Karbon kislotalar еfirlarini sintez qilish texnologiyasi.Olingan mahsulotlar




Download 371,2 Kb.
bet3/12
Sana14.05.2024
Hajmi371,2 Kb.
#231203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Eterifikatsiya va gidroliz jarayonlari

Karbon kislotalar еfirlarini sintez qilish texnologiyasi.Olingan mahsulotlar.
Karbon kislotalar murakkab efirlari muhim amaliy ahamiyatga ega.ular erituvchi, gidravlik suyuqlik, moylovchi moylar, plastifikator va monomerlar sifatida qo'llaniladi.
Sirka kislota va past spirtlar asosida olingan murakkab efirlar ancha arzon bo'lganligi sababli erituvchi sifatida qo'llaniladi. Ushbu barcha efirlar rangsiz bo'lib, ular suvda yomon eriydi. Ular yonish va portlash xususiyatiga ega.
Etilatsetat CH3COOC2H5(Tqayn= 77,l°C). Uni etanolni sirka kislota bilan eterifikatsiyalab olinadi:
CH3COOH + C2H5OH → CH3COOC2H5+ H2O
Sanoatda Tishenko reaksiyasi asosida, ya'ni alyuminiy alkogolyat ishtirokida atsetaldegiddan etilatsetat olinadi:
2CH3CHO CH3COOC2Hs
Bir atomli spirtlar-etanol gomologlari bilan sirka kislota asosida olingan murakkab efirlar orasida eng muhimi quyidagilar hisoblanadi: CH3COOCH(CH3)2 izopropilatsetat (Tqayn=88,40C) CH3COOCH2CH (CH3)2 izobutilatsetat (Tqayn=116,5°C) CH3COOCH2CH2CH2CH3 n-butilatsetat (Tqayn =126,5°C) CH3COOCH (CH3)C2H5 ikki lamchi-buti latsetat (Tqayn.=112,4uC) CH3COOC5H11 - pentilatsetat
Izopropil va ikkilamchi butilatsetat olish uchun propil yoki n-butenni sirka kislota bilan eterifikatsiyalanadi:
(CH3)2 C = CH2+ CH3COOH → CH3COOCH(CH3)2
Ko'p atomli spirtlar-etilenglikol va glitserin bilan sirka kislota asosida ham murakkab efirlar olish mumkin, ularni erituvchi sifatida qo'llaniladi:

Ftal angidridi va C4-C8 spirtlar asosida olingan murakkab efirlar plastifikator sifatida muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, izooktanol va 2-etilgeksanoldan sintez qilinganlari:

Ko'pincha murakkab efirli plastifikatorlar tarkibi jihatidan murakkab efirli surkov moylariga o'xshaydi.Bunday plastifikatorlarga misol qilib, ikki asosli alifatik kislotalarni (adipin, metiladipin, sebatsin kislotalar) yuqori bir atomli spirtlar (n-oktanol, izooktanol, 2-etilgeksanol, izononal, izodekanol, butilsellozol) bilan efirlarni olish mumkin. Ular kislotali katalizatorlar ishtirokida spirtlarni kislotalar bilan eterifikatsiyalash orqali olinadi:


Download 371,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 371,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karbon kislotalar еfirlarini sintez qilish texnologiyasi.Olingan mahsulotlar

Download 371,2 Kb.