|
tuzlar gidrolizining mohiyati
|
bet | 10/12 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 371,2 Kb. | | #231203 |
Bog'liq Eterifikatsiya va gidroliz jarayonlarituzlar gidrolizining mohiyati.
Tuzlar gidrolizining mehanizmi tuz tarkibiga kirgan metal kationi va kislota qoldig’i-anionning tabiatiga, aniqrog’I, qutblanuvchanligiga bog’liq. Agar ion qanchalik kuchli qutblansa (qutblangan bo’lsa) gidroliz shunchalik tez va to’liq boradi. Umuman Katn+va Anm- lar ishtirokida gidroliz boorish jarayoni mehanizmlari quydagicha tasavvur etish mumkin.
Ma’lumki, har qanday kation suvli eritmada donor-akseptor ta’siri tufayli gidratlangan holda yana akva kompleks-[Kat(H2O)x]n+ holida bo’ladi.Bu kompleksdagi kationning zaryadi qanchalik va radiusi qanchalik kichik bo’lsa, uning akseptorlik kuchi shunchalik kata ya’ni Kat∙∙∙OH2 bog’i barqaror bo’ladi.Bunday kompleks tarkibidagi O-H bog’ kuchli qutblanuvchanlik xossasiga egadir.Shu sababli “gidrat qobig’ida”gi (Kat∙H2O∙∙∙H2O) suv molekulalari o’rtasidagi vodorod bog’lanish kuchli bo’ladi.
Bunday o’zaro ta’sirlashuvi natijasida kation bilan bevosita bog’langan suv molekulasidagi O-H bog’i kuchsizlanib [Kat∙HO----- H+∙∙∙H2O], vodorod atomi sekinlik bilan ajraladi va “gidrat qobiq” dagi suv molekulasi bilan birikib H3O+ gidroksoniy ioni hosil qiladi.Kation esa qoldiq OH- bilan kuchliroq kimyoviy bog’ hosil qilib Kat (OH)n –asosga aylanadi.
Ajralib chiqayotgan gidroksoniyionlari eritmadagi [H+] =[OH-] muvozanatni buzib [H+]>[OH-] bo’lishiga, ya’ni eritmada kislotali muhit pH<7 yuzaga kelishiga olib keladi.
Gidrolizlangan molekulalari sonining eritilgan umumiy molekulalar soniga nisbati turli tuzlarda turlicha bo’lib, gidroliz paytida hosil bo’ladigan kislota va asos tabiatiga bog’liqdir. Kislota yoki asos qanchalik kuchsiz bo’lsa, gidroliz darajasi shunchalik katta bo’ladi.
Masalan:Quyidagi tuzlar 0,1 N.eritmada tubandagicha gidrolizlangan bo’ladi:
Natriy asetat CH3COONa………………………….0,08%
Tetra boratkislotaning natriyli tuzi Na2B4O7……..0,5%
Kaliy sianid KCN…………………………………..1,2%
Natriy karbonat Na2CO3……………………………2,9%
Kuchli kislota va kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan ko’pchilik tuzlarda ham gidroliz darajasi ham juda kichikdir. Shu sababli, bunday tuzlarning gidrolizida hosil bo’ladigan gidroksi tuzlar suvda amalda erimaydi, biroq konsentratsiyasi nihoyatda kam bo’ladigan ular odatda eritmada qoladi.
Har qanday qator reaksiya singari, gidroliz ham massalar ta’siri qonuniga bo’ysunadi. Shu sababli, tuz eritmasiga suv quyish yoki gidroliz mahsulotlarining birortasini eritmadan yo’qotish muvozanatning kislota va asos hosil bo’lish tomoniga qarab siljishga sabab bo’ladi. Qizdirish ham xuddi shu tariqa ta’sir qiladi, chunki eritma qizdirilgan vaqtda suvning dissosialanish darajasi, ya’ni
H+va OH- ionlarining konsentratsiyasi juda oshib ketadi. Buning aksicha, eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilsa, muvozanat teskari tomonga siljiydi.Masalan: temir (III)-xloridning gidrolizi odatdagi temperaturada quyidagi tenglama bo’yicha boradi:
FeCl3 + H2O = FeOHCl2 + HCl
Eritma qizdirilganda gidroliz zo’rayadi va bu zo’rayish Fe3+ ionlarining ko’proq qismi suv bilan reaksiyaga kirishuvidan iborat bo’ladi; Ayni vaqtda FeOH2+
ionlari bilan bir qatorda quyidagi tenglama bo’yicha Fe(OH)2+ ionlari yoki hatto Fe(OH)3 molekulalari ham hosil bo’ladi:
FeOHCl2 + H2O = Fe(OH)2Cl + HCl
Fe(OH)2Cl + H2O = Fe(OH)3 + HCl
Kislota qo’shish cho’kmaning erishiga yoki eritmadagi Fe(OH)2 ionlarining kamayishiga sabab bo’ladi.
Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo`lgan tuzlardan boshqa barcha tuzlar suvda eriganda tuz ionlari bilan o`zaro reaksiyaga kirishib, kam dissosilanadigan yoki qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi, natijada eritmaning PH i o`zgaradi.
Erigan tuz ionlari suv ionlarining o`zaro ta’siridan eritmaning PH i o`zgarishiga tuzlarning gidrolizi deyiladi.
Tuz tarkibidgi kation va anionning tabiatiga ko`ra gidroliz asosan uch xil bo`ladi.
1.Kationlararo gidrolizlanish
2.Anionlararo gidrolizlaninsh
3.Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish.
7>
|
| |