• 27-rasm. Sulfokationitlar ishtirokida sodir boladigan eterifikatsiya jarayonining texnologik sxemasi
  • Xlorangidridlardan efirlar olish.
  • Xlorkabonatlar va karbonatlar sintezi.
  • Geterogen kataliz bilan eterifikatsiyalash




    Download 371,2 Kb.
    bet5/12
    Sana14.05.2024
    Hajmi371,2 Kb.
    #231203
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Eterifikatsiya va gidroliz jarayonlari

    Geterogen kataliz bilan eterifikatsiyalash.Proton kislotalar ishtirokida eterifikatsiyalash jarayonida albatta, mahsulotni neytrallash bosqichini amalga oshirish lozim.Bunda ko'pincha efir kub kolonnada qoladi.Kislota neytrallangandan so'ng efirni yuvish jarayoni sodir bo'ladi. Bu jarayonlar ko'p miqdordagi reagentlarni sarflashga, oqova suvlarni hosil bo'lishiga olib keladi Shuning uchun oxirgi yillarda eterifikatsiya jarayonini geterogen kataliz usuli bilan amalga oshirilmoqda, katalizator sifatida sulfokationitlardan foydalanilmoqda, reaksiya 150-160° C temperaturada olib boriladi.
    S
    ulfokationitlar ishtirokidagi eterifikatsiya jarayoni katalizator qatlamli kolonna turidagi reaktorlarda olib boriladi. Reaksiya suyuq fazada ortiqcha miqdorda olingan spirt muhitida sodir bo'ladi.
    27-rasm. Sulfokationitlar ishtirokida sodir bo'ladigan eterifikatsiya jarayonining texnologik sxemasi:1-reaktor; 2- ekstraksiya kolonnasi; 3-spirtni rekuperatsiyalash kolonnasi; 4-kondensator; 5-qaynatgich.
    27-rasmda nasadkali adiabatik reaktor, ekstraksiya kolonnasi, bug'latish kolonnasidan iborat eterifikatsiya qurilmasi ifodalangan.Ushbu qurilmada olingan efir ekstraksiya kolonnasining yuqori qismidan rektifikatsiya jarayoniga yuboriladi.Sulfokationitlar ishtirokida olefinlardan ham murakkab efirlar olish mumkin. Masalan, 110-120 °C temperatura va 1,5-2,0 MPa bosim ostida n-buten va sirka kislotadan ikkilamchi butilakrilat olish mumkin.
    Xlorangidridlardan efirlar olish.Xlorangidridlardan karbon kisloata efirlari olish juda kam qo'llaniladi, chunki ular juda qimmat moddalar hisoblanadi. Bundan farqli ravishda ko'mir kislota efirlari (karbonatlar) va fosfat kislota efirlari asosan xlorangidridlar asosida sintez qilinadi, chunki tegishli kislota eterifikatsiya reaksiyasiga kirishmaydi.
    Xlorkabonatlar va karbonatlar sintezi.Ushbu efirlari fosgendan COCl2 olinadi, u ko'mir kislota xlorangidridi hisoblanadi (oddiy sharoitda u gaz, +8 °C suyuqlikka aylanadi).Katalizator ishtirok etmaganda, xlor atomini alkoksi-guruhiga almashinishi bilan reaksiya sodir bo'ladi.Unda ikkala xlor atomi ham almashinish xususiyatiga ega, lekin ularning birinchisi tez, ikkinchisi esa undan sekinroq almashinadi. Bu esa ancha temperatura va reagentlarni 1:1 nisbatida xlor ko'mir kislota efirini yuqori chiqim bilan olish imkonini berdi, ularni boshqa klassifikatsiya bo'yicha xlorformiatlar deyiladi, ya'ni xlorchumoli kislota efirlari:

    Download 371,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 371,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geterogen kataliz bilan eterifikatsiyalash

    Download 371,2 Kb.