• TA’MINLASH ASOSLARI 4-modda. Vijdon erkinligini ta’minlash
  • 5-modda. Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari
  • Mavzu: Dinshunoslik faniga kirish. Milliy dinlar. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik: Мавзу режаси




    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/25
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.99 Mb.
    #171850
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    \'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÑËÀÉÄ (1)
    biznes asoslari, jamoat shartnomasi 2023, 26.10.2023, 11.STEAM TA\'LIM SLAYD, Evolyutsion ta\'limot 12.04.13, 1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag senariy, Malumotnoma-misollar-bilan (1), qurilishni-tashkil-etish-va-rejalashtirish-1-qism, ГеолМинПетрг янги, TELEFON XIZMATLARINING BUXGALTERIYA HISOBI OB’EKTI SIFATIDAGI TASNIFI, Compressed bhly63uhшш, DTM V-6 javobsiz, 5-sinf III chorak 3-BSB informatika ixtisos II variant, 9-sinf III chorak 4-BSB informatika ixtisos I variant
    diniy professional ta’lim - diniy ta’lim muassasalarida о‘quvchilarga ma’lum bir 
    konfessiyaga 
    oid 
    diniy 
    bilimlar 
    berishga qaratilgan 
    jarayon; 
    prozelitizm - missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga e’tiqod qiluvchilarni boshqa 
    konfessiyalarga 
    о‘tkazishga qaratilgan 
    shakli. 
    2-BOB. VIJDON ERKINLIGINI 
    TA’MINLASH ASOSLARI 
    4-modda. Vijdon erkinligini ta’minlash 
    Vijdon erkinligi - bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga 
    e’tiqod qilmaslik bо‘yicha kafolatlangan konstitusiyaviy huquqidir. 
    Fuqaro dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-
    rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta’lim olishga nisbatan 
    о‘z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yо‘l qо‘yilmaydi. 
    Voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining 
    xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yо‘l qо‘yilmaydi. 
    О‘z diniga e’tiqod qilish yoki ishonish erkinligiga nisbatan faqat qonunda nazarda tutilgan 
    cheklovlar tatbiq etiladi. 
    О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini zо‘rlik bilan о‘zgartirish, uning 
    suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va 
    erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qilish, 
    fuqarolarning sog‘lig‘i va axloqiga tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni 
    beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi о‘rtasida sarosima 
    uyg‘otish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish 
    maqsadida dindan foydalanishga yо‘l qо‘yilmaydi. 
    5-modda. Vijdon erkinligini ta’minlashning 
    asosiy ustuvorliklari 
    Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat: 
    fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga 
    yо‘l qо‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bо‘lgan о‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun 
    teng shart-sharoitlar yaratish; 
    konfessiyalar о‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy 
    bag‘rikenglikni ta’minlash; 
    vijdon erkinligini ta’minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish; 
    vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy 
    tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash; 


    14 
    jamoat tartibiga, О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va 
    erkinliklariga 
    tahdid 
    soluvchi 
    diniy g‘oyalar hamda qarashlarning 
    singdirilishi 
    va 
    tarqatilishiga qarshi kurashish. 
    О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bо‘yicha qо‘mita 
    vijdon erkinligini, shuningdek vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risidagi qonunchilikning 
    amalda izchil hamda bir xil tarzda qо‘llanilishini ta’minlashga doir choralarning amalga oshirilishi 
    uchun mas’ul bо‘lgan vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb 
    yuritiladi). 

    Download 0.99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dinshunoslik faniga kirish. Milliy dinlar. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik: Мавзу режаси

    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish