• Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet65/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
    2. Davomat.
    3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Ftor, brom va yod elementlari galogenlar oilasining vakillari bo‘lib, tabiatda turli birikmalar holida keng tarqalgan.
    Ftor - flyuorit (plavik shpat) CaF2, kriolitNa3[AlF6], ftorapatit 3Ca3(PO4)2·CaF2 yoki Ca5(PO4) 3F tabiatda minerallar tarzida uchraydi. Brom — xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi. Yod — dengiz o‘tlari va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, Chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaJO3, KJO3) holida tabiatda uchraydi. Galogenlarning barchasi o‘tkir hidga ega, zaharli. F2, Br2, J2 molekulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. Natijada molekulalararo dispersion ta’sirlashuv kuchayib bromning suyuq, yodning qattiq holda bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yuqori suyuqlanish va qaynash haroratiga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, uni amalda erituvchilar vositasida eritish qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda xlor, kripton va ksenon bilan birikadi: Xe + F2 = XeF2 + Q Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi. Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi: SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q; 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q. Brom va yodning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo‘lsa-da odatdagi sharoitda ular ham ko‘pchilik metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Brom vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilganda ta’sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo‘ladi. Bu reaksiya oxirigacha to‘liq bormaydi: H2 + J2 → 2HJ – Q Galogenlarning kimyoviy faolligi ftordan astatga tomon sustlashib, oksidlovchi xossasi bosqichma-bosqich kamayib boradi. Bu yengil galogenlarning oddiy modda sifatida og‘ir galogenid ionlarni oksidlashi, yengil galogen oksidlarini og‘ir galogenid ionlar qaytarishini izohlash imkonini beradi: Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchun ular manfiy zaryadli ionlar holida bo‘ladi.



    Download 1,21 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.