• I-Ish xajmi
  • III. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • Uzgich-taqsimlagich .
  • AKKUMULYATOR BATAREYASI
  • E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Mavzu: Elektrdan o’t oldirish tizimini diagnostika qilish i-ish xajmi




    Download 7.2 Kb.
    Sana23.04.2024
    Hajmi7.2 Kb.
    #205135
    Bog'liq
    Mavzu Elektrdan o’t oldirish tizimini diagnostika qilish i-ish -fayllar.org


    Mavzu: Elektrdan o’t oldirish tizimini diagnostika qilish i-ish xajmi

    Andijon Mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti Avtomobilsozlik va Traktorsozlik yo`nalishi K-01-20-guruh talabasi Shohobiddinov Ulug’bekning fanidan labaratoriya ishi .

    Mavzu: Elektrdan o’t oldirish tizimini diagnostika qilish

    I-Ish xajmi: Laboratoriya ishi 2 soat auditoriya vaqtiga va 2 soat mustaqil ishga mo‘ljallangan.


    • II. Ishni bajarishdan maqsad:

    • O‘t oldirish tizimini ishlashi va tuzilishini o‘rganish.

    • O‘t oldirish tizimini vazifasi, tuzilishi va ishlashini o‘rganish.

    • O‘t oldirish tizimini sinash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.

    III. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar


    • O‘t oldirish tizimi, benzinli dvigatelning silindrlarida ishci aralashmani silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda, o‘z vaqtida va ishonchli o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o‘t oldirish, har bir silindrning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish svechasi elektrodlari orasidagi elektr razryad natijasida hosil bo‘ladigan uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O‘t oldirish svechalarining elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lishi ularga uzatilgan yuqori kuchlanish (12000 V) ta’sirida sodir bo‘ladi. Ishchi aralashmani ishonchli o‘t oldirish uchun o‘t oldirish svecha elektrodlari orasidagi uchqunli razryad yetarli energiyaga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida uchqunli razryad energiyasi 20-100 mDj ni tashkil qiladi va u dvigatelni hamma ish rejimlarda me’yorida ishlashini ta’minlaydi.

    Benzin dvigatelli avtomobillarda, akkumulatorlar batareyasi yoki generatorning past kuchlanishini elektr razryad hosil bo‘lishi uchun yetarli bo‘lgan qiymatga ko‘tarish va uni kerakli daqiqada taalluqli silindrning o‘t oldirish svechasiga uzatish imkoniyatini beruvchi turli xil o‘t oldirish tizimlari ishlatiladi. Bu tizimlar uchqunli razryad uchun zarur energiyani bevosita akkumulator yoki generatordan emas, balki oraliq energiya to‘plagichdan oladi. To‘plagich turiga qarab o‘t oldirish tizimlari ikkiga bo‘linadi:


    • Benzin dvigatelli avtomobillarda, akkumulatorlar batareyasi yoki generatorning past kuchlanishini elektr razryad hosil bo‘lishi uchun yetarli bo‘lgan qiymatga ko‘tarish va uni kerakli daqiqada taalluqli silindrning o‘t oldirish svechasiga uzatish imkoniyatini beruvchi turli xil o‘t oldirish tizimlari ishlatiladi. Bu tizimlar uchqunli razryad uchun zarur energiyani bevosita akkumulator yoki generatordan emas, balki oraliq energiya to‘plagichdan oladi. To‘plagich turiga qarab o‘t oldirish tizimlari ikkiga bo‘linadi:

    • - energiyani magnit maydonda (induktivlikda) to‘plash;

    • - energiyani elektr maydonda (sig‘imda) to‘plash.

    • Avtomobil dvigatellarida, aksariyat holda, energiyaning induktiv g‘altakning magnit maydonida to‘plash asosida ishlaydigan o‘t oldirish tizimlari tatbiq topgan bo‘lib, ularning quyidagi turlari mavjud:

    • - kontaktli;

    • - kontakt-tranzistorli;

    • - kontaktsiz-tranzistorli;

    • - mikroprotsesorli.

    Kontaktli tizim ko‘pincha batareyali yoki “klassik” o‘t oldirish tizimi deb ham yuritiladi. O‘t oldirish tizimi asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan:


    • 1. Tok manbai - akkumulatorlar batareyasi va generator. Dvigatelni ishga tushirish jarayonida va generator ishlab chiqayotgan kuchlanish nominal qiymatdan (12V) kam bo‘lganda, o‘t oldirish tizimining tok manbai vazifasini akkumulatorlar batareyasi, qolgan hollarda generator bajaradi.

    • 2. O‘t oldirish g‘altagi. U tok manbaining past kuchlanishini (12-14V), o‘t oldirish svechalarining elektrodlari orasida uchqunli razryad hosil qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslariga (12000-24000V) aylantirib beradi.

    O‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi 1 – akkumulatorlarlar batareyasi; 2 - o‘t oldirish kaliti; 3 - o‘t oldirish g‘altagi; 4 – uzgich-taqsimlagich; 5 - kondensator; 6 - o‘t oldirish svechalari

    Uzgich-taqsimlagich.


    • Uzgich-taqsimlagich bir o‘qqa o‘tkazilgan ikki mexanizm – uzgich va taqsimlagichdan iborat. Uzgich, zarur daqiqada past kuchlanish zanjirini uzish uchun xizmat qilsa, taqsimlagich - o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslarini ishlash tartibiga mos ravishda o‘t oldirish svechalariga yetkazish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, uzgich - taqsimlagichga o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini, dvigatelning ishlash sharoitiga mos ravishda o‘zgartiruvchi asboblar - markazdan qochma va vakuum rostlagichlar, hamda oktan-korrektor o‘rnashtirilgan.

    • O‘t oldirish svechalari. O‘t oldirish svechalari dvigatel silindrlarining yonish kamerasida uchqunli razryad hosil qilish uchun xizmat qiladi.

    AKKUMULYATOR BATAREYASI

    O`T OLDIRISH G`ALTAGI

    Ўт олдириш ғалтаги.


    30,3706 BELGILI UZGICH TAQSIMLAGICH . ISSIQ(a) VA SOVUQ(b) O`T OLDIRISH SHAMLARI .

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    • Maxmudov G.N. Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari. –T.: Istiqlol, 2000. -206 b.

    • Gureevich A.M., Sorokin E.M. «Traktor va avtomobillar» T.: «O‘qituvchi», 1980. -470 b.

    • Mamatov X. «Avtomobillar». I–qism. T.: «O‘zbekiston», 1995. -336 b.

    • Dvigateli vnutrennego sgoraniya. Ustroystvo i rabota porshnevыx i kombinirovannыx dvigateley. Pod obщey redaksiey A.S. Orlina. – M.: Mashinostroenie. 1980. 288 s.

    E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT



    http://fayllar.org
    Download 7.2 Kb.




    Download 7.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektrdan o’t oldirish tizimini diagnostika qilish i-ish xajmi

    Download 7.2 Kb.