Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar




Download 431,5 Kb.
bet11/13
Sana24.05.2024
Hajmi431,5 Kb.
#252571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Davlat byudjeti daromadlari va ularni barqarorlashtirish istiqbollari

Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar:

  • davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi;

  • davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi;

  • davlat maqsadli jamg’armalarining budjetlari daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida etkazadi;

  • Budjet Kodeksining 149-moddasida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamg’armalari budjetlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

  • davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar va boshqa tushumlar to’liq hamda o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

  • davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

  • davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

  • davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi;

  • davlat maqsadli jamg’armalarining Yagona g’azna hisobvarag’i va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;

  • davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi; davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi.

Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Budjet tizimini boshqarishda yuqori va quyi budjetlar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil qilish va tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Bu munosabatlarni qonun bilan tartibga solish maqadida Budjet kodeksida daromadlarni budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida qayta taqsimlash yo’llari, qaysi daromadlarni qaysi budjet bo’g’iniga tushishi, qaysi xarajatlar qaysi Budjetdan amalga oshirilishi belgilab berildi. Bu budjet munosabatlarini tartibga solishda muhim qonuniy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Xorij davlatlari misolida ko’radigan bo’lmak, Amerika Qo’shma Shtatlarida budjet tizimini boshqarish bir muncha farq qiladi, bunga asosiy sabab ularning shtatlarga bo’linganligi va shtatlarning mustaqil budjet siyosatini yuritishidadir.
AQSh shtatlari budjetining har bir shtatda budjet siyosatining mustaqil tarzda yuritilishi, ya’ni shtatlarning daromadlari va xarajatlarini o’zlari qabul qilishlari va shtatlarda daromadlar manbalarni o’zlari shakllantiradilar. Shtatlar budjeti
AQShning oliy organi, ya’ni Kongressga yillik hisobotlarini topshiradilar va Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliyaiqtisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo’yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo’limlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.

Download 431,5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 431,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar

Download 431,5 Kb.