Mavzu: Dorixona va farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati




Download 42.99 Kb.
bet2/3
Sana21.02.2023
Hajmi42.99 Kb.
#43074
1   2   3
Bog'liq
Кобилов Д 1 самостоятельная работа

Litsenziya talablariva shartlari: Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziat quyidagi qoidalarga rioya qilishga majbur:

  • faoliyatni farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etish;

  • faoliyatni litsenziyada ko'rsatilgan faoliyat doirasida, shuningdek, litsenziya bitimiga muvofiq ko'rsatilgan manzil (manzillar) bo'yicha amalga oshirish;

  • litsenziya talabgori litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, tegishli moddiy -texnik bazadan, asbob -uskunalardan va boshqa texnik vositalardan foydalanish;

  • dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish, tayyorlash. sotish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish;

  • ekologiya va sanitariya -gigiena normalari va qoidalariga rioya etish;

  • dori vositalarini tayyorlashda litsenziat dori vositalarini analiz qilish uchun vakolatli nazorat -tahlil laboratoriyasi bilan shartnoma tuzishi.

Farmatsevtika faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moddiy -texnik bazaga, asbob -uskunalarga, boshqa texnika vositalariga va xodimlarga talablar belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. Litsenziya maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo'lishi kerak. Litsenziya blankasi namunasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-sonli qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Farmatsevtika faoliyati bo'yicha tegishli boshqaruv va me’yoriy-texnik hujjatlar talablari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish va sotish tartiblari buzilganda, litsenziya hay’ati tavsiyasi bo'yicha belgilangan tartibda dorixona egasi litsenziyadan mahrum qilinadi yoki uning faoliyati vaqtincha to'xtatib qo'yiladi. Hay’at a’zolari O'zbekiston Respublikasi SSV buyrug'iga, hay’at raisi ko'rsatmalariga va hay’at qaroriga muvofiq tahlil ishlarini olib boradi. Hay’at majlislarida qatnashadi, hay’at raisi tomonidan amaldagi qonun va SSV buyruq va yo'riqnomalariga zid bo'lmagan vazifalarni bajaradi. Ozbekiston Respublikasi SSV ning litsenziyasi hozir hay’at tomonidan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga cheksiz muddatga beriladi. Dorixona muassasalari 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlangan tegishli San PiN me’yorlariga rioya qilgan holda faoliyat ko‘rsatadi.
Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni joylashtirish tartiblari Ozbekiston Respublikasida dorixonalar dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ular sifatini nazorat qilish, shuningdek, davolash hamda kasallikning oldini olishga mo'ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq - ovqatlami,ma’danli suvlarni, davolash - kosmetika mahsuiotlarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir. Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ularning filiallari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi. Dorixona shaxobchalari, qishloq vrachlik punktlari qoshidagi dorixonalar, shuningdek, shifoxonalararo dorixonalar ham shu dorixona muassasalari tartibiga kiradi. Ayrim holatlarda dorixonalar maxsuslashtirilgan boladi, chunki bunday dorixonalar aholini va DPM ning yuqori sifatli faoliyatni ta’minlash xizmatiga ega bo'ladi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko’rsatgichlari bilan farq qiladi:

  • tayyor dori vositalarini oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;

  • ta ’minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo va shifoxonalararo dorixonalar;

  • alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;

  • sotilayotgan dorilarni maxsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor o'simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar va maxsus kasallarni davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallari uchun) dorixonalar.

Xuddi shuningdek o'quv - ishlab chiqarish dorixonalari ham bolishi mumkin.
Aksionerlik dorixonalari, tuman, shahar, qishloq va shahar tipidagi posyolkalar hududida joylashib, aholiga dori vositalari va boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi. Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shaharlarda, qishloqlarda, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiena buyumlari, boglov materiallari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadilar.
Bolalarga xizmat qiladigan maxsus dorixonalar, asosan, katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari savdosini amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xom ashyolari (substantsiyalar) va yordamchi materiallar zahirasi bodishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan ta’mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar, asosan, yoshi ulug‘ kishilarga xizmat qilish uchun maxsuslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalar qariyalarning yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini hisobga olib, tegishli tartibda vrachlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu dorixonalar dorilarni saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib, dori vositalari qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi. Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholining dori vositasi bilan ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va shularni dorixonada uzluksiz ravishda boiishini ta’minlaydi. Dorivor o'simliklar dorixonasi, odatda, yirik shaharlarda va viloyat markazlarida aholini dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalarini damiama, qaynatma holida vrachlar retsepti bilan va retseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab aholi uchun foydali va nisbatan bezarar bo‘lgan dori vositalari bilan ta'minlash uchun tashkil qilinadi. Bu dorixonalar retsepturasining o‘ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud, chunki ayrim yigmalar tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar xom ashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malarni tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmatsevtdan o‘ziga xos bilim va mahoratni talab etadi. Dorivor o‘simliklardan dori vositalariga aholi ehtiyojini qondirish uchun ayrim hollarda farmatsevtlar va vrachlar hamkorligida dori vositasi choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonani o'zida alohida boiimlarda va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin.
Hozir Respublika SSV qoshidagi litsenziya hay’ati tomonidan bunday dorixona yoki bo‘limlar ochishga ruxsatnoma berilib bormoqda, chunki bunday dorixonalar aholi uchun foydali va ularda tayorlanadigan dori shakllari iqtisodiy jihatdan arzón dori shakli bo'lib, aholi ehtiyojini bunday dori vositalariga qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham maxsuslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ma’lum darajada aholini o‘ziga xos gomeopatik retseptlar asosida tayyotlangan dori vositalari bilan ta’minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalar iloji boricha geriatrik bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan maxsus davolash va davolashprofilaktika muassasalari yaqinida boiishi maqsadga muvofiqdir. Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari, asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega bolgan gomeopatik dorixonalar respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin ma’lum dorixonalarda alohida gomeopatiya boiimi sifatida mavjud. Ta’kidlash lozimki, Toshkent farmatsevtika institutining dori turlari texnologiyasi kafedrasida ko'plab gomeopatik dori shakllari texnologiyasi, ayniqsa. respublikamizda mavjud boigan xom ashyolardan asos sifatida foydalanib amaliyotda qoilash uchun tayyorlab qo'yilgan texnologik jarayonlar yaratilgan.
0 ‘quv-ishlab chiqarish dorixonalari, asosan, yosh mutaxassislarni yoki yuqori kurs studentlarini. ishlab chiqarish yoki magistratura amaliyoti mashg'ulotlarini otkazish yoki farmatsevtlar malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga, aholini va DPM ni dori vositalari va boshqa tibbiy ashyolar bilan ta’minlab turish ishlarini amalga oshiradi. Ushbu dorixonalarda o'quv va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga moljallangan qo‘shimcha xonalar bo‘lib, ular o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan asboblar, priborlar va boshqa anjomlar bilan jihozlanadi. 0 ‘quv -kompyuter xonalari zamonaviy pedagogik texnologiyalarga oid masofali o‘qitishga mo‘ljallangan texnika vositalari, o‘quv adabiyotlar va tegishli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq. 0 ‘quv-ishlab chiqarish dorixonalari ilmiy izlanishlar yoki ilmiy izlanishlar samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq etishga ham moijallangan holda qurilib tashkil etiladi. Ular talabalami va magistrantlarni malakaviy bitiruv (diplom) ishlarini bajarish uchun baza boiishi ham mumkin.


Download 42.99 Kb.
1   2   3




Download 42.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Dorixona va farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati

Download 42.99 Kb.