|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 77/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 54337339112491586413
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2. Davomat.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Molekular formulasi H2SO4. Uning elektron va tuzilish formulalari quyidagicha: Olinishi. Sulfat kislotani olish uchun quyidagi sxema asosida boradigan kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish kerak: FeS2→SO2→SO3→H2SO4 Fizik xossalari. Sulfat kislota rangsiz, hidsiz, og‘ir moysimon suyuqlik. 96% li konsentrlangan sulfat kislotaning zichligi 1,84 g/sm3 ga teng. U suvda eritilganda juda ko‘p issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun sulfat kislotani suvda eritishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Sulfat kislotani suvga aralashtirib turgan holda quyish kerak. Aksincha, suvni sulfat kislotaga quyish mumkin emas! Sulfat kislotani suyultirish. Kimyoviy xossalari. Suyultirilgan sulfat kislota bilan konsentrlangan sulfat kislotaning kimyoviy xossalarida farq bor. Suyultirilgan sulfat kislota kislotalar uchun xos bo‘lgan barcha xossalarni o‘zida namoyon qiladi. 1. Metallarning faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi: Sulfat kislotaning metallar bilan o‘zaro ta’siri Rux metalining turli konsentratsiyali sulfat kislotasi eritmasi bilan ta’sirlashuvi Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2 2Al + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + 3H2 2. Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi: CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O 3. Asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O
Mg(OH)2 + H2SO4 = MgSO4 + 2H2O 4. Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi:3H2SO4 + Ca3(PO4)2 = 3CaSO4 + 2H3PO4 Konsentrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo‘lgani uchun, deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush (Ag), oltin (Au) va platina (Pt) ga, konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo‘lganda Fe ga ta’sir etmaydi. Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaning konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab SO2, S yoki H2S gazlarini ajratib chiqaradi: Konsentrlangan sulfat kislota qaynatilganda metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi: Konsentrlangan sulfat kislota shakar, qog‘oz, yog‘och va gazlamalar tarkibidagi sellyulozadan suvni tortib oladi va ularni ko‘mirga aylantiradi: Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun bariyning eruvchan tuzi (bariy xlorid) ni ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham, nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho‘kma tushadi: H2SO4 + BaCl2 =↓BaSO4 + 2HCl Na2SO4 + BaCl2 = ↓BaSO4 + 2NaCl Sulfatlar. Natriy sulfat — Na2SO4. Suvsiz natriy sulfat shisha va soda ishlab chiqarishda, tibbiyot va veterinariyada turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi. Na2SO4•10H2O - Glauber tuzi deyiladi.
|
| |