G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya azirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi




Download 431,5 Kb.
bet12/13
Sana24.05.2024
Hajmi431,5 Kb.
#252571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Davlat byudjeti daromadlari va ularni barqarorlashtirish istiqbollari
1699036040, independes, 93026 20190402, grant, bibliofond.ru 873235
G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya azirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi.

3-rasm. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining tashkiliy tuzilishi
G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi.
Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot G’aznachilik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi G’aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat budjetining g’azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi va budjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi yagona hisoblar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G’aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi budjet Kodeksiga, shuningdek, turli darajadagi davlat boshqaruvi o’rtasida tushumlar taqsimotini tartibga soladigan boshqa qonunlarga muvofiq, G’aznachilik tushumlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash uchun javobgar hisoblanadi. G’aznachilik belgilangan budjet tasnifiga muvofiq, barcha davlat tushumlarini ularning aniq ro’yxati bo’yicha yagona g’azna hisobraqamida yuritilishini ta’minlaydi, qonun asosida g’aznachilikning yagona hisobraqamidan barcha to’lovlarni amalga oshirishga G’aznachilik javobgar hisoblanadi.
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat budjetining g’azna ijrosini joriy etish, budjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat Budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat Budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi” hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat Budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594-son
(28.02.2007) Qarori bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:
davlat Budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi Budjetlar o’rtasida taqsimlash, Budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat Budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;

  • davlat Budjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisobraqami, shuningdek tegishli Budjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish;

  • Budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan Budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlani-shini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;

  • xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida Tovar (ish, xizmat) lar etkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga budjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

  • davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;

Germaniya Federativ Respublikasida davlat moliyasining oliy nazorat organi bo’lib, Federal hisob palatasihisoblanadi. Budjet ijrosi hisoboti Moliya vazirligidan parlament va hisob palatalariga yuboriladi. Hisob palatasining xulosasidan keyin, parlament budjet ijrosi to’g’risidagi qonunni tasdiqlaydi.
Qonun chiqaruvchi qo’mitalardan ekstensiv foydalanish butun bir qo'mitasi amaliy emas holda harakat qilishda muhim hisoblanadi, lekin komissiya tuzilmalar parchalanishiga kiritiladi. Qo’mitalar o’zlarining huquqlari doirasida kichik qonun chiqaruvchi organlar hisoblanadi. Qo’mita tuzulmalari barqarorligini hisobga olgan holda AQSH Deputatlar palatasida 435 nafar azo va Senatida esa 100 nafar a’zolar mavjud. Shtatlar ichida yangi Hamsipair 424 a’zo bilan eng yirik qonun chiqaruvchi hisoblansa Nebraska 49 a’zolar bilan eng kichigidir. 50 ta shtatdan 42 tasida kamida 100 nafardan qonun chiqaruvchi deputatlar mavjud.
Ko’p palatali qonun chiqaruvchi organlarda qonunlarni ishlab chiqish har bir palatadagi qarama-qarshi qo’mitalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday qo’mitalar quyi palata va senatning to’liq a’zoligi orqali ustida deb harakat qilinadigan chiquvchi xarajatlarni xabarini berib boradi. Har ikkala xarajatlar o’rtasida farqlar mavjud bo’lganda, konferensiya qo’mitasi odatda ikkala palata tomonidan boshqatdan qayta tiklangan xarajatlar deb qaraluvchi xabarlarni tayinlaydi. Agar palatalar bir marta bir xil xarajatlarni o’tkazib yuborsa, qonun chiqaruvchi organ gubernator yoki prezident tomonidan maqullanishiga yoki rad etilishiga tayyor turadi.
Mahalliy darajada, kam palatalilik ustunlik qilgan joyda budjet qo’mitasi ko’pincha shahar konsulliklari yoki maktab kengashlari kabi to’liq qonun chiqaruvchi organlarga qator tavsiyalar taqdim etish uchun va ijro etuvchi organlar budjet tasdiqini qayta ko’rib chiqish va o’zgartirishlar kiritish uchun asosiy ma’sulyatni o’z zimmasiga oladi.
XULOSA.
Kurs ishining xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan tahlilga asoslangan holda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalarni, qisqacha tarzda, aks ettirishga harakat qilamiz. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat.
Hozirgi sharoitda byudjet intizomini mustahkamlashning zarurligi va ahamiyati mamlakatimizda bir tomondan, byudjet daromadlarini shakllantirish va ikkinchi tomondan esa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish masalalari bilan bog‟liq. Bunda ularning maqsadliligi, samaraliligi, tartibliligi va qonuniyligini ta‟minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Byudjet intizomini ta’minlashda byudjet mablag’larini belgilangan miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining mas’ul bo’lsa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish yuzasidan esa O‟zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va O‟zbekiston Respublikasi G‟aznachilik boshqarmasigaa katta mas‟uliyat tushadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o‟zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Yana shuni aytish kerakki byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun byudjetdan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma-bosqich optimal darajada kamaytirish zarur.
Byudjet tashkilotlarini boqimandalik kayfiyatidagi xo’jasizliklarcha faoliyat yurituvchi sub’ektlardan mablag’ ishlab topuvchi tashkilotlar darajasiga yetkazish, ijtimoiy-madaniy sohalarda faqat davlat mablag‟larigagina asoslanib faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda pullik xizmatlar ko‟rsatishni ham tashkil etishga o‟tilishini ta’minlash kerak. Masalan, xalq ta’limi sohasiga qarashli maktablarda hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida pullik xizmatlarga o‟tish ko‟lamini kengaytirish, sog’liqni saqlash tizimiga qarashli muassasalarda bemorlarning pullik tarzda davolanib shifo topish tizimini bosqichma-bosqich kengaytirish va bundan tushgan mablag’larni shu sohaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va malakali xodimlari rag’batlantirishga sarflashni ko‟zda tutish, shu asosida byudjet tomonidan beriladigan xarajatlarni qisqartirishga erishish zarur.
Kommunal xizmatlardan foydalanganligi uchun hozirgi kunda ko’pchilik byudjet tashkilotlari va muassasalarida o‟lchagichlarning yo’qligi va ayrim joylardagi o’rnatilgan o‟lchagich asboblarining nosozligi mahalliy byudjet mablag’larining iqtisod qilinishiga to’sqinlik qilib kelmoqda. Shuning uchun ham kommunal xizmat turlaridan (issiqlik suv, sovuq suv, gaz, elektr energiya) tejamkorlikka erishish maqsadida barcha byudjet tashkilotlariga o’rnatilgan o’lchov asboblarini sozlab, o’rnatilmagan joylarga esa zudlik bilan o’lchov asboblarini o‟rnatilishini ta‟minlash va shundan so’ng tashkilotlardagi moddiy javobgar shaxslarninig faoliyatini qattiq nazoratga olish maqsadga muvofiqdir.


Download 431,5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 431,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya azirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi

Download 431,5 Kb.