|
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari
|
bet | 49/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish: Atom yadrosi atrofida zaryadlangan elektronlar harakatini, moddalarning xossalari ularni tashkil etuvchi zarrachalar va ular orasidagi bog‘lanishlarini multimediali qo‘llanmalar, ko‘rgazmali vositalar orqali ko‘rib, tasavvurga ega bo‘ladi Moddalarning eritmalari ham elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega ekanligini biladi.
Element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash: Moddalarni quruq holatdagi namunalari nima uchun elektr tokini o‘tkazmasligi, ularning suvdagi eritmalari esa elektr tokini o‘tkazishini kimyoviy tilda ifodalay oladi.
Kimyoviy jihozlar bilan ishlay olish, tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash: Elementlarning davriy jadvaldagi o‘rniga qarab tavsiflashga doir, kimyoviy elementlarning tirik organizmlar uchun ahamiyatiga oid masala va mashqlar yecha oladi.Kimyoviy moddalar, kimyoviy hodisalar bir-biri bilan bog‘liqligini bilgan holda ular asosida hosil bo‘ladigan birikmalar, ekologik muammolar haqida tushunchalarga ega bo‘ladi.
mavzu yuzasidan masala, mashqlarni yecha oladi va maktab laboratoriyasida o‘tkaziladigan tajribalar jarayonida zarur bo‘lgan xavfsizlik
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish . 2. Davomat.
Yangi mavzuni bayoni:
Tuzlar suvda eritilganda kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladimi?
Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit hisoblanib, uning dissotsiatsiyalanish darajasi α =10-9 ga teng bo‘ladi. Demak, suv juda ham oz bo‘lsa-da ionlarga ajraladi: H2O ↔ H+ + OH−.Toza suvdagi H+ va OH− ionlari konsentratsiyasi bir-biriga teng: [H+] = [OH− ]. Bunda teng miqdorda H+ va OH− ionlari bo‘lgan eritma neytral muhitli bo‘ladi. H+ ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma kislotali, OH− ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma esa ishqoriy muhitda bo‘ladi.Ayrim tuzlarning suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Demak, kimyoviy reaksiya sodir bo‘lgan. 23-jadval Ayrim tuzlarning suvdagi eritmasini indikatorlarga munosabati
Tuzlarning eritmalari
|
Tuz eritmalarining indikatorlarga ta’siri
|
|
Lakmus
|
Fenolftalein
|
Metil zarg‘aldog‘i
|
Kaliy nitrat
|
Rangi o‘zgarmaydi
|
Rangi o‘zgarmaydi
|
Rangi o‘zgarmaydi
|
Aluminiy nitrat
|
Qizaradi
|
Rangi o‘zgarmaydi
|
Pushti
|
Natriy karbonat
|
Ko‘karadi
|
To‘q qizil
|
Sariq
|
"Ion almashinish reaksiyalari" mavzusida siz elektrolit eritmalari orasidagi reaksiyalarni oxirigacha borishi sababi, eritmadagi ionlarni o‘zaro birikib dissotsiatsiyalanmaydigan moddalar hosil qilishida ekanligidaligini bilib olgansiz. 23-jadvaldagi o‘zgarishlarning sabablarini ko‘rib chiqamiz. 1. Kaliy nitrat tuzining suvdagi eritmasi indikatorlar rangini o‘zgartirmaydi:
KNO3 +H2O ↔ K++ NO−3 + H2O (H2O ↔ H+ + OH−) K+ ioni suvning dissotsiatsiyalanishidan oz bo‘lsa-da OH- ioni bilan KOH ni hosil qiladi. KOH kuchli elektrolit, ionlarga batamom ajragan bo‘ladi: KOH ↔ K+ + OH−. NO−3 ionini H+ ioni bilan birikishidan hosil bo‘lgan HNO3 ham kuchli elektrolit, u ham ionlarga ajrab ketadi: HNO3↔ H++ NO−3 Demak, kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo‘lgan tuzlarning eritmalari muhiti neytral bo‘ladi. Ya’ni bunday tuzlar gidrolizlanmaydi. Bilib oling Gidroliz so‘zi yunoncha "gidro" — suv, "lizis" — parchalayman degan ma’noni anglatadi. 2. Aluminiy nitrat tuzi kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz. Bunday tuzlar gidrolizlanadi. Aluminiy nitrat tuzining gidrolizlanganini indikatorlar rangini o‘zgartirganligidan bilish mumkin: Suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘layotgan OH- ionlari Al3+ ioniga birikib dissotsiatsiyalanmaydgan ion AlOH2+ ni hosil qiladi. Natijada eritmada H+ ionlari ortiqcha bo‘lib qoladi. Eritmada H+ ionlarining ortiqcha bo‘lib qolishi muhitni kislotali qilib qo‘yadi. Bu jarayonda Al3+ ioni AlOH2+ ioniga, AlOH2+ ioni esa yana bitta OH- ionini biriktirib Al(OH)2 ioniga aylanadi. Jarayon davom etib Al(OH)3 ni hosil qilmasligiga sabab eritmada yig‘ilib borayotgan H+ ionlari suvni dissotsiatsiyalanishini to‘xtatib qo‘yadi. jarayonni oxirigacha olib borish uchun H+ ionlarini yo‘qotib turish kerak. ◙ Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti kislotali bo‘ladi. 3. Natriy karbonat tuzi kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan. Bunday tuzlarning suvli eritmalarida ham kimyoviy jarayon sodir bo‘ladi. 23-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, indikatorlar rangining o‘zgarishidan muhitni ishqoriy ekanligini bilamiz. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda: Kuchsiz kislota anioni suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan H+ ionini biriktirib dissotsiatsiyalanmaydigan ionini hosil qiladi. ioni navbatdagi H+ ionini biriktirib H2CO3 ni hosil qilishi kerak. Ammo bu jarayon sodir bo‘lmaydi
|
| |