• 7-modda. Dinning davlatdan ajratilganligi
  • -modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan




    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/25
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.99 Mb.
    #171850
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
    Bog'liq
    \'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÑËÀÉÄ (1)
    biznes asoslari, jamoat shartnomasi 2023, 26.10.2023, 11.STEAM TA\'LIM SLAYD, Evolyutsion ta\'limot 12.04.13, 1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag senariy, Malumotnoma-misollar-bilan (1), qurilishni-tashkil-etish-va-rejalashtirish-1-qism, ГеолМинПетрг янги, TELEFON XIZMATLARINING BUXGALTERIYA HISOBI OB’EKTI SIFATIDAGI TASNIFI, Compressed bhly63uhшш, DTM V-6 javobsiz, 5-sinf III chorak 3-BSB informatika ixtisos II variant, 9-sinf III chorak 4-BSB informatika ixtisos I variant
    6-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan 
    qat’i nazar teng huquqliligi 
    О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir. 
    Chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
    bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi hamda 
    vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda 
    belgilangan tartibda javobgar bо‘ladi. 
    Rasmiy hujjatlarda 
    fuqarolarning 
    dinga 
    nisbatan 
    munosabatini 
    kо‘rsatishga 
    yо‘l qо‘yilmaydi. 
    Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va 
    tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik e’tiqodi bilan 
    bog‘liq holda fuqarolarda adovat va nafrat uyg‘otish yoxud ularning his-tuyg‘ularini haqoratlash, 
    xuddi shuningdek muqaddas diniy e’tiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan 
    javobgarlikka sabab bо‘ladi. 
    Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim о‘z diniy e’tiqodlarini 
    sabab qilib bо‘yin tovlashi mumkin emas. Diniy e’tiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni 
    bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yо‘l qо‘yiladi. 
    Bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar 
    belgilashga yо‘l qо‘yilmaydi. 
    7-modda. Dinning davlatdan ajratilganligi 
    О‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. О‘zbekiston Respublikasida diniy 
    tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati о‘zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi. 
    Davlat turli dinlarga e’tiqod qiladigan va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga 
    mansub diniy tashkilotlar о‘rtasida о‘zaro murosa va hurmat о‘rnatilishiga kо‘maklashadi, diniy 
    aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qо‘yish va keskinlashtirishga, 
    turli konfessiyalar о‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yо‘l qо‘ymaydi. 
    Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bо‘ladi. Missionerlik va prozelitizmni 
    amalga oshirishga yо‘l qо‘yilmaydi. 
    Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, 
    ularning qonunchilikka zid bо‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat 
    vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirmaydi va dinga 
    e’tiqod qiluvchilarning 
    din 
    bilan 
    bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlaydigan 
    faoliyatga 
    yо‘l qо‘ymaydi. 
    О‘zbekiston Respublikasida diniy ruhdagi siyosiy partiya va boshqa jamoat birlashmasining, 
    respublikadan tashqarida tuziladigan diniy partiyalar vakolatxonalari va filiallarining tashkil 
    etilishiga hamda faoliyatiga, siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni kо‘zlovchi boshqa jamoat 
    birlashmalari faoliyatida diniy tashkilotlarning ishtirok etishiga, shuningdek ularga moliyaviy yoki 
    boshqa yordam kо‘rsatishiga yо‘l qо‘yilmaydi. 


    15 

    Download 0.99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan

    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish