|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 69/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : Takrorlash.
Sana: _______________________________________________
Sinf: 8-
Fan : Kimyo.
Mavzu : 37-§ KISLOROD GURUHCHASI ELEMENTLARI
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga kislorod guruhchasi elementlarini joylashgan o’rni va ahamiyati haqida tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: Nutq ravonligi, munozara madaniyati kabi ijobiy hislatlarni shakllantirish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning kitobxonlik malakasini oshirish. shakllantirish va rivojlantirish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:
kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi xlor, ftor, brom, iod, oltingugurt, azot elementlari va ular birikmalarining xalq xo‘jaligi, qishloq jo‘jaligi, tibbiyotda va uy sharoitida qo‘llanilishi, ularning biologik ahamiyati, ishlatilish sohalari, moddalardan kimyoviy tajribalarda me’yorida foydalanish qoidalari, birinchi yordam ko‘rsatish usullarini kundalik kuzatuvlar asosida misollar orqali tushuntira oladi.
Element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash:
Galogenlar va ularning birikmalarini kimyoviy, tarixiy va kundalik turmushdagi nomlarini bilib oladi.
Fosfor va uning kislorodli birikmalarini ishlatilish sohalarini, ekinlarga solinadigan asosiy mineral o‘g‘itlarning texnik nomlarini, tirik organizmlar uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar, makroelementlar nomlarini kimyoviy tildagi ifodalay oladi.
Kimyoviy jihozlar bilan ishlay olish, tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash:
Tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi, hayot uchun eng muhim bo‘lgan moddalar, ya’ni oqsillar azotning tabiiy birikmasi ekanligi haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘ladi. Mavzu yuzasidan masala, mashqlarni yecha oladi va maktab laboratoriyasida o‘tkaziladigan tajribalar jarayonida zarur bo‘lgan xavfsizlik qoidalarini biladi.
|
| |