• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Kimyoviy elementlar davriy jadvalida metallmaslar katta va kichik davrlar oxirida bosh guruhchalarda joylashgan. 24-jadval Metallmaslarning davriy jadvalda joylashishi
  • Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga metallmaslarning umumiy xossalari haqida tushuncha berish. 2.Tarbiyaviy maqsad
  • O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
  • Element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash
  • Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
  • Bosqichlar Vaqti 1
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet57/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    Bosqichlar

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
    . 2. Davomat.
    3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Kimyoviy elementlar davriy jadvalida metallmaslar katta va kichik davrlar oxirida bosh guruhchalarda joylashgan. 24-jadval Metallmaslarning davriy jadvalda joylashishi

    Davrlar

    Guruhlar

    III A

    IV A

    VA

    VIA

    VII A

    VIII A

    1













    (H)

    He

    2

    B

    C

    N

    O

    F

    Ne

    3




    Si

    P

    S

    Cl

    Ar

    4







    As

    Se

    Br

    Kr

    5










    Te

    J

    Xe

    6













    At

    Rn

    Yuqori oksidlari formulasi

    R2O3

    RO2

    R2O5

    RO3

    R2O7

    RO4

    Uchuvchan vodorodli birikmalari formulasi




    RH4

    RH3

    RH,

    RH




    Metallmaslar p-elementlar oilasiga mansub (vodorod va geliy s-element). Kimyoviy reaksiyalarda metallmaslar atomlari oksidlovchi xossalarini namoyon qilib, elektronlarni biriktirib olishi mumkin. Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda joylashgan metallmaslarda tartib raqami ortishi bilan kuchayib boradi, bu guruhda joylashgan metallmaslarda esa tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi. Elementlarning metallmaslik xossalari davrlarda tartib raqami ortgan sari kuchayib, guruhlarda esa kamayib boradi. Umuman olganda elektronlarni biriktirib olish qobiliyati quyidagi tartibda kamayib boradi: F, O, Cl, N, S, C, P, H, S. Ftor elektrmanfiylik qiymati eng yuqori bo‘lgan element hisoblanadi. Metallmaslar tabiatda oddiy moddalar shaklida va turli birikmalar tarkibida uchraydi. Kosmosda vodorod va geliy eng ko‘p tarqalgan metallmaslar bo‘lsa, Yer qobig‘ida (Yer qobig‘i massasiga nisbatan) kislorod (47%) va kremniy (29,5%) eng ko‘p tarqalgan metallmas hisoblanadi. Kislorod guruhchasi metallmaslari — xalkogenlar Ftor guruhchasi metallmaslari — galogenlar, Geliy guruhchasi metallmaslari — inert gazlar deb ataladi.
    Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
    Uyga vazifa berish : 31 § konspekt qilish.


    Sana: _______________________________________________________
    Sinf: 8 Fan Kimyo.
    Mavzu :  32-§ METALLMASLARNING UMUMIY XOSSALARI.
    Darsning maqsadi:
    1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga metallmaslarning umumiy xossalari haqida tushuncha berish.
    2.Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga metallmaslarning xossalarini tushuntirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy, estetik tarbiya berish.
    3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish.
    O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
    Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:
    kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi xlor, ftor, brom, iod, oltingugurt, azot elementlari va ular birikmalarining xalq xo‘jaligi, qishloq jo‘jaligi, tibbiyotda va uy sharoitida qo‘llanilishi, ularning biologik ahamiyati, ishlatilish sohalari, moddalardan kimyoviy tajribalarda me’yorida foydalanish qoidalari, birinchi yordam ko‘rsatish usullarini kundalik kuzatuvlar asosida misollar orqali tushuntira oladi.
    Element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash:
    Oltingugurt va uning birikmalarini, nomlarini, oltingugurtning qadimdan ishlatilishi, sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko‘p qismi oltingugurt birikmasi ekanligini kundalik turmush va ishlab chiqarish jarayonlarini misollar yordamida tushuntirish.
    Azot va ularning birikmalarining kimyoviy, texnik nomlarini kimyoviy tilda ifodalay oladi.
    Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
    Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
    Mashg’ulot bosqichlari:



    Bosqichlar

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi
    : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
    2. Davomat.
    3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Normal sharoitda ba’zi metallmaslar gazsimon (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), ba’zilari suyuq (brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor va bosh.) holda uchraydi. Metallmaslar nozik tuzilmali bo‘lib, ko‘pchiligi organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr tokini yomon o‘tkazadi.
    Tipik metallmaslar metallar bilan ion bog‘li birikmalar hosil qiladi (NaCl, MgO, Na2S).
    Metallmaslarning o‘zaro ta’sirlashuvidan kovalent bog‘li birikmalar hosil bo‘ladi. Masalan, suv H2O, ammiak NH3 molekulalarida atomlar orasidagi qutbli kovalent bog‘, metan CH4 da esa qutbsiz kovalent bog‘ mavjud. Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuvchan vodorodli birikmalar hosil qiladi. Vodorod atomining tashqi qavatida 1 ta elektron bo‘lganligi uchun (vodorodning faqat 1 ta elektroni bor) ishqoriy metallarga o‘xshab davriy jadvalning birinchi guruhida joylashgan.Odatdagi sharoitda gaz bo‘lganligi, molekulasi ikki atomli va bu atomlar kovalent qutbsiz bog‘langanligi sababli galogenlarga o‘xshaydi. Shuning uchun vodorod VII guruh elementlari qatoriga ham yozilishi mumkin. Vodorod atomi 1 ta elektron qo‘shib (oksidlovchi xossasi) tashqi qavatini geliy atomiga o‘xshash barqaror holatga o‘tkaza oladi.

    Sakkizinchi guruh bosh guruhcha elementlari geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon metallmaslarga kirib, inert gazlar deb ataluvchi alohida elementlar guruhini tashkil etadilar. Inert elementlar atomlari tashqi elektron pog‘onalarida 8 tadan (geliyda 2 ta) elektron tutadi. To‘lgan tashqi elektron qobiqlar juda barqaror. Shuning uchun inert gazlar atom holida uchraydi va kimyoviy jihatdan juda barqaror. Ular o‘zaro birikmaydi va vodorod hamda metallar bilan o‘zaro ta’sirga kirishmaydi. 1962-yilda XeF4 ksenon tetraftorid olinishi bilan ularning ba’zi kislorodli va ftorli birikmalarini sintez qilib olish imkoniyati vujudga keldi.
    1. Barcha metallmaslar (vodorod va geliydan tashqari) p-elementlar oilasiga mansub. Ammo barcha p-elementlar ham metallmas bo‘lavermaydi. 2. Metallmaslarning elektrmanfiyligi 2,00 — 4,00 oralig‘ida bo‘ladi. Demak, metallmaslar kuchli elektrmanfiy elementlardir. Eng kuchli elektrmanfiy element ftordir.
    3. Metallmaslarning vodorodli birikmalari uchuvchan moddalardir. HCl, H2S, NH3, CH4
    4. Metallmaslarning yuqori oksidlari kislotali oksidlardir. SO2, SO3, P2O5, NO2, N2O5
    5. Metallmaslar o‘zaro birikib kovalent bog‘lanishli birikmalar, metallar bilan esa ion bog‘lanishli birikmalar hosil qiladi. 6. Davrlarda chapdan o‘ngga o‘tgan sari elementlar ionlarining musbat zaryadlari kattalashadi. Shunga muvofiq ravishda uchuvchan vodorodli birikmalarning kislotali xossalari suvdagi eritmalarida kuchayib boradi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.