• Kuchsiz kislota(HCN, H
  • Kuchli asos(LiOH,NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)




    Download 371,2 Kb.
    bet7/12
    Sana14.05.2024
    Hajmi371,2 Kb.
    #231203
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Eterifikatsiya va gidroliz jarayonlari

    1. Kuchli asos(LiOH,NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2)bilan kuchli kislota (HCl, HBr, HJ, HClO4, HNO3, H2SO4) hosil bo’lgan tuz.
    Gidrolizga uchramaydi.
    2.Kuchsiz kislota(HCN, H2S, HNO3, H2SO3, H3PO4, H2CO3, HF, H2SiO3 va organikkislotalar)bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz.
    Natriy asetat CH3COONa bunga misol bo’la oladi. Hamma tipik tuzlar singari, natriy asetat ham suvda eriganda, Na+ va CH3COO- ionlariga batamom dissosialanadi. Nazariy jihatdan qaraganda, bu ionlar suv ionlari bilan birikib, ekvivalent miqdorda o’yuvchi natriy va sirka kislota hosil qilishi mumkin edi; Biroq o’yuvchi natriy kuchli asos bo’lganidan, natriy ionlari suvning gidroksil ionlari bilan mutlaqo birikmaydi.
    Buning aksicha sirka kislota juda kuchsiz kislota bo’lganidan CH3COO-ionlari eritmada suvning vodorod ionlari bilan uchrashgandaular bilan darhol birikadi va CH3COOH molekulalarini hosil qiladi. Eritmada vodorod ionlarining kamayishi suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasidagi muvozanatni buzadi va suvning dissosialanishiga sabab bo’ladi; yangi vodorod ionlari hosil bo’ladi, bular ham, o’z navbatida, asetat- ionlar bilan birikib sirka kislota molekulalariga aynaladi va hokazo, shu bilan bir vaqtda eritmada gidroksil ionlarining soni ortadi.
    Biroq reaksiya shu yo’nalishda uzoq davom etmaydi. Suvning ion ko’paytmasi [H,] . [OH] = 10 -14o’zgarmas kattalik bo’lganidan, gidroksil ionlari to’plangan sari vodorod ionlarining konsentratsiyasikamaya boradi vatez orada shu qadar ozayib ketadiki bu ionlarningCH3COO- ionlari bilan birikishi uchun imkoniyat qolmaydi. Shuvaqtda suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasida ham, sirka kislota CH3COOH molekulalari bilanH+va CH3COO- ionlari o’rtasida ham yangi muvozanat qaror topadi va gidroksil ionlarining to’planish protsessi to’xtaydi.
    Shunday qilib, natriy asetat suv bilan o’zaro ta’sir qilganda quyidagi rekasiya sodir bo’ladi:
    CH3COONa + H2O ↔ CH3COOH + NaOH
    Yoki ionli tenglamasi:
    CH3COO- + Na+ + HOH ↔ CH3COOH + Na++ OH-
    Qisqa ion shaklda:
    CH3COO-+ HOH ↔ CH3COOH+ OH-
    Bu reaksiya muvozanati chapga tomon kuchli darajada siljigan bo’lsa ham, ionli tenglamaning ko’rsatishiga ko’ra reasiyaning provardida eritmada gidroksil ionlari birmuncha ortiq to’planadi va natriy asetat eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega bo’ladi.
    Tasvirlangan ana shu misolda bir negizli kuchsiz kislotatuzi gidrolizlanadi. Ko’p negizli kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizida, odatda, erkin kislotalar emas, balki, nordon tuzlar yoki, aniqroq aytganda, nordon tuzlarning anionlari hosil bo’ladi. Masalan, soda Na2CO3 suvda eriganda, CO32- ionlari ham CH3COO- ionlari singari suvning vodorod ionlari bilan bog’lanadi; biroq bunda kuchsiz karbanat kislota H2CO3 molekulalari emas balki, HCO3- ionlari hosil bo’ladi. HCO3- ionlarining ko’proq hosil bo’lishiga sabab, bu ionlarningH2CO3 molekulalarigaqaragandaancha qiyin dissosialanishidir.
    Gidroliz quyidagi tenglama bo’yicha boradi:
    Na2CO3 + H2O ↔ NaHCO3 + NaOH
    Yoki ionshaklda yozilsa bundaybo’ladi;
    2Na+ + CO32- + HOH ↔­­ Na+ + HCO- + Na+ + OH-
    Qisqa ion shakilda :
    CO32- + HOH ↔­­ HCO-+ OH-
    Bu reaksiya natijasida natriy asetatning gidrolizida bo’lganidek, eritmada ortiqcha gidroksil ionlari paydo bo’ladi, shu sababdan soda eritmasi ham ishqoriy reaksiyaga ega.
    Masalan:
    Na3PO4 + H2O Na2HPO4 + NaOH
    3Na+ + PO43- + H2O 2Na+ HPO42- + Na+ + OH-
    PO43- + H2O HPO42- + OH-
    Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizlanganda nordon tuz va ishqor hosil bo’ladi:
    Na2HPO4 + H2O NaH2PO4 + NaOH
    HPO42- + H2O H2PO4- + OH-
    Eritmada erkin holda ishqor yig’ilib qolgani uchun gidroliz kuchsiz kislota hosil bo’lguncha davom etmaydi.

    Download 371,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 371,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchli asos(LiOH,NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)

    Download 371,2 Kb.