|
Rossiya Milliy Elektron kutubxonasi
|
bet | 9/15 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 62,48 Kb. | | #111209 |
Bog'liq Mavzu Elektron o’quv metodik va dasturiy ta’minot. Reja-fayllar.orgRossiya Milliy Elektron kutubxonasi. http://www.nnc.ru - Dunyodagi eng yirik ommaviy axborot vositalarining rus tilidagi elektron to`plamidir. Unda matbuotdagi nashrlar, turli xil ma'lumotlar keltirilgan. Ma'lumotlar 2.500 dan ko`p Moskva, Rossiya mintaqalari, MDX va Boltiq bo’yi davlatlari axborot manbalaridan olinadi va doimo yangilanib turiladi. Kutubxonaga kuniga 6.500 dan ortiq xujjatlar kelib tushadi va ular to`la xajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4.000.000 dan ortiq xujjatlar yigilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma'lumotlarni so`z va iboralar bo`yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxona bilan istalgan vaqtda shug’ullanish mumkin. Kutubxona manbalaridan tijoriy usulda foydalanish mumkin. Kutubxona Rossiyadagi eng yirik ommaviy, siyosiy va yangiliklar serveri hisoblanadi.
Moliyaviy axborotlar Agentligi Virtual Kutubxonasi 2000 yilda Yivroosiyo fondining moliyaviy ko`magi yordamida tashkil etildi. Virtual Kutubxona biznes-jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini axborot bilan ta'minlash uchun yaratilgan. Kutubxona axborot olish, yig`ish va uzatish uchun zamonaviy kompyuter va axborot vositalari bilan ta'minlangan. Virtual kutubxona kitobxonlariga respublikamizda va xorijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar, xamda iktisodiy jarayonlar haqida ma'lumotlar olish uchun maxsus to`plamlar yaratilgan.
Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin?
Demak, yuqorida aytib o’tganimizdek elektron kutubxona resurslari kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘lib, kompyuterda raqamli formatda, maxsus kompyuterlar — Serverlarda joylashadi. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun kompyuter, modem va internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Biz esa shu kutubxona joylashgan internet manzilini bilsak kifoya. Elektron kutubxonada mas’ul mutaxassislar ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona hajmi kengayib boradi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter javonlaridan o‘zingiz qidirasiz.
|
| |