• Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet59/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Yer qobig‘ida ko‘p tarqalgan galogenlarga nimalar kiradi?
    Fanga "galogen" tushunchasini 1811-yilda nemis kimyogari I.Shveyger kiritgan bo‘lib, "tuz" va "hosil qiluvchi" degan ma’nolarni bildiradi."Galogenlar" atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun umumiy nom bo‘lib qolgan. Galogenlarning barchasi metallmaslar bo‘lib, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan.Galogenlarning tashqi energetik pog‘onasida 7 ta elektron bor, demak, tugallangan energetik pog‘onaga o‘tishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Shu sababli galogenlar vodorod hamda metallardan 1 ta elektron olib -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ftor eng kuchli elektrmanfiy element bo‘lganligi uchun u barcha birikmalarida ─1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo‘lgan oksidlanish darajalarini ham namoyon etadi. Galogenlarning atom tuzilishi: + 9F 1s2 2s2 2p5 yoki [He] 2s2 2p5 +17Cl 1s2 2s2 2p6 3s2 3p5 3d0 yoki [Ne] 3s2 3p5 3d0 +35Br 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p5 4d° yoki [Ar] 3d10 4s2 4p5 4d0 +53J 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p6 4d10 5s2 5p5 5d° yoki [Kr] 4d10 5s2 5p5 5d0
    Tabiatda tarqalishi. Galogenlar tipik metallmaslar, kuchli oksidlovchilar bo‘lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi. Asosan tabiatda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi. 25-jadval Galogenlarning tabiatda uchrashi

    Kimyoviy element

    Yer qobig‘idagi miqdori

    Tabiiy birikmalari

    Ftor

    0,027%

    Plavik shpati — CaF2, apatit, fosforitlar

    Xlor

    0,045%

    Xloridlar: KCl, NaCl

    Brom

    0,00016%

    Bromidlar: NaBr, KBr, MgBr2

    Yod

    0,00003%

    Yodidlar: NaJ, KJ

    Olinishi. 25-jadvalga e’tibor bersangiz galogenlar tabiiy birikmalarida asosan manfiy bir (─1 ) oksidlanish darajasida bo‘ladi. Demak, galogenlarni ta­biiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo‘ladi.1.Ftorid ionidan ftor olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foydalaniladi. 2. Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettirib olish mumkin:
    2KMnO4 + 10NaCl-1 + 8H2SO4 = K2SO4 + 5Na2SO4 + 2MnSO4 +5CL02+ 8H2O
    3. Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta’sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta’sir ettirib ham olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir: 4. Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettiriladi, shuningdek, xlor, brom ta’sir ettirib ham olish mumkin. 2KJ + Cl2 = 2KCl + J2; 2KJ + Br2 = 2KBr + J2. Fizik xossalari. Galogenlarning ayrim xossalari bilan "Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari" mavzusida tanishgansiz. Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari fizik xossalari ma’lum qonuniyat bilan o‘zgaradi. Oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib boradi. Ftor och-yashil rangli gaz, xlor sarg‘ish-yashil rangli og‘ir gaz, brom qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik, yod esa to‘q-kulrang kristall moddadir. Shu tartibda qaynash harorati va zichlik ortib boradi.
    Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha kam.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.