|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 75/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 54337339112491586414
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2. Davomat.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Oltingugurt oksidlari. Oltingugurtning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki xil oksidi bor. Oltingugurt (IV)-oksid SO2 va oltingugurt (Vl)-oksid SO3.
Oltingugurt (IV)-oksid SO2. Tabiatda vulqon gazlarida va tabiiy ko‘mirning yonishidan hosil bo‘lgan gazlar tarkibida uchraydi. SO2 qutbli kovalent bog‘li gaz bo‘lib, laboratoriyada sulfit kislota tuzlariga xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2↓
Mis qirindilariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda ham oltingugurt (IV)-oksid hosil bo‘ladi: 2H2SO4(kons) + Cu = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid metall sulfidlarini havoda kuydirib olinadi:4FeS2 + 11O2→2Fe2O3 + 8SO2↑; 2 ZnS + 3O2 → 2ZnO + 2SO2↑. Oltingugurt (IV)-oksid rangsiz, o‘tkir hidli gaz bo‘lib, -10°C da suyuq, -73°C da qattiq holga o‘tadi, u kislotali oksid, suvda erib sulfit kislota hosil qiladi:
SO2 + H2O →H2SO3.
Asosli oksid va ishqorlar bilan ta’sirlashib, sulfitlar hosil qiladi:CaO + SO2 = CaSO3;
2NaOH + SO2 → H2O + Na2SO3.
Vodorod sulfidni oksidlaydi. Natijada o‘zi qaytariladi va oltingugurtni hosil qiladi:
2H2S + SO2 →2H2O + 3S↓
Oltingugurt (IV)-oksid organik bo‘yoqlarni rangsizlantiradi, mikroorganizmlarni o‘ldiradi, quruq turshak tayyorlashda, ba’zi rezavor mevalarni yetiltirishda qo‘llanadi. Suyuq SO2 neftni tozalashda ishlatiladi. Oltingugurt (VI)-oksid SO3. SO3 ─ oltingugurtning yuqori oksidi bo‘lib, 45°C da qaynaydigan, 17°C da oq kristall massaga aylanadigan rangsiz suyuqlik. Kislotali oksidlarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Suv bilan oson reaksiyaga kirishib, sulfat kislota hosil qiladi: SO3 + H2O == H2SO4 + Q. SO3 ning o‘zi ham konsentrlangan sulfat kislotada yaxshi eriydi. Bunda oleum hosil bo‘ladi:H2SO4 + nSO3→H2SO4 + nSO3.Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. Uyga vazifa berish : 39 § konspekt qilish.
|
| |