Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi




Download 431,5 Kb.
bet4/13
Sana24.05.2024
Hajmi431,5 Kb.
#252571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat byudjeti daromadlari va ularni barqarorlashtirish istiqbollari
1699036040, independes, 93026 20190402, grant, bibliofond.ru 873235
1.2 Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi.
Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlar quyidagilarda namoyon bo’ladi:
 davlat byudjeti mablag’lari hisobidan davlat maqsadli jamg’armalaridagi vaqtinchalik kassaviy uzilishlar mablag’ bilan qoplanishi mumkin, o’z navbatida, davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari davlat byudjetida yuzaga kelgan taqchillikni qoplashning noinflyatsion manbasi bo’lib xizmat qiladi;
 davlat krediti orqali davlat o’z majburiyatlarini bajarish uchun ichki va tashqi manbalardan qarz oladi, shuningdek mamlakat ichkarisidagi subyektlarga hamda xalqaro moliyaviy munosabatlarining ishtirokchilari bo’lgan subyektlarga qarz beradi, byudjetning taqchilligini qoplash manbai sifatida ham davlat qarzi maydonga chiqadi, shu munosabatlarda davlat byudjeti bilan davlat moliyasining alohida bo’g’ini bo’lgan davlat krediti o’rtasida muayyan moliyaviy munosabatlar sodir bo’ladi;
 mamlakat moliya tizimining alohida sohasi bo’lgan tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi orqali davlat byudjetining daromad manbai bo’lgan qo’shilgan qiymat, foyda, daromad yaratiladi va ularning qayta taqsimlanishi asosida davlat byudjetiga daromad va tushumlar kelib tushadi, o’z navbatida, davlat byudjeti mablag’laridan bu korxonalar resurslarining shakllanishida ma‘lum ko’lamlarda foydalaniladi, buni davlat byudjetining iqtisodiyotga va markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag’lar harakatida ko’rish mumkin;
 ma‘lumki, moliya tizimining alohida bo’g’ini notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi muassasa va tashkilotlarda sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi, ularning aksariyatini esa turli tarmoq va sohalardagi byudjet tashkilotlari tashkil qiladi, ularning joriy faoliyatini, ayrim hollarda kapital mablag’larga bo’lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan ular bilan davlat byudjeti o’rtasida byudjet mablag’larining taqsimlanishi bilan bog’liq munosabatlar sodir bo’ladi;
 shuningdek, davlat byudjeti bilan uy xo’jaliklari o’rtasida ijtimoiy transfertlarning ajratilishi, davlat mablag’lari bilan mustahkamlangan imtiyozli kreditlarning berilishi yuzasidan muayyan moliyaviy munosabatlar shakllanadi, shu bilan birga, uy xo’jaliklari ham soliqlar, majburiy to’lovlar, zaym obligatsiyalar sotib olish kabilar bilan davlat byudjet resurslarining shakllanishida ishtirok etadilar.
Davlat byudjeti maqsadli mablag‘larning markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari, tushumlar miqdori, yil mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘larning yo‘nalishlari va miqdori aks etadi. Shu bois davlat byudjeti daromadlarining to‘g‘ri va to‘liq shakllantirilishini ta’minlash hamda xarajatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish alohida ahamiyatga ega. Bunda ushbu jarayonning huquqiy asoslari takomillashtirilishi muhim rol o‘ynaydi.
Byudjet kodeksida mahalliy davlat hokimiyati organlari byudjeti bilan bog‘liq munosabatlar o‘z ifodasini topgani bois “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonundan “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlanuvchi 3-bob chiqarib tashlanib, qonunning 25-moddasiga o‘zgartish kiritildi. Bunda viloyat, tuman va shahar hokimlari vakolatlari doirasi kengaytirilib, tuman va shahar byudjetining tegishli loyihasini xalq deputatlari Kengashiga taqdim etish haqidagi norma bilan to‘ldirildi. Bu xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman va shahar byudjetining loyiha bosqichidayoq oqilona taqsimlanishini nazorat qilish imkonini beradi
Yangi qonunning 2-moddasi bilan “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi qonunga ham bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, qonunning 4-moddasida davlat tashqi qarzining eng yuqori miqdorini har yili Oliy Majlis palatalari kelgusi yil uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari qabul qilinayotganda belgilashi mustahkamlangan. Bundan asosiy maqsad xorijdan mablag‘ jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish hamda davlat hokimiyatining oliy vakillik organi – Oliy Majlis ishtirokini kuchaytirish yo‘li bilan mazkur jarayonda oshkoralikni ta’minlashdan iboratdir.
Qonunga muvofiq, Byudjet kodeksining 161-moddasida byudjet hisobi va hisobotining yagona uslubiyati byudjet hisobining standartlariga muvofiq belgilanishi hamda u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishi munosabati bilan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga qator qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish” deb nomlanuvchi 5-moddaga byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotini tartibga solish Moliya vazirligi tasdiqlagan byudjet hisobi standartlari asosida amalga oshirilishi belgilangan. 12-moddada byudjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash byudjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshirilishi mustahkamlangan.
Kodeks qabul qilingunga qadar byudjet munosabatlari, xususan, byudjet tizimi tuzilishi, boshqarish asoslari, daromadlarni shakllantirish va xarajatlarni amalga oshirish kabi tamoyillar, Davlat byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibi “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinar edi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larining g‘azna ijrosi sohasidagi munosabatlarda “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etardi. Endilikda bu munosabatlar Byudjet kodeksida takomillashtirilgan holda o‘z ifodasini topgani bois ushbu qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Muxtasar aytganda, “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonun sohani tartibga soluvchi puxta huquqiy asosdir. Kiritilgan o‘zgartish va yangiliklar xalqaro tajribaga asoslangan bo‘lib, byudjet jarayoni hamda tizimining samaradorligi va ochiq-oshkoraligini yanada oshirishga xizmat qiladi.



Download 431,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 431,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi

Download 431,5 Kb.