• Evakuatsiya yo’llarining tutunlanishiga qaratilgan tadbirlar.
  • Mavzu: Elektr qurilmalarining yong’in xavfsizligi. Ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari va ularning vazifalari. Reja




    Download 41.43 Kb.
    bet1/10
    Sana15.04.2024
    Hajmi41.43 Kb.
    #196521
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Elektr qurilmalarining
    4 148IChMT Baxodirxonova.M Maishiy elektr hisoblagichlarni qiyoslash

    Mavzu: Elektr qurilmalarining yong’in xavfsizligi. Ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari va ularning vazifalari.
    Reja:

    1. Elektr qurilmalaridan yong’inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablari.

    2. Yong’inga qarshi yo’riqnoma va yong’in-texnik minimumi.

    3. Evakuatsiya yo’llarining tutunlanishiga qaratilgan tadbirlar.


    1.Elektr qurilmalaridan yong’inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablari
    Elektr qurilmalaridan yong’inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablar bo’lib asosan quyidagilar hisoblanadi:

    • Elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida uchqun chiqishi (bunga asosan, elektr simlari va kabellarining izolyatsiya qismining eskirishi, mexanik jarohatlanishi, atrof muhitning ta’siri va h.z. sababdir);

    • Elektr qurilmalarini ortiqcha yuklanishi oqibatida ustki qismlarining qizishi (bunga asosan, sim tolalari kesim yuzalarini iste’molchi quvvatiga qarab to’g’ri tanlanmaganligi, bir tarmoqqa mo’ljallangandan ziyod iste’molchilarni ulash va h.z. sababdir);

    • Elektr qurilmalarining ulash (kontakt) joylarida qarshilikning ortishi oqibatida uchqun chiqishi va qizishi (ulash, kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi, izolyatsiya qilinmaganligi, kontakt joyi materiallarining to’g’ri tanlanmaganligi va h.z.

    Bundan tashqari nosoz yoki qo’lbola elektr qurilmalaridan foydalanish (isitish, qaynatish) elektr moslamalarini nazoratsiz qoldirish, vaqtinchalik tortilgan elektr simlaridan foydalanish, insonlarni bilar-bilmas elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatishi (ta’mirlash, o’rnatish va ishlatish), himoya apparatlari o’rnida (saqlagichlarda) har xil yasama yoki vaqtinchalik simchalarni "juchok" qo’llash, profilaktika va sinov ishlarini vaqtida o’tkazmaslik oqibatida ko’plab yong’inlar elektr moslamalaridan kelib chiqmoqda.
    Ushbu holatlarning, ya’ni elektr qurilmalaridan yong’in chiqishini va undan kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldini olish uchun bir qancha profilaktik ishlarni olib borish zarur, jumladan:
    Elektr qurilmalarida avariya, ya’ni qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish holatlariga yo’l qo’ymaslik kerak.
    Buning uchun:

    • elektr qurilmalarini me’yoriy hujjatlarga asosan mavjud xonalarga va hududlarga mos qilib to’g’ri tanlash va ularni o’rnatish;

    • elektr qurilmalarini ularning pasportidagi yoki ustki qismida yozilgan zavod ko’rsatkichlariga qarab ishlatish;

    • bir tarmoqqa mo’ljallangandan ko’p katta quvvatli iste’molchilarni ulamaslik;

    • nosoz yoki qo’lbola elektr qurilmalaridan, elektr isitkichlardan, vaqtinchalik elektr simlaridan foydalanmaslik;

    • bilar-bilmas elektr qurilmalarini ta’mirlab ishlatish,

    • elektr qurilmalarini uzoq muddatga nazoratsiz qoldirmaslik;

    • elektr qurilmalarini doimiy ko’rikdan va sinovdan o’tkazish;

    • doimiy profilaktika ishlarini olib borish;

    Barcha muhandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilar yong’in-texnik bilimlarini chuqurlashtirish hamda mavjud yong’indan himoyalash vositalaridan foydalanish, yong’in ro’y berganda xavfsiz va to’g’ri harakat qilishni bilish hamda jabrlanganlarga birinchi yordamni ko’rsatish malakalarini egallash maqsadida yong’in xavfsizligi bo’yicha tayyorgarlikdan o’tishlari kerak.
    Muhandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarni yong’in xavfsizligi bo’yicha tayyorlash (har bir korxona tomonidan, mazkur korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan) o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • texnik o’qitish (yong’in-texnik minimumni o’rganish bilan);

    • kirish, birlamchi (ish joyida), takroriy, rejadan tashqari, joriy yo’riqnomalar;

    • ishchi-xizmatchilarni maxsus tayyorlash;

    • yong’inga qarshi mashg’ulotlarni o’tkazish;

    • o’quv markazlarida, shuningdek texnik o’quvlarda, seminarlarda va yong’inga qarshi himoya bo’yicha maqsadli kengashlarda (konferensiyalarda) bilimlarini (malakalarini) oshirish;

    • yong’in xavfsizligi qoidalarini o’rganish va bilimlarni tekshirish.

    Yong’in-texnik minimumi bo’yicha tayyorgarliklar tugaganidan keyin
    xodimlar-tegishli hujjatlar (bayonnoma, qaydnoma) bilan rasmiylashtiriladigan sinovlarni topshiradilar.
    Ishga yangi qabul qilinayotgan barcha MTX, ishchi va xizmatchilar korxonada o’rnatilgan yong’inga qarshi tartibga rioya etish bo’yicha yo’riqnoma olgan bo’lishlari zarur.
    Ishga yangi qabul qilinayotganlarga yo’riqnoma ishga rasmiylashtirish bilan bir vaqtda o’tkaziladi.
    Yong’inga qarshi yo’riqnomalar, mashg’ulotlarni o’tkazish tartibi, muddatlari va joylari korxona rahbarining buyrug’i bilan belgilanadi.
    Korxona rahbari buyrug’i bilan quyidagilar belgilanishi kerak:

    • yong’inga qarshi yo’riqnomalar va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tish hamda olingan bilimlarni tekshirish tartibi va muddatlari;

    • yangidan ishga qabul qilinganlar bilan yong’inga qarshi yo’riqnomalarni o’tish tartibi;

    • ishchi va xizmatchilari yong’in-texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qishdan o’tishi kerak bo’lgan kasblar va sexlarning ro’yxati;

    • yong’inga qarshi yo’riqnomalar va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish hamda olingan bilimlarni tekshirish yuklatilgan mansabdor shaxslarning ro’yxati;

    • yong’inga qarshi yo’riqnomalarni va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish joyi;

    • yong’inga qarshi yo’riqnomalar va yong’in-texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qitish hamda olingan bilimlarni tekshirishlardan o’tgan shaxslarni hisobga olish tartibi;

    • muhandis-texnik xodimlarni attestatsiyadan o’tkazishda ularga yong’in xavfsizligi bo’yicha beriladigan savollar ro’yxati.

    Yong’inga qarshi yo’riqnoma quyidagicha o’tkaziladi:

    • birlamchi - yong’in xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya etish bo’yicha korxonaning qo’riqlash xizmati xonasida;

    • takroriy - sex, ombor, ustaxona va shu kabilarda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo’yicha ish joyida.

    Yo’riqnoma o’tkazilishi yuklatilgan shaxslar - korxonaning yong’inga qarshi himoyasini yaxshi bilishlari, yong’in o’chirish vositalarini mukammal darajada qo’llay olishlari, amaldagi yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma va qoidalarni bilishlari lozim.
    Ishga yangi qabul qilinayotganlar uchun yong’inga qarshi yo’riqnoma qisqa va aniq bo’lishi lozim, bunda yo’riqnomadan o’tayotganlar quyidagilar bilan tanishtirilishi kerak:

    • korxonada amalda bo’lgan yong’inga qarshi qoidalar va yo’riqnomalar bilan;

    • korxonada yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan portlash va yong’inlar sabablari va ularni oldini olish choralari bilan;

    • chekish, ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadigan yong’in xavfi bo’yicha eng xavfli bo’lgan ishlab chiqarish uchastka va joylari hamda boshqa zarur bo’lgan ehtiyot choralari bilan;

    • yong’in yuz bergan holatdagi amaliy harakatlar bilan: birlamchi yong’in o’chirish vositalarini va alanga o’chiruvchi qurilmalarini qo’llash, yong’in o’chirish komandasi va drujinasini chaqirish, texnologik jihozni to’xtatish, shamollatish tizimi va elektr qurilmalarini o’chirish, ishlayotganlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish tartibi.

    Yo’riqnoma o’tkazilishi barcha holatlarda yong’in o’chirish vositalari va yong’indagi aloqa tizimlarini ko’rsatish bilan kechishi kerak.
    Shu maqsadda yo’riqnoma o’tkazilayotgan xonada yo’riqnoma uchun zarur bo’lgan ko’rgazmali qo’llanmalar jamlamasidan iborat burchak tashkillashtirilishi kerak.
    Sexlarning yong’in xavfsizligi uchun mas’ul shaxslar ishga yangi qabul qilingan ishchini ishga qo’yishdan avval, uning birlamchi yo’riqnomadan o’tganligiga amin bo’lishlari, faqat shundan so’nggina unga ish joyidagi (u ishlaydigan sex yoki ishlab chiqarish qurilmasining portlash-yonish va yong’in xavfsizligi shartlari bo’yicha) yo’riqnomani o’tkazishni tashkil etishlari kerak. Sexda o’tkaziladigan yong’inga qarshi yo’riqnoma ishchi yoki xizmatchini bir sexdan boshqasiga o’tganda ham yoki bir texnologik operatsiyadan boshqasiga o’tganda ham majburiydir.
    Sexda o’tkaziladigan yong’inga qarshi yo’riqnoma ish joyida o’tkazilishida korxona rahbarining qaroriga asosan mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma bilan birlashtirilishi mumkin.
    Yo’riqnoma yakunida yo’riqnomada olingan bilim va ko’nikmalarni tekshirish o’tkaziladi.
    Yong’in-texnik minimumining maqsadi sexlarning ishchi va xizmatchilarining umumiy texnik bilimlarini oshirish, ular tomonidan ishlab chiqarishning o’ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqadigan maxsus yong’in xavfsizligi talablarining o’zlashtirilishi, shuningdek mavjud yong’in o’chirish vositalaridan foydalanishning usul va uslublarini batafsil o’rganish hisoblanadi.
    Ishga kirish vaqtida yong’inga qarshi yo’riqnomadan o’tgan shaxslar, yong’in-texnik minimumidan ozod etilmaydilar.
    Odatda yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar bevosita sexlarda o’tkazilishi kerak.
    Yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar dasturi yuqor turuvchi tashkilot tomonidan “Korxonalar, qurilishlar, korxonaning boshqa ob’yektlari ishchilari va xizmatchilari bilan yong’inga qarshi yo’riqnomalarni va yong’in- texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish dasturi” asosida ishlab chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi IIV YoXBB bilan kelishiladi.
    Dasturda ko’zda tutilgan mavzular o’rganib chiqilganidan so’ng ITX, ishchi va xizmatchilar sinov topshiradilar.
    Sinovdan o’ta olmagan shaxslarga ishga ruxsat etilishi mumkin emas.
    Yong’in-texnik minimumi bo’yicha sinovlar qabul qiluvchi komissiya tarkibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Sinovlar qabul qilish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

    Download 41.43 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 41.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektr qurilmalarining yong’in xavfsizligi. Ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari va ularning vazifalari. Reja

    Download 41.43 Kb.