|
Mavzu: Eterifikatsiya va gidroliz reaksiyalari reja
|
bet | 6/12 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 371,2 Kb. | | #231203 |
Bog'liq Eterifikatsiya va gidroliz jarayonlariCOCI2+ROH→CICOOR+HCI
Xlorkarbonatlarni yuqori chiqim bilan hosil boiishiga temperatura va reagentlar nisbatidan tashqari reagentlarni qanday tartibda solish ham ta'sir ko'rsatadi: bunda ortiqcha olingan fosgenga spirt qo'shiladi. Shunday qilib, davriy ravishda olingan sharoitda xlorkarbonatlar sintezini sovutish (=0°C) va aralashtirish bilan, asta-sekin suyuq fosgenga kerakli miqdordagi spirt qo'shish bilan olib borish lozim. Hosil bo'lgan mahsulotni haydash bilan ajratiladi va ajralgan HC1 fosgendan tozalanadi va xlorid kislota holida qayta ishlashga yuboriladi.
Xlorkarbonatlar pestitsidlar-karbamin kislota efirlari (karbamatlar) RNHCOOR ishlab chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Ko'mir kislota diefirlari (karbonatlar)sintezi 70-100 °C fosgen va ortiqcha olingan muhitida ro'y beradi:
COCl2+2ROH → CO(OR)2+2HCl
Natijada oraliq reaksiya sodir bo'ladi, ya'ni spirt va HC1 dan xloralkan hosil bo'ladi. Agar uning o'rni muhim bolsa, unda hosil bo'lgan HC1 ni quruq soda, kalsiy karbonat yoki uchlamchi amin bilan bog'lash mumkin.
Fenol efirlari olishda reaksiyani fenolyatlarni suvli eritmalarida o'tkaziladi: COCl2+2ArONa→CO(OAr)2+2NaCl
Ushbu holda fosgenning oraliq gidrolizini oldini olish uchun jarayonni fenolyatning konsentrlangan eritmasida va erkin fenol ishtirokida olib boriladi (gidroksil ionlari konsentratsiyasini kamaytirish uchun).
Suvningvodorod va gidroksil ionlariga dissosilanishi juda muhim hodisa – tuzlar gidroliziga sabab bo’ladi.
Keng ma’noda olganda gidrolizlanish bu turli moddalar va suv orasida sodir bo’ladigan almashinib parchalanadigan reaksiyadir.Bunday ta’riforganik birikmalarning murakkab - efirlari yog’lar uglevodlar oqsillarning gidrolizlanishiga va noorganik moddalar-tuzlar ,karbidlar,galogenlar,metalmaslarning galogenidlari va boshqalarning gidrolizlanishiga ham taaluqlidir.
Umuman, biror moddaga suv ta’sir ettirilganda,shu moddaning tarkibiy qismlari suvning tarkibiy qismlari bilan birikishiga olib boradigan har qanday reaksiya gidroliz deb ataladi.Agar erituvchi suvdan boshqa modda (spirt,benzol,atseton,ammiak…) bo’lsa,bunday reaksiyalar solvoliz deyiladi.
Gidroliz so’zi yunoncha“gidro”-suv, “lizis”-parchalayman degan ma’noni bildiradi.
Gidroliz reaksiyalarini quydagicha umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
Kat An +H2O↔Kat OH+H An
Tuz+suv↔asos+kislota
Tenglamadanko’rinibturibdiki,tuzsuvdaerigandausuvmolekulalaribilanreaksiyagakirishib,yomondissotsialanuvchimoddahosilqiladi,ya’nigidrolizreaksiyasinatijasidaeritmadagi [OH-] va [H+] ionlarning miqdori keskin o’zgaradi.Aniqrog’I gidroliz natijasida eritmaning pH I o’zgaradi va bu o’zgarish har qanday tuz gidrolizining mexanizmi tushunishda, gidroliz tenglamasii tuzishda gidroliz reksiyalaridan amaliyotda foydalanishda asosiy ko’rsatgich hisoblanadi.
Masalan:Fosfor(III)xlorid PCl3suv bilan o’zaro ta’rir etib, fosfit kislota H3PO3 bilan xlorid kislotani hosil qiladi:
PCl3 + 3H2O = P(OH)3 + 3HCl
Ma’lumki, kislotalarni asoslar bilan neytrallab, tuzlar hosil qilish mumkin. Demak, normal tuzlarning,kislota molekulasidagi hammavodorod atomlarining metallga butunlay almashinishidan hosil bo’lgan tuzlarningeritmalari neytral reaksiyaga ega bo’lishi kerak, deb o’ylash tabiiydir.Biroq bu fikr, kuchli kislota bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar to’g’risidagina o’rinli bo’la oladi. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdanyoki buning aksicha, kuchli kislota bilan kuchsiz asoslardanhosil bo’lgan tuzlar suvda eriganda, neytral reaksiya bera olmaydi. Masalan: temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasi, bizga ma’lumki, vodorod ionlari (gidroksoniy ionlari) borligini ko’rsatuvchi kislotali reasiyani nomoyon qiladi; natriy gipoxlorid NaClO eritmasi gidroksil ionlariga xos bo’lgan ishqoriy reaksiyaga ega; kaliy sianid KCN (kuchsiz sianid kislota HCN tuzi ) eritmasi ham ishqoriy reaksiya beradi va hokazo.
Bu hodisalarga eritilgan tuz ionlari bilan suv ionlarining o’zaro ta’sir qilishi sabab bo’ladi deb tushuntirish mumkin, ularning o’zaro ta’siri natijasida ortiqcha vodorod va gidroksil ionlari hosil bo’ladi. Suvda vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyasi juda kam bo’lsa ham, bu ionlarsuvning dissosilanmagan bir talay molekulalari bilan muvozanatda turadi. Suv ionlaridan birortasining tuz ionlari bilan bog’lanishi muvozanatni buzib, suvning boshqa molekulalarini dissosialanishiga va eritmada suvning boshqa ionixiyla ko’p to’planishiga sabab bo’ladi, buning natijasida, eritma kislotali yoki ishqoriy reaksiyaga ega bo’lib qoladi.
Tuz ionlari bilan suv ionlari orasida bo’ladigan va odatda suvdagi vodorod va gidroksil ionlari konsentratsiyasining o’zgarishi bilan birga boradigan o’zarota’sirtuzlar gidrolizi deb ataladi.
Gidrolizning asosiy sababi, kam dissosialangan moddalar (molekula yoki ionlar) hosil bo’lishidir. Gidroliz tuzni hosil qilgan kislota va asoslarning kuchiga qarab turlicha borishi mumkin.
Gidrolizning eng tipik hollarini ko’rib chiqaylik.
|
| |