• Adabiyotlar ro’yxati
  • Dorixona va farmatsevtika tashkilotlarining ish yuritish jarayonlarining ahamiyati




    Download 42.99 Kb.
    bet3/3
    Sana21.02.2023
    Hajmi42.99 Kb.
    #43074
    1   2   3
    Bog'liq
    Кобилов Д 1 самостоятельная работа

    Dorixona va farmatsevtika tashkilotlarining ish yuritish jarayonlarining ahamiyati.

    Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar dorixonalarning asosiy vazifalari aholini, davolash-profilaktika muassasalarini va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog'chalari hamda ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy sanitariya qismlarini dori vositalari, sanitariya-gigiyena buyumlari, dezinfeksiya vositalari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishdan iborat. Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashxis qo'yish va davolash uchun tibbiyotda qo'llaniladigan buyumlar, ularga bogiash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalari quyishga moljallangan sistemalar, bemorlami parvarishlashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallar kiradi. Dorixonalar bajargan ishlari, mulkchilik shakllarini e’tiborga olingan holda ular ishlab chiqarish, ta’minlash, savdo va xo'jalik faoliyatlari bilan shug'ullanadi. Ulaming ishlab chiqarish faoliyati shundan iboratki, ular dorixonada shifokorlar tomonidan yozilgan retsept asosida va DPM laming talabnomalari va boshqa tashkilotlami buyurtmalari asosida dori vositalari tayyorlab beradilar yoki tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar, aholiga tayyorlab berilayotgan ekstemporal dori vositalari hamda tayyor dori vositalarining sifatini nazorat qiladilar va tegishli tartibda ulami rasmiylashtirgan holda tashqi tom ondan bezalishiga e’tibor beradilar. Shuningdek, dorixonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mos ravishda quyidagi funksiyalami bajaradilar:



    • tibbiyot xodimlarining o'rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g‘risida m a’lumot berish, bi'rorta dori vositasi bo‘lmay qolganda uning o‘mini bosuvchi boshqa dori vositasini taklif qilish, bu dorilarning ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to‘g‘risida obyektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini o‘tkazadilar;

    • ayrim hollarda o‘zlarida vaqtincha yo‘q dori vositalarini, boshqa dorixonalarda mavjud ekanligi aytilib, uning manzili bemoiga tushuntirib beriladi;

    • dorivor o‘simliklaming xomashyosini terish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlaiga ularga biriktirilgan dorixona shahobchalarini ham jalb etadilar;

    • dorixonalarda sanitariya-gigiyena talablari asosida tegishli boshqaruv ishlarini amalga oshiradilar;

    • zarur bo‘lib qolgan taqdirda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishlari zarur.

    Shuningdek, dorixonalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, zarur bo‘lib qolganda aholiga dori vositalari bilan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida o‘zining dorixona shahobchalarini ochishi mumkin. Dorixonalar iqtisodiy ko‘rsatkichlari mulkchilik shakli, ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga qarab yuqorida qayd etilganidek, aksionerlik, jamoa hamda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy dorixonalar va shifoxona dorixonalariga bo‘linadi. Bu dorixonalarning faoliyat turlari esa dorixona ochish tartib qoidalari to‘g‘risidagi Sogliqni saqlash vazirligining buyrugi asosidagi litsenziya berish hay’ati tomonidan Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi.

    Adabiyotlar ro’yxati :

    • E.R. Toshmuhamedov, X.S Zaynutdinov, R.Z. Ziyayev, M.Ya. Ibragimova, S.SH. Zulfitdinova, A.M. To'xtayeva, SH.Z. Umarova "FARMASEVTIKA IQTISODIYOTI"

    • Э.Р.Тошмухаммедов, Х.С.Зайнутдинов, Р.З.Зияев, М.Я.ибрагимова, С.Ш.Зульфитдинова, А.М.Тўхтаева, Ш.З.Умарова “ФАРМАЦЕВТИКА ИҚТИСОДИЁТИ” Лоскут 2004г.

    • Организация и экономика фармации. под. Ред. Косовой. Москва,2004г.

    Download 42.99 Kb.
    1   2   3




    Download 42.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorixona va farmatsevtika tashkilotlarining ish yuritish jarayonlarining ahamiyati

    Download 42.99 Kb.