|
II BOB. BYUDJET TIZIMINI BOSHQARISH
|
bet | 5/13 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 431,5 Kb. | | #252571 |
Bog'liq Davlat byudjeti daromadlari va ularni barqarorlashtirish istiqbollari II BOB. BYUDJET TIZIMINI BOSHQARISH.
2.1 Byudjet tizimining huquqiy asoslari
Budjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:
Budjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda budjet munosabatlarini boshqarish;
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;
Budjet jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar, organlar va budjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish;
Budjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha funktsiyalarini bajaradi, ular orqali budjet tizimini boshqarish oldidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi. Bu funktsiyalar quyidagilardan iborat:
rejalashtirish
tashkil etish
muvofiqlashtirish
nazorat
1-rasm. Boshqarish elementlari
Budjet tizimini boshqarish tushunchasi sub’ektiv tushuncha. Budjet tizimini boshqarish alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari «Budjet kodeksi»da tegishli boshqaruv organlari nizomlari va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan belgilab berilgan.
Budjet tizimini boshqarish ob’ektlari bo’lib Budjet munosabatlari, Budjetning daromadlar bo’yicha shakllanishi va xarajatlar bo’yicha bajarilishi, Budjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi. Davlat budjetini boshqarish sub’ektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi ma’lum bir vakolatlarga ega bo’lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir. Budjet tizimini boshqarish sub’ektlari qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Oliy Majlis;
O’zbekiston Respublikasi azirlar Mahkamasi;
|
| |