|
Mavzu: davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari
|
bet | 4/9 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #259968 |
Bog'liq DAVLAT BYUDJETINING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI VA FUNKSIYALARI...Davlat byudjetining funksiyalari.
Davlat byudjetining mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo’ladi. Turli davr va turli maktab iqtisodchilari davlat byudjetining funksiyalarini yoritishga turlicha yondoshadilar. Masalan, T.Malikov, N.Xaydarov hammuallifligidagi ―Davlat byudjeti o’quv qo’llanmasida davlat byudjetining funksiyalari quyidagi tarzda bayon qilingan: ―Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo’linmalari singari, ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat.8
Bu va shu kabi boshqa adabiyotlarni o’rganish asosida, davlat byudjetining amalda namoyon bo’lish shakllarini o’rgangan hamda ko’pchilik iqtisodchi olimlarning fikriga qo’shilgan holda, davlat byudjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi, deyishimiz mumkin:
– yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi;
– iqtisodiyotnitartibgasolishvaboshqarishfunksiyasi;
– ijtimoiy funksiyasi;
– nazorat funksiyasi.
2-rasm. Davlatbyudjetining funksiyalari9
Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi. Davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda o’zining qayta taqsimlash funksiyasi bilan ishtirok etadi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida yaratilgan YaIMning qiymatidan to’lanadigan soliqlar va soliq xarakteridagi boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi asosida byudjet daromadlari shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi sifatida, davlatning funksiyalarini bajarish uchun sarflanadi. Ular pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoridagi markaziy va mahalliy byudjetlarga kelib tushadi. O’zbekiston Respublikasida har yili davlat byudjeti orqali mamlakat YaIMining 18-20 foizi qayta taqsimlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalari bilan birga hisoblaganda esa bu ko’rsatkich bugungi kunda 34-35 foizni tashkil etmoqda.
|
| |