• Budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar
  • Budjet mablag’larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar




    Download 431,5 Kb.
    bet10/13
    Sana24.05.2024
    Hajmi431,5 Kb.
    #252571
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Davlat byudjeti daromadlari va ularni barqarorlashtirish istiqbollari
    1699036040, independes, 93026 20190402, grant, bibliofond.ru 873235
    Budjet mablag’larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar:

    • Budjetdan ajratiladigan mablag’larni olish uchun Budjet so’rovlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

    • Budjet buyurtmalarini tuzish uchun ko’rsatkichlarni va materiallarni o’z tasarrufidagi tashkilotlarga etkazadi;

    • xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun o’z tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablag’lari hajmlarini etkazadi;

    • o’z tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi;

    • tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi;

    • xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi o’zgartirishlar to’g’risida o’z tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi;

    • o’z tasarrufidagi tashkilotlarda budjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;

    • o’z tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi;

    • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.

    Budjet mablag’larini taqsimlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    Budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar:
    budjet buyurtmasini budjet mablag’larini taqsimlovchiga, budjet mablag’larini taqsimlovchi bo’lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga Budjet Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi;

    • xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni budjet mablag’larini taqsimlovchiga, budjet mablag’larini taqsimlovchi bo’lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida ro’yxatdan o’tkazish uchun kiritadi;

    • xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’larni mo’ljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi;

    • budjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;

    • Budjet Kodeksining 150-moddasida belgilangan tartibda xarajatlar

    smetalariga o’zgartirishlar kiritadi;

    • tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni budjet mablag’larini taqsimlovchiga, budjet mablag’larini taqsimlovchi bo’lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga taqdim etadi.

    • budjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek:

    • shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni budjet mablag’larini taqsimlovchiga, budjet mablag’larini taqsimlovchi bo’lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida ro’yxatdan o’tkazish uchun kiritadi;

    • Budjet Kodeksining 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga o’zgartirishlar kiritadi;

    • muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, g’aznachilik bo’linmalariga o’z vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;  budjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi;

    • budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi.

    budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar qonun hujjatlariga
    muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

    Download 431,5 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 431,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Budjet mablag’larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar

    Download 431,5 Kb.