i anioni (nordon tuzlarda vodorod kationi ham) hosil qiladigan murakkab moddalarga tuzlar deb aytiladi.
|
| |