E’tiqod va ma’naviyat. E’tiqodga yetaklovchi omillarning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati




Download 0,79 Mb.
bet3/5
Sana20.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#125232
1   2   3   4   5
Bog'liq
YAKUBOV BAHOVUDDIN ZAFARJON O\'G\'LI (2)

2. E’tiqod va ma’naviyat. E’tiqodga yetaklovchi omillarning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati


E’tiqod shaxs dunyoqarashi va ma’naviyati yadrosi sifatida. Kundalik ongda ko’pincha e’tiqod biror dinga ishonish va uning ahkomlarini bajarish, deb tor mazmunda tushuniladi. Aslida e’tiqod ancha keng tushuncha, diniy mazmundan tashqari dunyoviy mazmunda ham qo’llaniladi. Erkin, demokratik e’tiqod, siyosiy e’tiqod, axloqiy e’tiqod, ilmiy e’tiqod va h.k. so’z birikmalari bunga misoldir. E’tiqod muayyan g’oyalar, qarashlar tizimiga qattiq ishonchni va sodiqlikni anglatadi. Sobiq tuzum paytida kommunistik e’tiqod to’grisida gapirilar edi. Bunda kommunistik g’oyalarga, marksizm-leninizmga ishonch va sodiqlik nazarda tutilgan. Diniy e’tiqodni biz ko’proq imon yoki imon-e’tiqod deymiz va bu bilan uni e’tiqodning dunyoviy shakllaridan farqlaymiz. E’tiqod avvalo shaxs (jamoa, guruh, jamiyat) tomonidan muayyan g’oyalarga, baho va me’yorlarga ikkilanmasdan, shubha qilmasdan, qat’iy ishonch asosida hosil bo’lgan eng muhim va birinchi darajali hisoblangan barqaror, sobit tushunchalar, umumqabul qilingan me’yorlar, yuksak qadriyatlar, nazariyalar va qarashlardir, ya’ni ilmdir (bilimdir).
Shunday qilib, e’tiqodning mazmunini birinchi galda ilm tashkil qiladi. Chunki kishi nimaga e’tiqod qilayotganini - nimaga ishonayotganini, nimaga intilayotganini, nimaga o’z xulq-atvorini, ijodini moslashtirish lozimligini bilishi lozim. Bu ilm diniy yoki dunyoviy yoxud ularning ma’lum darajadagi qorishuvi bo’ladimi, undan qati nazar, e’tiqodning keng ma’nodagi hayotiy mazmunini tashkil etadi. Ilmsiz e’tiqod yo’q, bo’lishi mumkin ham emas. Ilmlar bir-biridan harakteri, mazmuni, predmeta, olamni aks ettirishi,tabiat, jamiyat, inson bilan bog’liq hodisalarni tahlil qilish, umumlashtirish usullari, shakllari, yo’nalishi va ahamiyatiga ko’ra ancha farq qiladi. Eng avvalo ilmni biz, tafakkur xususiyatlaridan kelib chiqib, ratsional va irratsional ilmlarga ajratamiz. Ratsional ilm izchil mantiqqa, puxta nazariy tadqiqotlarga va amaliy tajribaga tayanadi. Tabiatshunoslik fanlari mazmuni va beradigan bilimlari, axborotlari hamda insoniyat mehnat faoliyati va hayoti davomida o’zlashtirgan, orttirgan tajribasi orqali hosil bo’lgan amaliy bilimlar ratsional mazmunga ega. Ratsional ilmni nazariy va amaliy-eksperimental usullar yoki hayotay tajriba yordamida takrorlash, isbotlash mumkin. Ratsional ilm samara beradigan ilmdir. Uning yordami¬da ob’ektiv borliq - koinot, tabiat, jamiyat, inson sir-asrorlari, tuzilishi, turli qismlari, unsurlari, xususiyatlari, o’zaro aloqalari, xossalari va h.k. o’rganiladi.
Irratsional ilm aniq dalillardan tashqari noaniq, taxminiy, emotsional, ba’zan g’ayritabiiy, diniy, mistik, ezoterik yoki mantiqiy chayqovchilik ruhidagi vajlarga tayanadi yoki ularni ilmiy dalillar bilan aralashtirib yuboradi. Masalaga o’ta hissiyotga berilib, xolislikni unitib, biryoqlama yondashilganda olingan bilim, diniy va mistik unsurlardan xoli bo’lsa-da, irratsionallik kasb etishi mumkin. Irratsional ilmning to’g’riligini nazariy yoki amaliy tajriba orqali tekshirib, isbotlab bo’lmaydi.
E’tiqodning ilg’orligi yoki qoloqligi, insonparvarligi yoki xudbinligi va boshqa ko’plab xususiyatlari uning mazmunini tashkil etuvchi ilmga bog’liq Ammo har qanday ilm, ayniqsa, kundalik bilimlar e’tiqod bo’lavermaydi. Nafaqat kundalik bilimlarda, hattoki ilm-fanda ko’plab turli axborot darajasidagi hamda asosiy arkoniy tamoyillarni shakllantirishga xizmat qiluvchi «yordamchi» va oddiy elementar tushunchalar borki, ular qanchalik fan va ilmiy tadqiqot, ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyatli bo’lmasin, e’tiqodning bevosita tarkibiy qismiga kirmaydi.
E’tiqod tuzilmasining boshqa unsurlari. E’tiqod ilm bilan cheklanmaydi. U muayyan g’oyalar va qadriyatlarni faol aqliy va hissiy qabul qilish, sevish, ixlos qo’yish, ularga o’z ideallarini, ijtimoiy intilishlari va amaliyotini moslashtirishdir. E’tiqodda ishonch katta rol o’ynaydi. Ishonch e’tiqod mazmunini tashkil etuvchi tushunchalar, me’yorlar, g’oyalar, ta’limotga - ilmga (bilimga) nisbatan kuchli emotsional (hissiy) ijobiy munosabatdir. Ishonch turmush tajribasi negizida hosil bo’lgan kundalik ong darajasiga va ilmiy bilimlarni muayyan (to’g’ri yoki noto’g’ri) tushunishdan hosil bo’lgan nazariy ong darajasiga oid bo’lishi mumkin.
Ratsional ishonch shaxsning faol harakatiga, yaratuvchiligiga asoslanadi. Uning ob’ektini tashkil qilgan g’oya, ta’limot, ideal to’gri yoki xato, real yoki utopik bo’lishi mumkin. Lekin shaxs unga sidqidildan ixlos bilan intiladi, unga erishish yo’llarini izlaydi, ijod qiladi. Natijada, u o’sha maqsadga etolmasa ham (agar u sarob bo’lib chiqsa) ma’lum samaraga erishadi, faoliyati izsiz ketmaydi.
Irratsional ishonch shaxsning ijodiy passivligiga, farmonbardorligiga, mutaassibligiga tayanadi. «Agar irratsional ishonch nimanidir yo ko’pchilik yoxud qandaydir obro’li shaxs haqiqat hisoblagani uchungina haqiqat deb qabul qilsa, ratsional ishonch samara beruvchi o’z kuzatishlariga va mushohadalariga asoslangan e’tiqod mustaqilligini bildiradi», - deb yozadi Erix Fromm.
Ilm kabi ishonch e’tiqodning asosiy bosh unsuridir. Ilm e’titsodning mazmunini, ishonch uning hayotiylik kuchini tashkil qiladi. Agar inson o’z borlig’ini, turmush va mehnat sharoitini, ijtimoiy ahvolini o’zgartira olishiga ishonmasa, u ijodiy izlanishlardan, qiyinchiliklar bilan kurashdan to’xtab, faqat tabiatga va hayotga moslashib yashayveradi. Bunday holda u yarim yovvoyi mavjudod sifatida qolib ketardi, hayvonot dunyosidan uncha uzoqlashmasdi. Ishonch izlanish, ijod qilish, kashf etish - yuksalish uchun insonga kuch-quvvat va rag’bat berdi. Fan negizida ham, din negizida ham, odamlarning o’zaro ijobiy aloqalari, bir-birini qo’llab-quvvatlashi negizida ham ishonch yotadi. Ishonchsiz e’tiqod va ma’naviyat yo’q.
E’tiqod dunyoqarashning, u orqali butun ma’naviyatning o’zagi sifatida voqelikka inson munosabatini, xulq-atvorini, faolligini belgilaydi. Faollik uchun, ayniqsa, ijodkorlik uchun oddiy ishonchga asoslangan ilm ko’p hollarda kamlik qiladi. Ijodkorlik va faollik ishonchning ixlos va ishq bilan boyitilishini taqozo etadi.
____________________
Ma’naviayat. Asosiy tushunchalar izohli lug’ati. –T.: G’ofur G’ulom, 2009.


Odatda, ixlos biror g’oyaga, nazariyaga yoxud san’at asariga, umuman qadriyatga, uning mualliflariga yoki targ’ibotchisiga ko’ngil qo’yishdir (salbiy nar¬saga «ko’ngil qo’yish», hatto ijobiy narsaga mavjud axloqiylik chegarasidan chiqib, me’yoridan ortiq intilish aslo ixlos emas, u hirs va nafs yoki mutaassiblik deyiladi).
E’tiqod tushunchasini tashkil etuvchi omillarning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati. E’tiqod tushunchasi mazmun-mohiyatini to’la ochish uchun faqat uning tuzilmasini aniqlash va tahlil qilish etarli emas. Amalda ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, nafosat, din kabi ijtimoiy ongning barcha shakllariga oid kategoriyalar va tushunchalarni jalb qilish lozim. Masalan, vatanparvarlik tushunchasini olaylik. Haqiqiy vatanparvar bo’lish uchun shaxs o’z ona tiliga, urf-odatlariga, madaniy merosiga, xalqi, mamlakati buguni va kelajagiga ishonch bilan qarashi, ularga ixlos qo’yishi, sevishi lozim.
Millat tarbiyasi vatanparvarlikni mustahkamlashning, milliy g’oyani amalga oshirib, yuksak marralarni egallashning muhim sharti va vositasidir. Millat rahnamolari, ziyolilari, yoshlari mamlakat ahvolini yuksak ideallar bilan taqqoslab idrok etsalargina, uning kelajagini ularga moslab yaratishga harakat qilsalargina, vatanparvarlik samara beradigan e’tiqod darajasiga ko’tariladi. Biz milliy ma’naviyatimizni yuksaltirmoqchi ekanmiz, e’tiqod masalalariga jiddiy e’tibor bermog’imiz, ta’lim-tarbiya jarayonida uning unsurlari va tarkibiy qismlari uyg’un shakllanishiga erishmog’imiz lozim.
Ma’naviyat yuksalishi qanchalik umumtamadduniy taraqqiyot darajasiga bog’liq bo’lsa, tamaddun rivojlanishi ham shu darajada ma’naviyat taraqqiyotiga bog’liqdir. Ma’naviyat sivilizatsiyaga aks ta’sir ko’rsatadi. Bu birinchi galda ilm-fan, texnologiyalarga, boshqaruv demokratlashuvi va inson xuquqlari, erkinliklari o’sishiga taalluqli. Bundan tashqari, ma’na¬viyat insonning muayyan maqsadni belgilashida, unga erishish uchun usul va vositalarni erkin tanlashida, qiyinchiliklarni engib, olg’a intilishida, ya’ni iroda, bilim va e’tiqod kuchida ham namoyon bo’ladi. Ma’naviyat ular orqali o’z davri sivilizatsiyasini rivojlantiradi. Ushbu o’zaro bog’liqlik barcha zamonlar, barcha jamiyatlar uchun xosdir. Sivilizatsiya va ma’naviyat- ning taraqqiyot darajalari bir-birini taqozo etadi. Bu bog’liqlik, aloqadorlik tasodifiy emas, zaruriy, doimiy, takrorlanuvchan, mohiyatli va birinchi darajalidir. Shu sababdan mazkur boglitslik ijtimoiy taratssiyotning ma’naviyat yuksalishiga mansub xususiy, ammo ma’naviyatning umumiy qonunidir.
Huquqiy va siyosiy ong yuksalishi jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari, demokratiya va fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlaydi. Va, aksincha. Huquqiy va siyosiy ong turg’unligi, mutaassibligi, erkin emasligi jamiyat ma’naviyatini kuchsizlantiradi. Tafakkur erkinligi, so’z va e’tiqod erkinligi, inson hukuklari va erkinliklari darajalari jamiyat ma’naviy taraqqiyotining muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. Totalitar jamiyatda biz na tafakkur erkinligiga, na inson huquqlari va erkinliklari etarlicha ta’minlanishiga, na fikrlar va mafkuralar xilma-xilligiga guvoh bo’lamiz. Hamma bir xil fikrlashi, o’ylashi va yashashi, bir goyaga, bir dohiyga sig’inishi zarur. Totalitar jamiyat ma’naviyati o’ta cheklangan, biryoqlama, u sun’iy puflab shishirilgan ma’naviyatdir.
Ontologik jihatdan maqsad va intilish yo’q joyda o’zligini anglash, binobarin, ma’naviyat ham yo’q. Inson kundalik hayotiy maqsadlariga erishib, nisbatan to’q va xavfsiz hayotini ta’minlab, bilimi va yaratuvchiligini rivojlantirish jarayonida yuksak haqiqat haqida o’ylay boshlaydi, uni hayotining oliy maqsadiga - idealiga aylantiradi. Dastlab bu yuksak haqiqatni tabiatdan ustun turuvchi g’ayritabiiy kuchlarda, ruhlarda va h.k. da ko’radi. Ularga etiqod qiladi. E’tiqod o’zlikni anglashning muhim shakllaridan biridir.
Inson ijtimoiy mavjudot o’laroq o’zligini anglashda, birinchi galda, o’zini ma’lum tarixiy, etnik, lisoniy, madaniy, e’tiqodiy, siyosiy birlikning a’zosi sifatida anglaydi. O’zini ular bilan kelib chiqishiga ko’ra umu¬miy bir, to’la o’xshash, mos-ident, deb hisoblaydi. Rivojlanmagan jamiyatlarda bu borada katta va murakkab muammolar deyarli uchramaydi. Urug’-jamoada, qabilada qon-qardoshlik asosidagi etnik, lisoniy, madaniy- e’tiqodiy birlik o’zaro mos keladi. Ular o’z identligini (ayniyatini) avvalo quyidagi omillar - etnik (genetik), til, umumiy asotirlar, urf-odatlar, umumiy sig’inish predmetlari va marosimlari asosida aniqlaydilar..
Biroq dunyo dinlari paydo bo’lganidan keyin masala biroz qiyinlashdi. Chunki etnik ong (qon-qardoshlik ayniyati) va diniy ong o’rtasida farq vujudga keldi: «Biz turkiylar musulmonmiz, ular esa musulmon bo’lsa-da, eroniylardir yoki arablardir» qabilida. E’tiqodiy mazhablar paydo bo’lishi diniy ayniyatni ham chigallashtirdi. «Ular shia, biz sunniymiz», degan o’zlikni anglashning diniy shakllari paydo bo’ldi. Bir xalq turli tarixiy sabablarga ko’ra, ikki, hatto uch dinga e’tiqod qilib qolgan. Masalan, bengallarning bir qismi mu¬sulmon (Bangladesh), ikkinchi qismi hinduizmga e’tiqod qiladi (G’arbiy Bengaliya). Albatta, turli diniy e’tiqod ularning mentalitetiga, madaniyatiga, urf-odatlariga, o’zaro aloqalariga, milliy identligiga ziddiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Adabiyot va san’atda hatto bir mamlakatning umumiy milliy adabiyoti va san’ati doirasida ham turli ijodiy usullar, badiiy uslublar, badiiy g’oyalar va vositalar boyishi, rivojlanishi, rang-baranglik va samaradorlik kasb etishi uchun g’oyaviy-estetik bag’rikenglik zarur. Agar u inkor etilsa, izlanishlar to’xtaydi, andozabozlik, sxematizm (sotsialistik realizm kabi) yoki an’anaviylik, eski yutuqlarni ideallashtirish, yangiliklarni qabul qilmaslik, jonli hayotdan uzilib qolish, badiiy-uslubiy konservatizm va turg’unlik qaror topadi. Tolerantlik - ijodiy rivojlanish omilidir.
Har xil dinga e’tiqod qiluvchi, ko’pmillatli mamla¬katlarda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, umummilliy jipslikni saqlash, jamiyatni rivojlantirish uchun milliy, siyosiy, diniy va madaniy tolerantlik kerak.


______________________
Эркаев А. Маънавиятшунослик. (Маънавият онтологияси ва феноменологияси). 1-китоб. – Т.: Маънавият, 2018.
Ularsiz ichki barqaror taraqqiyot u yokda tursin, tinch- lik-osoyishtalik ham bo’lmaydi. O’zaro nizolar kuchayadi, oqibatda, mamlakat parchalanib ketishi mumkin. Ilm-fanda ham tolerantlik katta ahamiyat kasb etadi. U etishmagan joyda turli ilmiy maktablar o’rtasida nosog’lom kurash avj oladi yoki mavjud tan olingan g’oyalardan farq qiladigan yangi ilmiy goyalarni, tadqiqot usullarini olg’a surgan boshqa olimlar, ayniqsa, yoshlar tan olinmaydi, ularning g’oyalari, usullari yo’lida turli sun’iy to’siqlar paydo bo’ladi. Bu adabiyot va san’atga ham taalluqli.
Ayni paytda umuminsoniy qadriyatlarning muayyan xalq tomonidan o’zlashtirilishi, o’z ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy hayotida qo’llashi, masalan, mustaqil O’zbekistonda hokimiyat uch tarmog’ining bir-biridan ajratilishi, san’at va adabiyotida roman, drama, opera, simfoniya, haykaltaroshlik, rangtasvirning ba’zi janrlarining qabul qilinishi va rivojlanishi, yuksak texnologiyalarning ishlab chiqarishda qo’llanilishi va ko’plab boshqa misollar umuminsoniy qadriyatlarning milliy qadriyatlarga aylanishidir. Umuminsoniylik va milliylik munosabatlari va nisbati, dialektikasi, shunday qilib, ayniyat, farq, ziddiyat, qarama-qarshilik ko’rinishlarida yuzaga chiqishi mumkin. Roman va opera - umuminsoniy janrlar. Lekin o’zbek romani ingliz va fransuz romanidan, o’zbek operasi italyan va boshqa xalqlar operasidan farq qiladi. Axloq-odob qoidalari umuminsoniy, ammo ba’zi axloq qoidalari milliy mentalitet, diniy e’tiqod ta’sirida Sharq va G’arb xalqlarida bir-biridan ancha farq qiladiki, ular o’rtasida ziddiyat, xatto qarama-qarshilik mavjud. O’zbeklar, tojiklar ota-onasiga yoki kattalarga «siz» deb murojaat etadi. Ayrim xalqlar «sen» deb. Ammo bu ularning odobsizligini bildirmaydi.
Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy
xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy maskan sifatida farzand kamolotida tutgan o‘rni, uning o‘z qobiliyati va iktidorini namoyon etishiga ta’siri masalalari hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Bu mavzu insoniyat tarixida yashagan ko‘plab allomalarning e’tiboridagi muhim muammolardan sanaladi. Oilaviy muhit jamiyat uchun sog‘lom fikrdagi avlodni tarbiyalashning asosiy bo‘g‘ini hisoblansa, ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarda diniy e’tiqodni tarbiyalash asosiy vositadir.
Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida din – e’tiqod, ishonch ma’nosida kelib, Ilohiy kuchga, Xudoga ishonishga asoslangan dunyoqarash, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuini bildiradi.
Psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, din inson ruhiyatining
namoyon bo‘lishining o‘ziga xos sohasi bo‘lib, ijtimoiy guruhlar va shaxslarning
ijtimoiy ong (ijtimoiy hayot) shakllaridan biri hisoblanadi. Insonlar ko‘p holatda
dinga ma’naviy va psixologik, mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirish, o‘zini shu yo‘nalishda topish va o‘zlarining kundalik muammolarini mustaqil ravishda hal qila olmaydigan paytlarda murojaat qiladilar. Dindorlarning o‘zlari dinga bo‘lgan ilk moyilliklarini “moʻjiza” bilan, kutilmagan idrok va ma’rifat bilan, Xudo bilan muloqot qilish bilan bog‘lashadi.
Agar e’tiqod – shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol a’zosiga aylantiruvchi omil bo‘lsa, diniy e’tiqod ilohiy kuchlarga ishonuvchi kuchlar ongida bo‘lgan diniy tasavvurlar, obrazlar majmuasidir. Diniy e’tiqod diniy ongning asosiy elementi sifatida diniy aqidalarga, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarga shak-shubhasiz ishonish xamda ularga amal qilishdir. Demak, har qanday diniy ongning negizida diniy e’tiqod yotadi.
Ma’lumki, diniy ong – dindor kishilar ongi bo‘lib, diniy ishonch-e’tiqod mustahkamligining muhim omilidir. Biroq har qanday e’tiqod ham diniy e’tiqod bo‘lavermasligini ta’kidlash joiz. Zero, diniy iymon, e’tiqod inson psixologiyasida alohida barqaror ishonchning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. F.Abdurahmonov va Z.Abdurahmonovalar diniy ong elementlariga: diniy psixologiya; diniy kechinma; diniy hissiyot; muhabbat, qo‘rqinch, shodlik hamda diniy mafkura; dogmatika; apologetika; diniy normalarlarni kiritadi.
Aytish joizki, ong darajasining yuqoriligi e’tiqod o‘rtasidagi iroda va ishonchning tafakkur bilan bog‘liq ehtiyojmandligini belgilaydi. Bu esa oila, mahalla, tarbiya maskanlari orqali yoshlarga singdiriladi hamda ularning o‘zaro uyg‘unligini talab etadi. Shuningdek, jamiyatimizning ma’naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, o‘zbek milliy mentalitetiga mutlaqo yot bo‘lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning o‘rni va ahamiyatini oshirishni taqozo etadi. Demak, din ijtimoy-siyosiy, ma’naviy-madaniy sohalar, millatlararo munosabatlar bilan birga oilada ham muhim rol o‘ynaydi. Zero, din odamlar hayot tarzi, fikr va xatti-harakatlarini sanksiyalashtiradi, ularga olijanoblik baxsh etadi yoki gunoh sifatida qoralaydi. Shu tariqa, din oilaga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Umuman olganda, inson hayotining tom va mukammal ma’nosi oilada mujassamlanadi. Jamiyatimizda oila tushunchasi ulug‘lanadi va er-xotinlikning muqaddasligi himoya qilinadi. Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy an’analarni saqlab qolish hamda targ‘ibot qilish masalalari bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbeklarda oilaviy munosabatlar islomiy va milliy qadriyatlarning chuqur tarixiy ildizlariga borib taqaladi. Islom dinida oilaga katta e’tibor berilib, uni qanday tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oilada chiqadigan kelishmovchiliklarni muolaja qilish, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga javob topish mumkin.

________________________


Эркаев А. Маънавиятшунослик. (Маънавият методологияси ва праксиологияси монография). 2-китоб. – Т.: Маънавият, 2018.
O‘z turmush rafiqasi bilan qanday muomala qilish, ota-onalar va farzandlar bilan qanday munosabat qilish, oila a’zolariga nisbatan hurmat-ehtirom zohir etish kabi oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari islom dinining asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni karim, hadislar va shar’iy qonunlarda yoritilgan. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladiki: “Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir” (“Rum”surasi, 21-oyat). Qur’oni karimda oiladagi er bilan xotinning o‘rni belgilab berilgan bo‘lib, erkak kishining mas’uliyati alohida qayd etilgan. Ya’ni, erning o‘z xotini oldida ham ijtimoiy, ham jismoniy, ham moliyaviy burchi mavjud. Qur’onda erga oila boshlig‘i sifatida muayyan vazifalar yuklatilgan bo‘lib, islom dini o‘z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklarni insonlarning eng yaxshilari qatoriga qo‘shadi. Umuman, Qur’ondan erxotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos oyatlarni ko‘plab keltirish mumkin.
O‘zbek oilalarida islom dinining o‘rni katta ekan, oila mustahkamligini ta’minlash, barkamol insonlarni voyaga yetkazishda nafaqat diniy qadriyatlarning roli, balki shaxs diniy yo‘nalganligining ham ahamiyati kattadir.
Islom manbalarida bola dunyoga kelmay turiboq, uning kelajagi to‘g‘risida qayg‘urish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bor. Oilaning zimmasidagi muqaddas burchlarning biri – ulkan tarbiya o‘chog‘i ekanligi shunda namoyon bo‘ladi. Oila o‘z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang‘ich ijtimoiy yo‘nalish beradi. O‘z farzandalarini katta oqimga – jamiyatga qo‘shish bilan esa oila jamiyat yo‘nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma’rifatini ham belgilashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Oila deganda ko‘z o‘ngimizda er-xotin o‘rtasidagi ittifoq gavdalanadi. Bu ittifoq esa o‘zaro ishonch, hurmat, mexr-muhabbat singari insoniy hislatlar bilan bog‘langan bo‘lsagina u mustaxkam «qo‘rg‘onga» aylanadi. Jamiyatimizda oila tushunchasi ulug‘lanadi va er-xotinlikning muqaddasligi himoya qilinadi.
Er-xotinlik faqat qonuniy nikoh tufayligina tan olinadi. Bundan boshqasi axloqsizlik sanaladi. Bu tabiiy hol albatta. Chunki, qonun doirasida tuzilgan nikoh orqaligina er-xotinlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar paydo bo‘ladi.
Din shaxs va uning atrofdagilarga bo‘lgan munosabati shakllanishiga ta’sir etib, har tomonlama mukammal inson bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Din odamzotni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini xushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Ma’lumki, muqaddas dinimiz islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan "Qur’oni Karim" va Hadislarda ham oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari hakida qimmatli ma’lumotlar va shar’iy qonunlar yoritilgan. Qur’oni Karimning oyatida oiladagi er bilan xotinning o‘rni belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar, uni chetdan bo‘ladigan xar kanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir.
Mana shularning evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila ro‘zg‘or tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar mavjudligi sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadokatli bo‘lgan ayoldir. Qur’oni Karimdan er-xotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos ibratli misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Demak, oila mustahkamligini ta’minlashda, barkamol insonlarni voyaga yetkazishda, avvalo, shaxsning diniy yo‘nalganligining ahamiyati katta. Zero, shaxsning diniy yo‘nalganligi farzandlarning qanday diniy bilim olishiga, diniy qadriyatlarning oilada qanday o‘rin tutishi va bajarilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Islom dini o‘zbek xalqida odat shariat qonunlari bilan bir qatorda jamoa hayotini tartibga solishida muhim rol o‘ynashini hisobga oladigan bo‘lsak, mazkur omil katta ahamiyat kasb etadi.
E'tiqodning qat'iyatliligi - bu ularga zid bo'lgan dalillar oldida ham o'z e'tiqodini saqlab qolish istagi. Biz ushbu tendentsiyani har qanday e'tiqod bilan, shu jumladan o'ziga va boshqalarga, shuningdek, dunyoning ishlash uslubiga, shu jumladan xurofot va stereotiplarga bo'lgan e'tiqodlarda ko'ramiz.
E'tiqodning qat'iyatliligi - bu o'z e'tiqodlarini inkor etuvchi ma'lumotlar bilan taqdim etilgan taqdirda ham ularga yopishib olish moyilligi.
Ishonchlilikning uch xil turi mavjud: o'z-o'zidan taassurot, ijtimoiy taassurot va ijtimoiy nazariyalar.
E'tiqodning qat'iyatliligini engib o'tish qiyin, ammo bu tarafkashlik borligini bilish va qarama-qarshi e'tiqodni qo'llab-quvvatlovchi tushuntirishlar haqida o'ylash uni kamaytirishga yordam beradi.
E'tiqodning qat'iyatliligini aniqlash
Agar siz haqiqatan ham sizning bilimingiz asosida birovning e'tiqodini o'zgartirishga urinib ko'rgan suhbatga kirishgan bo'lsangiz, faqatgina ular siz taqdim etgan ma'lumotlarning to'g'riligini ko'rib chiqishni rad etishlari kerak bo'lsa, siz amalda qat'iylik bilan duch kelgansiz . Odamlar o'zlarining avvalgi e'tiqodlariga yopishib olishning tabiiy tendentsiyasiga ega, hattoki ushbu e'tiqodlarning noto'g'riligini isbotlovchi yangi ma'lumotlar berilsa ham. Boshqacha qilib aytganda, e'tiqodlar qat'iyatlidir. Bu biz bugun ob-havoning o'zgarishi, jinoiy adolat va immigratsiya haqidagi munozaralarda muntazam kuzatib boramiz. Biror kishi biron bir e'tiqodni qabul qilsa, hatto uning dalili zaif bo'lsa ham, uni o'zgartirish juda qiyin.
Bundan tashqari, ushbu e'tiqodlar birinchi tajribaga asoslangan bo'lishi shart emas. E'tiqodlarni bilvosita ham o'rganish mumkin. Masalan, kichkina qiz matematika o'qituvchilarining barchasi yomon deganiga ishonadi, chunki u maktabga borishdan oldin akasi unga shunday degan. Maktabni boshlaganida, u o'zini yaxshi tutgan matematik o'qituvchiga duch keldi. Ammo, u matematikaning o'qituvchilari yomon degan e'tiqodidan voz kechish o'rniga, u yaxshi o'qituvchini qoidadan istisno yoki shunchaki yaxshi kun o'tkazish kabi ishdan bo'shatdi.
________________
Isayeva, M. A. (2014). Religious and psychological aspects of family functions.
The Way of Science, 90.


E'tiqod qat'iyatliligi ko'pincha tasdiqlash tarafkashligi bilan aralashtiriladi, ammo ular bir xil narsa emas. Tasdiqlash tarafkashligi - bu odamlar o'zlarining oldindan o'ylab topilgan e'tiqodlarini qo'llab-quvvatlaydigan ma'lumotlarni izlashlari va eslashlari. Aksincha, e'tiqodning qat'iyati, ishonchni tasdiqlash uchun ma'lumotdan foydalanishni emas, balki uni rad etishi mumkin bo'lgan ma'lumotni rad etishni o'z ichiga oladi.
Ishonchlilikning turlari
Ishonchlilikning uch turi mavjud.
O'z-o'zidan taassurotlar o'zlik haqidagi e'tiqodlarni o'z ichiga oladi. Bular insonning tashqi qiyofasi va tana qiyofasi haqidagi e'tiqodlardan tortib, shaxsiyat va ijtimoiy ko'nikmalarga, aql va qobiliyatlarga qadar o'z ichiga olishi mumkin. Masalan, biron bir kishi ingichka va jozibali bo'lishi mumkin, ammo aksincha dalillarga qaramay, ular ortiqcha vazn va xunuk ekanligiga ishonishlari mumkin.
Ijtimoiy taassurotlar boshqa o'ziga xos odamlar haqidagi e'tiqodlarni jalb qilish. Bu odamlar onasi yoki eng yaqin do'sti singari eng yaqinlarini, shuningdek taniqli aktyor yoki qo'shiqchi singari faqat ommaviy axborot vositalari orqali biladigan odamlarni o'z ichiga olishi mumkin.
Ijtimoiy nazariyalar dunyoning ishlash uslubi haqidagi e'tiqodlarni o'z ichiga oladi. Ijtimoiy nazariyalar guruhlarning fikrlash, o'zini tutishi va o'zaro munosabatlari, irqiy va etnik guruhlar, diniy guruhlar, jinsning rollari, jinsiy yo'nalishlar, iqtisodiy sinflar va hattoki turli kasblar haqidagi stereotiplarni o'z ichiga olgan e'tiqodlarni o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu turdagi qat'iylik siyosiy va ijtimoiy masalalar, shu jumladan milliy xavfsizlik, abort va sog'liqni saqlash masalalari bo'yicha e'tiqod uchun javobgardir.
E'tiqod qat'iyatliligi bo'yicha tadqiqotlar
E'tiqodning qat'iyatliligi bo'yicha ko'plab tadqiqotlar o'tkazildi. Dastlabki tadqiqotlarning birida tadqiqotchilar o'rta maktab va kollej o'quvchilaridan o'z joniga qasd qilish to'g'risidagi yozuvlarni haqiqiy yoki soxta deb ajratishni so'rashdi. Har bir ishtirokchiga ularning toifalari asosan to'g'ri yoki asosan noto'g'ri bo'lganligi aytilgan. Tadqiqot davomida ularning toifalarga bo'linishining to'g'riligi to'g'risida olingan mulohazalar tuzilganligi haqida aytilganiga qaramay, ishtirokchilar ularga aytilgan narsalarga ishonishda davom etishdi. Shunday qilib, ularga notalarni aniq toifalarga ajratamiz deb aytilganlar, o'z joniga qasd qilish to'g'risidagi yozuvlarni soxta yozuvlardan baholashga qodir ekanliklariga ishonishdi, notalarni tasniflaganlar aytilganlar esa aksiga ishonishdi.
Boshqa bir ishda, ishtirokchilarga xavf-xatarni jalb qilish va professional yong'in o'chiruvchisi sifatida muvaffaqiyat o'rtasidagi bog'liqlikni qo'llab-quvvatlaydigan yoki qo'llab-quvvatlamaydigan ikkita amaliy ish taqdim etildi. Ba'zi ishtirokchilar o'qigan amaliy ishlar yolg'on ekanligini, boshqalari esa bunday emasligini aytishdi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, ishtirokchilar xavf-xatarni qabul qilish va yong'inga qarshi kurash o'rtasidagi bog'liqlik haqidagi e'tiqodlar, hattoki dalillar to'liq obro'sizlantirilganda ham saqlanib qoldi.
Ishonchlilikning sabablari
Umuman olganda odamlar o'z e'tiqodlarini saqlab qolish uchun turtki berishadi. Bu, ayniqsa, odamlarning e'tiqodlari yanada murakkab va o'ylangan bo'lsa to'g'ri keladi. Masalan, yuqorida aytib o'tilgan ikkinchi tadqiqotda tadqiqotchilar shuni aniqladilarki, agar ular ishtirokchilar xavf-xatarni qabul qilish va yong'inga qarshi kurash o'rtasidagi bog'liqlik haqida tushuntirish yozsalar, ularning tushuntirishlari batafsilroq bo'lganida, ushbu munosabatlarga bo'lgan ishonchlari qat'iyatliroq bo'lgan.
Shunday qilib, o'z e'tiqodlari uchun tushuntirish berishning oddiy harakati, aksincha, biron bir dalilga qaramasdan, uni yanada chuqurlashishiga olib kelishi mumkin. Buning sababi shundaki, hatto biron bir shaxsga e'tiqodni obro'sizlantiradigan dalillar mavjud deb aytilgan bo'lsa ham, ular e'tiqod obro'sizlanmaganligini tushuntirish uchun har qanday sabab bilan kelishgan.
Ishonchlilikni tushuntirishga yordam beradigan bir necha psixologik omillar mavjud.
Ishonchlilikka olib keladigan jarayonlardan biri bu mavjudligi evristik, odamlar voqea yoki xatti-harakatlarning o'tmishdagi misollarni qanday osonlikcha o'ylashlariga asoslanganligini aniqlash uchun foydalanadilar. Shunday qilib, agar kimdir ishda muvaffaqiyatli taqdimot qilish qobiliyatini salbiy baholasa, buning sababi ular ilgari qilgan muvaffaqiyatsiz taqdimotlari haqida o'ylashlari mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, shaxsning mavjudligi evristik orqali baholanishi sub'ektiv va ularning o'tgan taqdimotlari ular uchun qanchalik esda qolarli bo'lishiga asoslangan.
Xayoliy korrelyatsiya, unda ikkita o'zgaruvchi o'rtasida munosabatlar mavjudligiga ishonsa ham, u bo'lmasa ham, ishonchning qat'iyatliligiga olib keladi. Misol uchun, ehtimol, biron bir kishi do'konda o'spirin xodimi bilan salbiy tajriba o'tkazgan va o'sha bitta misoldan barcha o'spirinlar dangasa va qo'pol ekanliklarini aniqlagan. Bu munosabatlar mavjud bo'lmasligi mumkin, ammo misol shaxsning ongida aniq bo'lganligi sababli, ular barcha o'spirinlar haqida ushbu ishonchni saqlab qoladilar.
Nihoyat, ma'lumotlarning buzilishi odam bilmagan holda ularning e'tiqodlari tasdiqlanishi uchun imkoniyat yaratib berganda, ularning e'tiqodlari inkor qilingan vaqtlarni e'tiborsiz qoldirganda sodir bo'ladi. Shunday qilib, agar biron bir kishi barcha o'spirinlarning dangasa va qo'pol ekanligiga ishonsa va shuning uchun har bir o'spirin xodimiga duch kelganida o'zini dangasa, qo'pol xatti-harakatlarini rag'batlantiradigan tarzda tutsa, ular oxir-oqibat o'spirinlarga bo'lgan o'zlarining ishonchlarini kuchaytiradilar. Ayni paytda, ular o'spirinlar baquvvat va do'stona bo'lgan holatlarni e'tiborsiz qoldirishlari mumkin.
Ishonchlilikka qarshi turish
Ishonchlilikka qarshi turish qiyin, ammo uni kamaytirishning ba'zi usullari mavjud. E'tiqodning qat'iyatliligi haqida bilish va bu biz hammamiz shug'ullanadigan narsa ekanligini anglash, uni engish uchun birinchi qadamdir. E'tiqodning qat'iyatliligi, qarshi tushuntirishga qarshi kurashda ishlatilishi mumkin bo'lgan usullardan biri, qarama qarshi e'tiqod nima uchun haqiqat bo'lishi mumkinligini tushuntirishni so'rashni o'z ichiga oladi.
Shaxsning e’tiqodi va dunyoqarashi
Jahon psixologiyasi ma’lumotlarining ko’rsatishicha, xulq-atvorning muhim motivlaridan biri bo’lib e’tiqod shisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana bunday ta’rif berilgan: e’tiqod-shaxsni o’z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqa so’z bilan aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo’ladigan eshtiyojlarning mazmuni-bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u taqdirga shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq.
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanish jarayonini tadqiqot qiladi, ijtimoiy tarixiy taraqqiyot hodisalarining to’g’ri basholanishini, evolyusion yo’sinda tarkib topishini, axloqiy prinsiplar, didlar yuz berishini, tabiat hodisalariga va jamiyatning qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanishi qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.
_______________________
Allport G. The Person in psychology. Boston: Beacon, 1968, pp. 376-409. (Ruse d.: Olport Gordon V. Lichnost’ v psikhologii. Moscow, “KSP+” Publ., St.Petersburg “Iuventa” Publ., 1998. 375 p.)

Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



E’tiqod va ma’naviyat. E’tiqodga yetaklovchi omillarning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati

Download 0,79 Mb.