|
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
|
bet | 70/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
. 2. Davomat.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Kislorod gaz, oltingugurt qattiq modda bo‘lishi sababini qanday izohlaysiz?
K imyoviy elementlar davriy jadvalining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan (Poloniy radioaktiv element bo‘lganligidan uning xossalarini radiokimyoda batafsil o‘rganiladi). Kislorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog‘onasida oltitadan elektron bor. Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga, ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod ftorli birikmasi OF2 da +2, vodorod peroksid H2O2 da −1 bo‘ladi. Qolgan barcha birikmalarda −2 oksidlanish darajasida bo‘ladi. Kislorod va oltingugurtning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari. Oltingugurt, selen va tellurning tashqi energetik pog‘onasida bo‘sh holdagi d-orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p- va s-elektronlar bittadan d-orbitallarga ko‘chib o‘tishi mumkin.
S, Se, Te elektron qabul qilib −2 va elektron berib +4, +6 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d-orbitallar mavjud emas. Shuning uchun u +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qila olmaydi. OLTINGUGURT Tabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birikmalar ko‘rinishida ham uchraydi. O‘zbekistonda oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud.
Fizik xossalari. Oltingugurt uch xil allotropik shakl o‘zgarishga ega: rombik oltingugurt S8; monoklinik oltingugurt S8; plastik oltingugurt S8. Tabiatda rombik oltingugurt uchraydi va u sariq rangli qattiq kristall modda bo‘lib, suvda erimaydi. Zichligi 2 g/sm3 bo‘lishiga qaramasdan oltingugurt kukunlari suv yuzasida qalqib yuradi, chunki u suvda xo‘llanmaydi. Qattiq jismlarni suyuqlik sirtida qalqib turishi flotatsiya deb ataladi. Oltingugurt rudalarini "bekorchi jins"lardan tozalash uchun sanoatda flotatsiya usulidan keng foydalaniladi. Oltingugurt uglerod (IV)-sulfid CS2 va organik erituvchilarda eriydi.
|
| |