• Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet63/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
    2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Xlorning eng muhim birikmalaridan biri vodorod xloriddir. Uning kimyoviy formulasi HCl. Nisbiy molekular massasi 36,5. Tuzilish formulasi H-Cl, kovalent qutbli molekula, elektron formulasi .
    Olinishi.1. Sanoatda olinishi. Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor gazlari o‘zaro reaksiyaga kiritiladi:H2 + Cl2 = 2HCl
    2. Laboratoriyada olinishi. Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettiriladi: NaCl + H2SO4 → NaHSO4 + HCl↑ Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, natriy sulfat hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi: 2NaCl + H2SO4 → Na2SO4 + 2HCl↑
    Fizik xossalari. Vodorod xlorid rangsiz, o‘tkir hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘lib, havodan biroz og‘ir Suvda juda yaxshi eriydi, ya’ni 1 hajm suvda 500 hajm HCl eriydi Kimyoviy xossalari. Vodorod xloridning kimyoviy xossalari xlorid kislotaning kimyoviy xossalariga o‘xshaydi. Shuning uchun uning kimyoviy xossalarini keyingi mavzuda batafsil ko‘rib chiqamiz. Ammo xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod xlorid metallar va metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishmaydi. HCl ning suvda erishi. Ishlatilishi. Vodorod xlorid asosan xlorid kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. XLORID KISLOTA Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir. Olinishi. Xlorid kislotani laboratoriyada olish uchun oddiy reaksiya o‘tkaziladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gaz (HCl) suvga yo‘naltiriladi. Natijada gaz suvda erib xlorid kislota hosil qiladi Sanoatda xlorid kislota olish uchun vodorod gazi xlorda yondirilib, hosil bo‘lgan vodorod xlorid suvda eritiladi Fizik xossalari. Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o‘tkir hidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/sm3 ga teng bo‘lib, 37% li bo‘ladi (Bunday kislota "tutovchi" kislota ham deyiladi). Kimyoviy xossalari. 1. Kislotalar uchun umumiy bo‘lgan barcha kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. a) Zn metalining HCl bilan ta’sirlashishi. Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; Fe + 2HCl = FeCl2 + H2.
    d) Asosli va amfoter oksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va tuz bilan suv hosil qiladi:
    CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O; ZnO + 2HCl = ZnCl2 + H2O.
    e) Asoslar bilan o‘zaro ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi:Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O.
    f) O‘zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va tuz hosil qiladi 2. Xlorid kislotaga xos bo‘lgan reaksiyalar. a) Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib, oq cho‘kma (AgCl) hosil qiladi. Bu cho‘kma suvda ham, kislotada ham erimaydi: AgNO3 + HCl = ↓AgCl + HNO3 Xlorid ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun AgNO3 reaktivdir. b) Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib, xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.