• 3. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi.
  • Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари




    Download 1,89 Mb.
    bet18/139
    Sana29.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #148083
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139
    Bog'liq
    Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол

    Shoh Yima. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu ko’st, baxtiyor yashagan. 900 yil o’tgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Ahrimanyu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan.
    Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi.
    3. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi.
    Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra – Quyosh va yorug‘lik xudosidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim xudosi bo‘lmish Ahriman bilan jang qiladi. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amaldan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish lozim edi. Zardushtiylarda vafot etgan odamlarni dafn etish borasida alohida marosim yuzaga kelgan. Inson vafot etganida marhumning jasadini yerga ko‘mish ham, olovda kuydirish ham, suvga tashlab yuborish ham ta’qiqlangan. Shu sababdan ham murdani yirtqich qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun jasadni toshli va qumli tepaliklarda qoldirishgan. Yomg‘irlarda yuvilgan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq yer ochib, uni bog’u-rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi.

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139




    Download 1,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари

    Download 1,89 Mb.