|
Hududiy moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar
|
bet | 9/13 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 431,5 Kb. | | #252571 |
Bog'liq Davlat byudjeti daromadlari va ularni barqarorlashtirish istiqbollariHududiy moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar:
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning manbalari kesimida to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
tegishli budjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
budjet tashkilotlariga va budjet mablag’lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini etkazadi;
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi;
Budjet Kodeksining 146-148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli budjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o’zgartirishlar kiritadi;
tegishli budjetlarning mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli budjetning ijrosi to’g’risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:
davlat budjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo’yicha etkazadi;
budjet ssudalarini beradi.
Hududiy moliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
|
| |