|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 81/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2. Davomat.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Kimyo sanoati uchun juda muhim bo‘lgan anorganik birikmalardan biri sulfat kislotadir. Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xom ashyolar: sof oltingugurt — S, temir kolchedan (pirit) FeS2, rangli metallarning sulfidlari — CuS, ZnS, PbS, vodorod sulfid — H2S. Sanoatda xom ashyodan sulfat kislota ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan jarayonlar bir necha bosqichga bo‘linadi. 1. Oltingugurt (IV)-oksidni olish. 2. Oltingugurt (IV)-oksidni tozalash. 3. Oltingugurt (IV)-oksidini oksidlash. Oltingugurt (Vl)-oksidni olish. 1. Oltingugurt (IV)-oksidni olish. Mavjud xom ashyolardan oltingugurt (IV)-oksid olish uchun quyidagi kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish kerak: S + O2 = SO2; 2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O; 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2; Cu2S + 2O2 =2CuO+ SO2. Sanoatda H2SO4 ishlab chiqarish uchun piritdan foydalaniladi. Piritni kuydirish (oksidlash) reaksiyasini sanoatda yuqori unum bilan amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak. 1) Havo o‘rniga toza kislorod yuborilgan holda reaksiyani amalga oshirish. Havo o‘rniga sof kisloroddan foydalanilsa reaksiyaga kirishuvchi moddalardan biri — kislorodning konsentratsiyasi ortadi. Natijada reaksiya tezlashadi. 2) Pirit bo‘laklarini maydalash kerak. Kolchedanni kuydirish (FeS2 ni oksidlash) pechiga kukun holdagi pirit yuqoridan pastga sochiladi, pastdan esa havo haydaladi. Piritning mayda zarrachalari bilan havoning aralashmasi qaynovchi qatlam deyiladi. Bunday sharoitda piritni oksidlash uchun juda oz muddat kifoya. 2. Oltingugurt (IV)-oksidni tozalash. Oltingugurt (Vl)-oksidning olinishi katalitik jarayon bo‘lib, vanadiy (V)-oksid — V2O5 katalizator sifatida ishlatiladi. SO2 ga qo‘shilgan chang va har xil qo‘shimchalar katalizatorni zararlaydi, ya’ni katalizatorning katalitik xossasini susaytiradi. Shuning uchun pirit kuydirilganda ajralib chiqayotgan SO2 avval tozalanib, so‘ngra kontakt apparatiga yuboriladi. Kuydirish pechidan chiqayotgan SO2 siklon va elektrofiltr deb ataluvchi qurilmalarda tozalanadi. So‘ngra suv bug‘laridan tozalash uchun quritish minorasida quritiladi. Buning uchun konsentrlangan H2SO4 dan foydalaniladi. 3. Oltingugurt (IV)-oksidini oksidlash. Oltingugurt (Vl)-oksidini olish. Oltingugurt (IV)-oksidini oltingugurt (Vl)-oksidga aylantirish uchun katalizator ishtirokida oksidlanadi. 2SO2 + O2 2SO3 + Q Reaksiya ekzotermik reaksiya bo‘lib, 400°C da 99,2% oltingugurt (VI)-oksid hosil bo‘ladi. Harorat ko‘tarilgan sari mahsulot kamayib boradi, masalan, 600°C da 73% ni tashkil qiladi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan issiqlik, issiq almashtirgichlarda SO2 ni isitish uchun sarflanadi. Oltingugurt (IV)-oksidini oksidlashda maqbul sharoit uchun qaytar reaksiyalarda muvozanatni o‘ng tomonga siljitish omillarini tanlash zarur. 1.Harorat. Oltingugurt (Vl)-oksidining hosil bo‘lish unumini oshirish uchun reaksiyani 600 ° C dan asta-sekinlik bilan 400- 450°C ga tushirish kerak. 2. Katalizator. Temir, platina va vanadiy oksidlari katalizator bo‘lishi mumkin. Katalizatorga qo‘yilgan talablar quyidagilardir: a) arzon bo‘lishi; b) katalitik donorlarga chidamli bo‘lishi; d) uzoq muddatga yetishi. Hozirgi kunda katalizator sifatida vanadiy (V)-oksidi ishlatiladi. 3. Kontakt apparatiga kiritilayotgan oltingugurt (Vl)-oksid suv bug‘i va har xil changlardan tozalangan hamda katalizatorni zararlaydigan qo‘shimchalardan xoli bo‘lishi kerak.
|
| |