• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet79/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    Bosqichlar

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Sodir bo‘layotgan kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish mumkinmi?
    Kimyoviy reaksiyalar turlicha tezliklarda sodir bo‘ladi. Ayrim reaksiyalar juda tez: sekundning ulushlarida, ayrim reaksiyalar esa bir necha kunda — juda sekin sodir bo‘ladi. Shunday reaksiyalar borki, ularning tugallanishi uchun hatto yillar kerak bo‘ladi. Kimyoviy ishlab chiqarishda ayrim kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish kerak bo‘lsa, ayrimlarini sekinlashtirish kerak. Kimyoviy reaksiyaning tezligi─ υ.Reaksiya davomida moddaning konsentratsiyasi: (1 mol/l — 0,4 mol/l = 0,6 mol/l) 0,6 mol/l ga kamaygan. Reaksiya 10 sekund davom etgan. Demak, ushbu reaksiyaning tezligi 0,06 moll/sek ekan. Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar. 1. Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar konsentratsiyalariga bog‘liq. Siz 7-sinf kimyo kursida kislorodning kimyoviy xossalarini o‘rganish davomida oltingugurtni havoda sekin yonishi, sof kislorodda esa ravshan alanga berib juda tez yonganligini bilib olgansiz. Oltingugurt toza kislorodda yonganda uning sirtiga kelib urilayotgan kislorod molekulalarining soni havodagiga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi. Chunki havoda kislorod hajm jihatdan 21% ni tashkil qiladi. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalar ko‘paytmasiga teng. Masalan, A+ B = C reaksiya uchun v = k[A] ∙ [B]. [A] va [B] A hamda B modda larning molyar konsentratsiyasi, k-proportsionallik koeffitsienti. 2. Kimyoviy reaksiya tezligiga haroratning ta’siri. Harorat har 10°C ga oshirilganda reaksiya tezligi 2—4 marta ortadi. Bu yerda: υ2 ─ reaksiyaning t2 dagi tezligi; υ1 — reaksiyaning t1dagi tezligi; γ—kimyoviy reaksiya tezligining harorat koeffitsienti. Masalan, reaksiya tezligining harorat koeffitsienti γ — 2 bo‘lganda, muhitning harorati 40°C ga ko‘tarilsa, ushbu reaksiyaning tezligi 16 marta; 50°C ga ko‘tarilsa 32 marta, 70°C ga ko‘tarilsa 128 marta ortadi. Shuningdek, kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, qattiq moddalarning sirtiga, katalizatorga ham bog‘liq bo‘ladi (7-sinf "Kimyo" darsligidan katalizatorlar haqidagi tushunchani eslang). 3. Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog‘liq. Kaliy, natriy, temir va mis metallariga suvning ta’sirini 7-sinfda o‘rgangansiz. A) 2K + 2H2O = 2KOH+ H2. Reaksiya juda tez sodir bo‘ladi, hatto ajralib chiqayotgan vodorod yonib ketadi. Reaksiya yonish bilan ro‘y beradi. B) 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2. Reaksiya tez sodir bo‘ladi, ammo kaliyning suv bilan reaksiyaga kirishishiga qaraganda sekinroq sodir bo‘ladi. D) Temirning suv bilan o‘zaro reaksiyasi atmosfera kislorodi ishtirokida juda sekin va uzoq muddat davom etadi. E) Mis suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. 4.Katalizatorning ta’siri. Vodorod peroksidning parchalanish reaksiyasini MnO2 tezlashtiradi. Oltingugurt (Vl)-oksidni olishda vanadiy (V)-oksid katalizator sifatida jarayonni tezlashtiradi. — Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan, ammo o‘zi o‘zgarmay qoladigan moddalar katalizatorlar deyiladi.Ingibitorlar esa moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan moddalardir.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.