|
Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish
|
bet | 12/12 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 371,2 Kb. | | #231203 |
Bog'liq Eterifikatsiya va gidroliz jarayonlariHam kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish.Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bulgan tuzlar ham kation,ham anionlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi OH- ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan kislota va asos hosil qiladi. Hosil bo`ladigan kislota va asosning kuchiga qarab, eritmaning muhiti yo kuchsiz kislotali yoki kuchsiz ishqoriy bo`ladi, masalan:
NH4CN + H2O NH4OH +HCN
NH+4+ CN- + HOH NH4+ +OH- +HCN
bunda KNHOH = 1,79 10 –5, KHCN = 7,9 10-10bo`lgani uchun eritma kuchsiz ishqoriy muhitni namoyon qiladi.
Juda kuchsiz kislota va juda kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi bir tomonlama bo`lib, oddiy sharoitdayoq oxirigacha boradi. Shuning uchun bunday gidrolizlanishga to`la gidrolizlanish deyiladi:
Cr2 S3+6H2O= Cr (OH)3 + 3H2S
Agar kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasikuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasiga qo`shilsa, ikkala tuzning gidrolizi ham oxirigacha boradi. Bu hodisaga birgalikda yoki hamkorlikda boradigan gidroliz deyiladi, masalan:
2FeCI3 + 3(NH)2S +6H2O =2Fe(OH)3 + 6NH4CI +3H2S
2Fe 3++ 3S2-+6 H2O = 2Fe(OH)3 + 3H2S
Tuzlarning gidrolizlanishi miqdoriy jihatdan gidrolizlanish konstantasivagidrolizlanish darajasi bilan xarakterlanadi.
Na2CO3 +H2O NaHCO3 + NaOH
CO32- +H2O HCO-3 +OH-
Gidrolizlanish qaytar jarayon bo`lgani uchun unga massalar ta’siri qonunini tatbiq etish mumkin:
Muvozanat konstantasi K bunday hollarda gidrolizlanish konstantasi deyiladi va Kgidr- bilan ishoralanadi. (Gidroliz konstantasi ifodasiga suvning konsentrasiyasi yozilmaydi, chunki suvning miqdori o`zgarmas deb qabul qilinadi.)Gidrolizlanish konstantasining qiymati ortishi bilan gidrolizlanish ham ortadi.
Bir negizli kislota va bir negizli asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantalari bilan suvning ion ko`paytmasi (10 –14mol/l) hamda kislota va asosning dissosilanish konstantalari orasida quyidagicha bog`lanish bor:
(1)
Bunda(1) Kgidr -kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasi:
(2)
Bunda(2) Kgidr-kuchsiz asosva kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasi:
(3)
Bunda Kgidr-kuchsiz kislotava kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasidir.
Gidrolizlangan molekulalar sonining eritilganumumiytuz molekulalari soniga nisbati gidrolizlanish darajasi deyiladi va h harfi bilan belgilanadi.
Gidrolizlanish darajasi gidroliz natijasida hosil bo`ladigan kislota yoki asosning kuchiga, konsentrasiya va temperaturaga bog`liq bo`ladi. Tuz eritmasining konsentrasiyasi kamayishi bilangidrolizlanish darajasi ortadi, masalan: gidrolizlanishi
Na2CO3 + H2O NaHCO3 +NaOH
(t = 250C)tenglama bilan ifodalanadigan tuzning gidrolizlanish darajasi konsentrasiya kamayishi bilan quyidagicha o`zgaradi:
C(mol/ l) 0,20,1 0,050,01 0,0050,001
h% 1,72,94,5 11,316 34
Temperatura ortishi bilan ham gidrolizlanish darajasi ortadi. Masalan: gidrolizlanishi quyidagicha
CrCI3 + H2OCr(OH)CI2+HCI(C = 0, 01 mol/ l)
ifodalangan tuzning gidrolizlanish darajasi temperatura ortishi bilan quyidagicha ortadi:
t0 (C0 ) 0 25 5075 100
h (% )4,6 9,417 28 40
Gidrolizlanish darajasi bilan kuchsiz elektrolitlarning dissosilanish darajasi orasida o`xshashlik borligi ko`rinib turibdi.
Shuning uchun suyultirish qonunidan foydalanib, h bilan Kgidr- orasidagi bog`lanishni quyidagi tenglamalaryordamida ifodalash mumkin:
1.kuchli asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanish darajasi h=0.01bo’lganlari uchunva boshqaxildagi tuzlarning gidrolizlanish darajalarining formlalari bo’lib, umumiy holda quyidagicha bo’ladi:
|
| |