|
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
|
bet | 51/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Haroratning ko‘tarilishi tuzlar gidroliziga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Tuzlar gidrolizi ularning tabiatiga, eritma konsentratsiyasi va haroratiga bog‘liq. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzlar to‘la gidrolizga uchraydi.
Harorat ko‘tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi ortadi, chunki suvning H2O → H+ + OH- muvozanati o‘ngga siljiydi. Ba’zan tuzlarning odatdagi sharoitda bormaydigan gidroliz bosqichlari yuqori haroratda sodir bo‘ladi. Masalan, FeCl3 tuzi uch bosqichda gidrolizlanadi. Odatdagi sharoitda bu tuz gidrolizining faqat I bosqichi amalga oshadi:
FeCl3 + HOH →HCl + Fe(OH)Cl2 .
Lekin eritma qaynatilsa, uning II bosqichi ham sodir bo‘ladi:
Fe(OH)Cl2 + H2O → HCl + Fe(OH)2Cl
Qizdirish davom ettirilsa, III bosqichi ham sodir bo‘ladi:
Fe(OH)2Cl + H2O → HCl + Fe(OH)3 ↓
Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi ortadi. Buni SbCl3 tuzining gidrolizi misolida ko‘rish mumkin:
SbCl3 + 2H2O → Sb(OH)2Cl + 2HCl.
Agar bu tuz eritmasiga qo‘shimcha suv qo‘shsak muvozanat o‘ngga siljiydi va cho‘kma holida Sb(OH)2Cl (yoki SbOCl - antimonil xlorid) hosil bo‘ladi.
Demak, eritmalarda gidroliz jarayonini sekinlashtirish uchun quyi haroratlarda va konsentrlangan holda saqlash lozim. Bundan tashqari kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuz eritmalarida kislotali muhitni ta’minlash, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz eritmalarida ishq oriy muhitni saqlash ham gidrolizning oldini olishi mumkin.
|
| |